Iltimos, foydalansangiz manbani ko’rsating. Kanal nomini o’chirib
o’zlashtirishingizga roziligim yo’q!
T.me/iffatliqalb
T.me/iffatliqalb
Mozorga borganmisiz?
O’liklarni hammasi qariyalarmi?
Ajali qachon kelishini bilmaydigan nodon inson, nimasiga bunchalik
ishonadi?
Qalbini ba’zan o’zi ham tushunmaydigan ojiz inson, qanday qilib
bemalol “qalbim toza” deya oladi?
“Oyi!”
“Dada?” - deb baqirdi Umar, lekin biron ovoz eshtmadi.
“Uff, qayerda qoldi bular?”
Umar mehmonxonaning eshigini ochib qarasa, ota-onasi namoz
o’qishayotgan ekan.
“Qachon chaqirsam namoz o’qishayotgan bo’ladi, nima chiqadi shu
namozdan!!! Qalbda bo’ladi, qalbdaa. Eee, xullas men ko’chaga
chiqyabman.”- dedi. Sigaretini cho’ntagiga solib tashqariga chiqib ketdi.
Ko’chada uni huddi o’ziga o’xshagan do’sti kutib oldi.
“Qayerlarda qolib ketding, kutaverib siqilib ketdim!”
“Bo’ldi ko’p gapirma chiqdimku.” - dedi qo’pol ohangda va do’stining
mashinasiga o’tirdi Umar. Juda g’azablanayotgandi.
“Mayli tezroq ketaylik, Ahmad telefon qildi bugun klubda juda chiroyli
qizlar bor ekan”
Umar bu gapni eshtib sal o’ziga keldi.
“Oo, bo’pti unda kuttirib qo’ymaylik, hayda!”
Shunday edi Umar. Qizlarni boshini aylantirardi, sigaret chekardi, ba’zan
yonidagi do’stlari majburlasa aroq, pivo bularni ham ichardi. Oxirat
haqida o’ylamasdi.
“Insonni iymoni ichida bo’ladi” – derdi.
Umar qizlar bilan ko’ngil xushlik qilish haqida o’ylayotgan paytda, uy
ichida ota-onasi ko’z yosh to’kayotgan edi. Farzand bilan sinalishgandi.
Bu ularning sinovi edi. O’g’illari tufayli bir pasda sochlariga oq,
yuzlariga ajin tushgan, ancha qarib qolishgandi.
Butun uyni Umarning atirini hidi tutib ketgan.
“Bolamning tarbiyasida qayerda xato qildim Robbim” deb Allohga
yolvorardi otasi.
Onasi esa o’g’liga insof va hidoyat so’rab duo qilardi.
Soat kechasi 1 dan oshdi. Otasi allaqachon uxlab qolgan, ammo onasi
har doimgidek Umarni kutardi. O’g’li kelmasidan ko’ngli joyiga
tushmas, mijja qoqmasdi.
“Nima qilayotgan ekan. Yana ichib kelsa-ya bugun...Biron janjalga
qo’shilib qolsa-chi. Allohim bu bola yarim tungacha nima qiladi!?”
Shu o’ylar bilan onasi ham kuta-kuta uxlab qoldi. Aslida Umar
bolaligida juda odobli va axloqli edi. Ota-onasi unga bir necha suralarni,
duolarni yod oldirgandi. Ammo, katta bo’lgani sari yonida do’stlariga
qo’shilib Umar ham ayniy boshladi. Oxir oqibat shu ko’chaga kirib
qolgandi.
Tong yorishdi. Umarning ota-onasi bomdod namozini o’qish uchun
uyg’onishdi. Onasi darhol Umarni xonasiga qarab yugurdi. Umar kelgan,
uxlab yotardi.
“Allohga shukur” deb indamastan chiqib ketdi. Bomdod namozini o’qib
bo’lgach uy ishlari bilan mashg’ul bo’lishdi.
Umar esa hali uyg’onay demasdi. Peshindan ham o’tib ketti. Onasi
urushib bermasin deb uni uyg’otmagandi, lekin oxiri majbur bo’ldi.
Sekin eshikni ochib xonasiga kirdi. Xonasidan sigaret hidi kelardi.
“Og’lim, kech bo’ldi bolam uyg’on. Bolam...turaqol yuz-qo’llaringni
yuv.” - deb derazalarni ochdi. Umar esa uyoqdan buyoqqa ag’darilib:
“Uff, oyi boshim yorilay deyabdi, sizni gapizni umuman ko’taromiman.
Chiqing xonamdan!”
deb baqirdi.
Onasi yana xafa bo’lib chiqib ketdi. Buni ko’rgan otasi esa Umar bilan
to’qnash kelib qolmaslik uchun uydan chiqib ketti. Masjidga borib
birodarlari bilan suhbat qilgisi kelgandi. Yo’lda ketayotib, o’zini tutib
turolmay yig’lab yubordi. Umar ibn Hattobdek o’g’il istab bolasiga
Umar deb ism qo’ygandi. Umar roziyallohu anhudek adolatli, Allohning
oshig’i bo’lishini xohlagandi. Lekin afsuski Umar aksincha dindan uzoq
edi. Ko’chada huddi dinsizdek yurardi. Kiyimidan tortib og’zidan
chiqadigan harom so’zlari...ismiga loyiqmasdi.
Ammo, otasini Allohdan umidi bor edi. Duolar qildi va ko’z yoshini
sekingina artib yo’lda davom etdi.
Umar zo’rg’a o’rnidan turdi. Yuz-qo’lini yuvib oshxonaga onasini
yoniga bordi.
Stolga o’tirib, salom yo’q alik yo’q “Nima bor yeyishga, qornim och”
dedi.
Onasi o’g’lini injiqligini bilgani uchun bir necha xil ovqat qilgandi.
“Bolam, yaxshimisan, boshing...” dedi-yu, shu payt Umar baqirib ketdi.
“Oyi boshim yorilay deyabdi dedim-ku, nega hadeb so’rayverasiz!
Men ovqat so’radim, necha martta aytaman faqat savolimga javob bering
deb!!!”
Ayolni ko’zidan yoshlar quyila boshladi. Ro’moli bilan yoshini artardi.
“Men kettim, asabimni buzib hadeb telefon qilavermanglar!” - deb
ko’chaga chiqib ketdi Umar.
So’ng otasi kirib keldi.
Ayolini yig’lab o’tirganini ko’rib chidolmadi. Zotan, hech qachon
chidolmasdi uning ko’z yoshlariga. Yuragi yonayotgandi. Qo’lini duoga
ochib Allohdan so’ray boshladi:
“Robbim, yoki o’glimni ismiga mos qul ayla, yoki bundan ham og’irroq
gunoh qilmasidan uni yoningga ol”
Onasi darhol “Yo’q unday demang, u bizni birgina o’g’limizku axir” deb
tinmay yig’lardi.
Umar do’stlari bilan kalyan chekadigan kafega borib kayf-u safo
qilayotgandi. Ro’parada o’tirgan do’sti:
“Umar, qizing qani nega olib kelmading?” - dedi.
Umar esa kulib javob berdi.
“Qaysi birini aytyabsan. Rus qiznimi yoki o’zimiznikinimi?”
Shayton quloqlariga sekin pichirlab “Ofarin” deyotgandi. Qizlarni
boshini aylantirish, bir vaqtda bir nechta qizlar bilan gaplashish
faxrlanishga arzigudek ish edi go’yo.
Kafedan chiqib diskotekaga bordi. Bir talay qizlar bilan birga raqs tusha
boshladi. Shu kuni Umar haddan tashqari ko’p ichdi. Saharga yaqin mast
holda uyga qaytayotgan vaqtda masjid imomi ham bomdod uchun
masjidga ketayotgandi. Umarni ko’rib xafa bo’lib ketdi va so’radi:
“O’g’lim, isming nima, nima bu yurish?”
“Ee, nima qilasizeee ismimni boring namozingizni o’qing!
Umar ismim Umar bo’ldimi?”
Imom unga nasihat qila boshladi:
“Qo’y bu ishingni Umar. Tavba qil, o’lim bor, oxirat bor. Bu ishing
Allohga xush kelmaydi!”
“Qanaqa o’lim, men yoshman hali. Menga jinam urmaydi.” deb yo’lida
davom etti Umar.
Uyga borib eshikni tepa boshladi.
“Oyii, daadaa” deb baqirdi. Otasi chiqib eshikni ochishi bilan Umar
otilib uyga kirdi.
“Muncha ochishilar qiyin!!! Qanilar Hadicha xonim, kelishim bilan
diydiyo boshlamaydilarmi yana?”
Onasi yana yig’lab xonadan chiqdi.
“O’g’lim, jonim bolam yetar endi. Bizni ham sabrimiz qolmadi,
hayotdan to’ydirdingku”.
Umar:
“Hali men tôydirdimmi. Shunaqami?” - deb onasini urmoqchi bo’lib
qo’lini ko’tardi. Lekin otasi bunga yo’l qo’ymay, Umarni qo’lini
qaytarib qoldi va yuziga tarsaki tushirdi.
Umar qizarib g’azab otiga mindi.
“Hech kim kerakmas menga, sizlar ham. Bu uyda sizlarga joy yo’q.
Chiqinglar ko’chaga” - deb hayday boshladi. Ota-onasi qarib qolishgan,
Umar esa ayni kuchga to’lgan payti. Ularni Umarga kuchlari yetmasdi.
Mast holatida nima deb, nima qilayotganini bilmasdi ham Umar.
Guldek ota-onadan qanday qilib bunday nodon va johil farzand dunyoga
kelishi mumkin edi!?
“Allohim, bu qanday sinov” deb tinmay yig’lardi onasi. Shovqin-
surondan qo’shnilarga ham tinchlik yo’q edi.
Qarib, endi farzand rohatini ko’ramiz degan paytlarida ko’chada
qolishdi. Ammo, tabiiyki dunyoda hali insoniylik o’lmagan.
“Yuring biznikiga. Bo’lib turadi-da bunaqa ishlar.” deb bir-ikki qo’shni
pastga tushishdi.
Qaysi biriga yonsin bechora ota-ona.
Uyidan haydalganigami yoki shunday johil o’g’il
tarbiyalashganigami...Shu payt onaizorni yuragi sanchib qoldi. Tez
yordam chaqirildi va shifoxonaga olib ketishdi.
Umar uyda yolg’iz, shayton esa qulog’iga tinmay pichirlardi. Telefonini
olib bir qizning raqamini tera boshladi, uni uyga taklif qilmoqchi edi.
Ayni muddao emasmi, uyda hech kim yo’q, asabi ham buzilgan.
Kayfiyatini ko’tarishi kerak edi. Qiz kelgunicha Umar shu xoliga yana
bir necha qadah ichkilik ichdi. Endi tamoman karaxt holda, ko’zlari
yumilib ketayotgandi. Soatga ko’z tashlab qo’ydi.
Soat ertalabki 3:52
Chaqirgan mehmonini ham unutib, o’tirgan joyida o’ziga-o’zi gapirib,
gapirib uxlab qoldi.
Umar notanish ovozlar eshtardi.
Nima edi u?
Huddi chaqmoq chaqayotgandek, momaqaldiroqning kuchli ovozi go’yo
quloqlarini teshib yuboradigandek.
Qop-qorong’u zimiston.
“Qayerdaman, nima bo’lyabdi?!” derdi o’ziga.
Sekin o’rnidan turdi, qadam tashlab yurmoqchi edi-ki, yelkasiga
kimnidir qo’li tekkanini sezdi. Tirnoqlari uzun, o’tkir.
“Aytgancha, haligi qiz bo’lsa kerak, uyga chaqirgandim-ku” deb o’yladi
Umar.
Orqasiga o’girilib qaraganda esa, qarshisida qo’rqinchli, nimaligini
tushunib bo’lmaydigan maxluqni ko’rdi. Maxluq Umarni yerga yotqizib
ikki yelkasiga qo’lini qo’ydi.
Qop-qora yaratiq Umarga qarab qo’rqinchli shaklda kular va chuqur-
chuqur nafas olib chiqarardi. Og’izdan shunchalik badbo’y hid kelar, u
hidni ta’riflashga til ojiz edi.
Tobora Umarga yaqinlashar, Umar esa o’zini olib qochmoqchi bo’lardi.
Nihoyat, juda yoqimsiz ovozda “UMAR!” dedi.
Umarni yuragi tez urayotgandi. Umri davomida hech kimdan bunchalik
qo’rqmagandi.
Yana bir bor takrorladi: “UMAAAR!”
“Kimsan, nima istaysan, qo’yib yubor meni!” derdi Umar, huddi
yolvorayotgandek.
Umar yolvorardi. Oldin qanday edi?!
Hamma undan qo’rqardi, hech kimga yalinmagandi.
“Men seni do’stingman Umar. Tanimadingmi?
1 soniyaga bo’lsa ham yoningdan meni ayirmading, doim men bilan
bo’lding. Endi bu dunyoda men ham sen bilan bo’laman!”
“Meni sendek do’stim yo’q! Keet!” deb, huddi yosh boladek yig’lardi
Umar.
O’rnidan turib qocha boshladi.
“Do’stingman seni Umaar”
Maxluq qo’llarini ochib Umarga qarab kelardi. Yanada daxshatliroq
ko’rinardi bu xolatda.
Umar go’yo tilini yutgandek edi. Osmonga qarab, qo’lini ochib duo qila
boshladi.
“Allohim, yolvoraman meni qutqar!”
“Nima? Nima deyabsan Umar? Xa-xa-xa! Allohmi? Sen meni
aytganimni qilding, Uni emas. Men nima desam meni gapimga kirding.
Endi U ham senga yordam bermaydi.”
Nima qilsin endi Umar. Kimdan yordam so’rasin. Majoli qolmagandi
Umarni, peshonasidan terlar oqar, yuzi qo’rquvdan oqarib ketgandi.
“Umaar, kelsangchi yonimga.
Aroq ich dedim, ichding!
Qizlarga qara dedim, qarading.
Borib gaplash, shahvatni lazzatini his qil, harom so’zlarni ayt dedim,
aytding.
So’kin dedim, so’kinding.
Ota-onangga baqir dedim, baqirding.
Namozni nima qilasan hali yoshsan dedim, o’qimading!
Gapimni ikki qilmading. Nahotki endi tanimayabsan meni?
Aroq ichgan paytingda men ichingga o’sha aroq bilan birga tushdim!
Qizlar bilan yolg’iz qolganingda orangizda doim men bor edim!
Ota-onangga baqirib, qo’l ko’targaningda peshonangdan men o’ptim!
So’kinib gapirganingda seni yelkangni men siladim Umar!
Men qildim bularni, men bor edim yoningda. Seni yolg’iz qoldirmadim
men Umar.
Endi mana yana birgaman!”
Umar yig’lardi, baqirib-baqirib yig’lardi.
“Yo’q bo’lishi mumkin emas!”
Shu payt boshqa yig’i ovozlari ham eshtildi, insonlarni gaplari,
shovqinlar.
Qayrilib qaradi Umar. Hamma bir joyga qarab turardi. Ba’zilar yig’lardi,
ba’zilar esa pichirlashardi. Qayerga qarashyabdi deb Umar ham o’girildi.
Bu nimasi? Nimalar bo’lyabdi?
Umar divanda qanday uxlab qolgan bo’lsa shunday yotardi.
Farqi...yuragi urmas, joni uzilgandi. Ha, Umar o’lgandi!
“Kim bu yotgan. Men shu yerdaman. Hey, men shu yerdaman, nega
yig’layabsizlar?
Menga qaranglar! ESHITYABSIZLARMIII!”
Ammo, hech kim eshtmasdi.
Odamlar o’zaro gaplashishardi:
“Essizgina, yosh edi-ya hali...”
“Ota-onasi qutildi axeri”
Umar quloqlariga ishonmayotgan edi.
“Nima deyabsan, kim yosh ketti, kim o’ldi? Men shu yerdaman axir.”
Tez yordam keldi, Umarni yuzlari ko’karib ketgandi, aroq va sigaret hidi
tutib ketgandi uyni.
Umar nima bo’layotganini tushunmasdi, bir lahzada o’zini morgda
ko’rdi, tepasida esa ota-onasi...
Onasi faryoq solar, otasi esa uni zo’rg’a tutib turardi.
“O’g’lim, bolaaam meni qanday tashlab ketding, axir juda yosh eding-
ku. Kechagina chaqaloq eding-ku bolam. Bolaginaaam bu yer juda sovuq
sen qanday qolasan bu yerda!!!”
Hamshiralar, shifokorlarga yalinib yolvorardi.
“Doxtir bolam bu yer juda sovuq, o’g’lim sovuq qotadi, yolvoraman bu
yerdan uni chiqar” deya yig’lardi.
Umar onasini ko’rib quchoqlamoqchi bo’ldi.
“Yig’lamang oyijon men shu yerdaman”.
Lekin hech kim uni ko’rmasdi ham eshitmasdi ham...
Umarni jasadini yuvish payti kelgandi. Umar u yerdan bu yerga yurar
haligacha tushunib yetmagandi nima bo’lganini. Boshqa tomondan esa
kulgular va qahqahalar eshtilardi:
“Oz qoldi Umar, oz qoldi! Xa-xa-xa”
Naqadar qo’rqinchli va yoqimsiz ovoz edi. Ovoz u yoqda tursin Umarni
qo’rqitish uchun uning nafasini o’zi yetib ortardi.
Uni yuvish uchun xonaga imom kirib keldi. Bu o’sha Umarga nasihat
qilmoqchi bo’lgan imom edi.
Imomni ko’rishi bilan shayton uzoqlashdi.
“Ana keldi, meni doim haydaydigan” deb imomga ishora qildi so’ng
asta-sekin vasvasa qilishni boshladi:
“Naqadar yoqimsiz bir jasad bu, hidiga chidab bo’lmaydi. Sen yuvma
buni”
Imom shaytonni eshitmasdi lekin ichidan
“Boshqa odam chaqirsammikin buni yuvish uchun” deb o’yladi. Chunki
haqiqatda xonadagi jasad hidiga chidab bo’lmasdi.
Shayton esa vasvasa qilishda davom etardi:
“Xunukligini qara, kim bilsin tirikligida qanday ishlar qilgan, yuvma
buni”
Umar hamma narsani ko’rib turardi.
“Demak shaytonni vasvasasi shunday bo’larkanda” deb qo’ydi.
Imom Umarni yuzini ochdi. “Bismillahir rohmanir rohim” deb orqaga bir
qadam tashladi. Chunki umri davomida bunchalik tez chirib ketgan
jasadni ko’rmagandi. Umarni vujudiga tahorat suvi tegmaganligi,
peshonasi sajda ko’rmaganligi bilinib turardi. Darhol suv bilan yuva
boshladi. Duolar bilan yuvdi.
“Jasadi bunday bo’lsa, ruhi qay ahvoldekin...” deb o’yladi. Yuvib bo’lib
kafanga o’ramoqchi edi lekin, kafan yetmasdi. Eyvoh, bu qanday bo’lishi
mumkin? Kafan yetmasligi mumkinmi?
Bir amallab o’rashdi.
Umar tobut ichida edi. Otasi va do’stlari uni ko’tarib ketayotgandi. Bu
tobut shunchalik og’ir ediki otasining peshonasidan ter oqardi.
Umar atrofdagi hammaga qarab baqirardi:
“Yolvoraman unday qilmanglar, hazil denglar, tush denglar!”
Koshki kimdur eshitsa.
Umarni ko’zi yana tobutga tushdi. Tobut ustidagi qop-qora it nimasi. It
nima qilyabdi?
Bilsaydi-ki, u it Umarning nafsi edi.
Go’rini ko’rib daxshatga tushdi chunki katta semiz ilon bor edi.
“Unday qilmang yolvoraman, men tavba qilaman, kechiring meni iltimos
men tavba qilaman” derdi Umar.
Ammo...afsus yo’lni oxiriga kelib bo’lgandi.
Tobutni go’rga qo’yishdi. Birdan Umar tobutni ichida ko’zini ochdi.
Badaniga qaytgandi. Ustiga tuproq otilayotganini sezardi.
“Yo’o’q, chiqaringlar meni bu yerdan, men tavba qilaman. Men hali
tayyor emasman.
Otajon tuproq otmang, to’xtang.”
Yorug’lik tuproq bilan zimistonga aylanayotgandi.
Borgan sari shovqin-suron kamayib odamlar ham tarqadi.
Oxirida esa imom qoldi va qabrga qarab:
“Ey, Hasan o’g’li Umar sen o’lding!”
“Nima?”
Umar tushunmadi.
“Ey, Hasan o’g’li Umar sen o’lding!”
Umar hech narsani tushunmayotgandi.
Imom uchinchi martta takrorladi.
“Ey, Hasan o’g’li Umar sen o’lding!”
Nihoyat Umar nima bo’lganini tushundi. Ko’zlarini daxshattan katta-
katta ochdi. Tobutdan chiqmoqchi bo’lib o’rnidan turdi-yu boshini
taxtaga urdi.
Endi Umar rostdan ham o’lganini tushunib yetgandi. Qilmishlari bilan
yolg’iz qolgandi.
Endi Umar...bu dunyoning emas, narigi dunyoning ovozlarni eshitardi.
Yonidagi qabrda yotganlarning faryodlarini, azobdan ingrashlarini,
Allohga yolvorishlarini eshitardi.
So’ng...ikki farishta keldi Umarni oldiga.
Munkar va Nakir. Ularning vazifasi Umarni so’roqqa tutish edi. Javobiga
qarab Umarni qabrdagi hayoti o’zgarishi mumkin.
Va boshlandi...
“Ey Hasan o’g’li Umar Robbing kim?”
Jimjitlik...
Umar javob bera olmasdi. Bundan oson savol bormi dunyoda? Lekin,
Umar javob berolmas, tilini qimirlatolmasdi, huddi tili muxrlanib
qolgandek, qabr esa tobora uni siqib borardi.
Savol davom etardi:
“Payg’ambaring kim?”
Qiyin ahvolda edi Umar. Qabr torayib borar, Umarni butun badani
qaxshab og’rirdi, qanday javob bersin, og’riqlardan gapira olmasdi ham.
Albatta Umar bu savollarni javobini bilardi. Yoshligida o’rgangandi,
yodlagandi. Bundan oson savol bo’ladimi? Javob beraman deb
o’ylagandi, o’ziga ishongandi.
“Allohdan O’zga iloh yo’qligiga, Muhammad uning quli va rosuli
ekaniga guvohlik berasanmi?”
Nima desin Umar, lablari qimirlamasdi. Lekin qalbi...qalbi “Ha,
guvohlik beraman” deyotgandi. Dunyo hayotida qalbida ishonardi
bunga. Amali, yurish turishi buni bildirmasa ham, lekin qalbi guvohlik
bergandi. Ammo, farishtalarni qanday ishontirsin. Faqatgina qalbini
guvohligi yetarlimidi? Boshqa a’zolari ham guvohlik berishi kerak edi.
“Shahodat kalimasini ayt!”
Aytolmasdi Umar. Shahodat o’zi nima edi? Shunchaki ko’rdim, eshitdim
deyish bilan ish bitarmidi.
“Isboting qani?”
Tili isbotlaydimi Umarni?
Yoki qo’llari, yoki peshonasi, yoki tizzalari?
Tiliga zikrni joylashtirmagan bo’lsa, tavba qilmagan bo’lsa qanday
guvohlik bersin?
Peshonasi sajda ko’rmagan bo’lsa qanday guvohlik bersin?
Qo’llari zakot bermagan bo’lsa nimani aytsin?
Tutgan ro’zalari qani?
Namozi qani?
Bergan zakoti qani? O’qigan Qur’oni qani?
Bular bandaning shafoatchilari emasmidi?
Qaysi birini qilgandi Umar. Azon aytilganda “Menga nima” degandek
qimirlab ham qo’ymadiku nafsi.
“Namozdan nima chiqadi, qalbi toza bo’lsin, iymon qalbda” deganlardan
edi.
Lekin afsus, bu yetarli emas ekan.
A’zolari aksincha uni harom ishlari, harom so’zlari haqida guvohlik
beradi.
Eh, qaniydi hayotligida bir marttagina bo’lsa ham Qur’on o’qiganida
Umar, ko’rgan bo’lardi Allohning oyatlarini:
“U kunda ularning og’izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini
bizga qo’llari so’zlar va oyoqlari guvohlik berur.”
“... quloqlari, ko’zlari va terilari qilib o’tgan narsalari haqida ularga
qarshi guvohlik beradilar.”
Birdan qabr ilonlar bilan to’la boshladi. Boshi atrofida bir ilon tinmay
aylanardi. Qabr shu qadar issiq-ki, huddi yonayotganday.
Oxiratga tayyorgarlik ko’rmagandi Umar. Dunyoda atiga 1 soat
yashagandek tuyilardi unga.
Har namozga azon aytilganda, dunyo hayotida namoz o’qimagani uchun
ilon Umarga nishini sanchib olardi. Umar o’lib tirilardi. Bu faqat
qabrdagi azob, bundan keyin abadiy qoladigan joyi - jahannamdagi
azoblarni bilsaydi...
“Iltimos Robbim kechir meni, dunyoga qaytay, solih amallar qilay.
Yolvoraman Allohim meni qaytar.” - deb dod-voy solardi.
Birdan bir eshik ochildi, eshik ortida jarliklar, yonayotgan dengizlar, eng
tubida esa tikanli zaqqum daraxtlari. Borgan sari yonib ketayotgandi
Umar. Shu payt yana bir eshik ochildi. Ammo, bunisi boshqacha, nurli,
xushbo’y, gullar chiroyli daraxtlar bor edi. Umar shu eshik tomon
bormoqchi bo’ldi. Nihoyat qutilishga chora topgandi. Lekin...lekin juda
ingichka bir yo’l bor edi o’rtada.
Qani endi, ibodatlari joyida bo’lsa edi. Sirot ko’prigi, qildan ingichka,
qilichdan o’tkir.
Umar sirotni yaqiniga ham borolmadi. Huddi katta jarlikdan pastga
qulayotgandek edi. Ko’zlari to’la yosh, badanida sog’ joyi qolamagandi
Umarni. Og’riqlar bilan birga ingrab shahodat barmog’ini ko’tardi.
Birozdan so’ng olovda yonib kul bo’lib ketishini bilardi. Buni bilgani
uchun baqirdi Umar:
“Allohu Akbaaar, Allohu Akbaaar”
Sahar bomdod vaqti, muazzin azon o’qiyotgan edi. Shahodat barmog’ini
ko’targan holda baqirib uyg’ondi Umar.
Yonida mehmon qiz bor edi. U uyga kelgan, eshik qulflanmagani uchun
bemalol ochib uyga kirgandi.
Soatga qaradi Umar. Soat 4:00
“Nima? Hatto 10 daqiqa ham o’tmabdi. Huddi oradan yillar o’tib
ketgandek. Bu qanday tush bo’ldi Robbim...”
Yonidagi qizga qaradi. Qiz ham unga xayron boqardi. “Ket” dedi Umar.
Qiz “Nima bo’ldi” demasidan oldin, Umar yana:
“Ket, ketishing kerak, meni boshqa bezovta qilma” deb bir amallab qizni
uyiga jo’natib yubordi.
Soppa sog’ edi Umar. Lekin, tushi huddi haqiqatga o’xshardi.
“Allohga ming shukur, ming shukur. Allohu Akbar” deb yig’lab yubordi.
Darhol yuz-qo’lini yuvib ko’chaga chiqdi.
“Oyi, dadaa? Qayerdasizlar” deb baqirardi Umar.
Qo’shnilardan biri derazasini ochib jaxl bilan:
“Umar nega baqiryabsan, ular yo’q bu yerda.
Uydan haydab chiqarding-ku” dedi.
“Xolajon, ayting iltimos qayerda ular” dedi Umar ko’zlari to’la yosh.
Biroz avval uydan haydagan go’yo bu Umar emas boshqa odam edi.
“Onangni tobi qochdi. Kasalxonaga ketishdi”
Umar kasalxona tomon yugurdi. Onasiga biron korxol bo’lsa-chi? Nima
qilardi?
Hayolida faqat shu o’ylar.
Nihoyat nafasi bo’g’ziga tiqilib kasalxonaga yetib bordi. Kirishi bilan
hamshira bormi, shifokor bormi:
“Onam qani, nima bo’ldi” deb so’rardi.
“Tinchlaning, o’zingizni bosing, chuqur nafas oling” dedi shifokorlardan
biri.
“Onam, onam qani. Uni ko’rishim kerak”
“Tinchlaning, albatta ko’rasiz. Onangizni ismi nima?”
Shu payt xonadan bir qariya chiqib keldi. Bu Umarni otasi edi. O’g’lini
ovozini eshitib xonadan chiqqandi.
“Dadaaa” deya yugurdi Umar.
Otasi esa:
“Ket, nima kerak yana senga. Shuncha qilganing kammi” deb jaxl
qilayotgan edi.
“Meni kechiring dada, kechiring!”
Umar otasini oyoqlariga tiz cho’kib yig’lab kechirib so’rardi.
Otasi o’g’liga nimadir bo’lganin sezdi va o’zi ham ko’z yoshini ushlab
turolmadi. O’g’lini quchoqladi.
“Oyim qani?”
Xonaga kirishdi.
“Oyijoon”
Umar onasini mahkam quchoqlab oldi.
“Oyijon, jonim sizga fido bo’lsin. Meni kechiring. Iltimos kechiring.”
Onasi darhol sezdi. O’g’lida yaxshi tomonga o’zgarish borligini, Alloh
duolarini qabul qilganini sezdi va yig’lab yubordi. Necha yillardan beri
intiqlik bilan, umid bilan kutardi o’g’lini o’zgarishini.
Onasi o’g’liga kulimsirab qaradi:
“Bor o’g’lim, endi namozga bor, masjidga bor. Allohning yoniga bor!”
Umar ham kuldi. Avval onasiga so’ng otasiga qaradi. Qalbida o’zgacha
huzur bor edi. Qanchalik qiynadi shu gul misol insonlarni.
Kasalxonadan chiqib uyi tomon yugurdi Umar.
Avval kiyimlarini almashtirishi, g’usl qilib olishi kerak edi. Darhol uyga
borib yangi, toza kiyimlarini oldi. G’usl qilish uchun xommomga kirdi.
Ko’zidan yosh daryo misol quyilardi. Axir, suv... Umarni poklash uchun
qancha suv kerak edi. Yetarmidi? Gunohlardan poklanishiga, uni eng
Sevimli’ni xuzuriga tayyorlashga suv yetarmidi?
G’usl qildi, Umar buyuk tavba uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Toza
kiyimlarini kiydi, otasini do’ppisini boshiga kiyib oynaga qaradi. Uyaldi!
Qattiq uyaldi, hatto oynaga qarashga ham uyalayotgandi.
Yana o’sha shayton keldi Umarni oldiga. Umar uni eshitmasa ham ichida
qo’rquv va vasvasa boshlandi. Bu safar shayton unga teginolmayotgandi,
uzoqdan vasvasa qilardi:
“Sen bunga loyiq emassan Umar. Uyalmaysanmi! Ichgan arog’ing hali
qoningda aylanib yuribdi esingan chiqardingmi? Borma, qaysi yuz bilan
borasan!”
Tabiiyki bularni Umar eshitmasdi. Ammo, hayolida shu kabi fikrlar
takrorlanardi. Sekin do’ppisini yechdi. Qanday borardi shuncha gunoh
bilan Allohning yoniga. U bir gunohkor edi. Tavbaga loyiq emasdi. U
o’ziga shaytonni do’st qilgan edi bir paytlar.
Ammo, Alloh shaytonni vasvasa qilishiga izin bermadi. O’z ilohiy
qudrati bilan Umarni yuragiga bir titroq berdi.
Umar oynaga qarab o’ziga- o’zi:
“Ey Umar, qaysi biri buyukroq. Sening gunohingmi, Allohni
rahmatimi?”
Takror do’ppisini kiyib ko’chaga chiqib, masjid tomon yo’l oldi.
Shayton esa g’azabdan nima qilarini bilmay
“Yo’o’q” deb baqirardi.
Masjid tomon qadam tashlab borarkan, yuragi ming bir hayajon bor edi.
Axir masjidga ilk marotaba boryabdiku. Yoshligida otasi bilan borgandi.
Lekin undan keyin o’z ixtiyori bilan hali biron martta bormagandi.
Yer-u osmondagi farishtalar shohid bo’ladigan buyuk tavbani qilishga
ketayotgandi.
Yo’lda huddi qushlar u uchun sayrayotgandek, shamol u uchun
esayotgandek edi.
Nihoyat masjidga keldi.
“Keldim Robbim, keldim. Men keldim, Umar keldi Robbim” deb
yig’lardi.
“Kechirmasachi gunohlarimni” deb o’yladi. Shuncha yillik gunohlar,
haromlar. Osonmidi?
Masjiddagi mushki anbarni hidini to’yib hidladi. Tezroq sajda qilgisi
kelardi va masjidga kirdi.
Masjidda deyarli hech kim yo’q edi. Chunki hamma namozini o’qib
ishiga chiqib ketgandi.
“Shohid bo’l Robbim, shohid bo’l!” dedi Umar va qo’llarini duoga
ochdi. Namozdagi suralarni bilmagani uchun faqat duo qilardi.
“Allohim, seni xuzuringda turishlik bu qanday ne’mat. Qayerda edim
shuncha payt. San’atni orqasidagi San’atkorni qanday qilib ko’rmadim?”
Ko’z yoshlari yuziga, so’ng qo’llariga, so’ng masjidning gilamlariga
oqayotgan edi.
“Qabul qilasanmi meni Robbim...?” qichqirib yig’lardi Umar.
So’ng sajda qildi. Tilidan faqat bir so’z aylanardi:
“Avf et yo Rabb”
“Avf et yo Rabb”
“Avf et yo Rabb”
Gunohlarini yuvish uchun bu so’zlarni necha martta aytishi kerak edi?
Qimirlamasdi. Boshini sajdaga qo’yganicha huddi toshdek qotib turardi,
hech kimni eshitmas, hech kimni sezmasdi.
Ha, bu buyuk tavba edi. Farishtalar shohid edi bunga. Masjidning har bir
burchagi, gilamlari, kitoblari guvoh edi bunga. Qalbi bilan Allohning
huzuriga ko’tarilgandi go’yo Umar.
Peshin vaqti bo’ldi, azon aytilib masjidda odamlar ham ko’paya
boshlagandi.
Anchadan beri sajdada turganini ko’rgan imom sekin Umarning yoniga
keldi. Umar nihoyat boshini ko’tardi. Ko’zlari qizarib ketgandi
yig’layverganidan, ammo yuzida o’zgacha tabassum bor edi.
“Tavbam qabul bo’ldi” dedi imomga qarab.
“Qayerdan bilding?”
Imomning qo’lini ko’ksiga olib bordi:
“Mana bu yerdan. His qildim”
O’zida yo’q xursand edi Umar, dunyolarga sig’asdi.
Qabul qilgan edi uni Robbisi. Shuncha gunohlariga, xatolariga
qaramasdan Alloh uni
“Xush kelding bandam” deya kutib olgandi.
Shu kundan boshlab Umar tamoman o’zgara boshladi. Ota-onasiga
qilgan zulmlarini yuvish uchun atroflarida parvona bo’ladi. Kun-u tun
oyoqlarini tinmay uqalashga ham rozi edi. Shunday qilardi ham. Lekin
ota-onasi ko’pincha bunga izn bermas, chunki Umarni hidoyatga kelgani
zotan ular uchun katta sovg’a edi. Onasi yordamida suralarni yod olar,
otasi esa unga tajviddan dars berardi. Suralarni hali chala yod olgan
bo’lsa ham namoz o’qishni boshladi. “Avval hammasini yodlab olay”
demadi. Chunki ortiq Robbisini kuttirolmasdi.
Tinmasdi Umar, har kuni 1 sahifa bo’lsa ham kitob o’qirdi. Agar juda
vaqt topolmasa, hech bo’lmasa telefonidagi “Namoz taqvimi” dasturidan
keladigan kunlik hadislar, oyatlarni o’qib o’rganardi. “Mo’minning har
kuni kechagidan yaxshiroq bo’lishi kerak” deb bilardi. Ba’zan tanasi
namozga dangasalik qilsa, ko’rgan tushini eslardi. Eslashi bilan yuragi
joyidan otilib chiqqudek urishni boshlar va darhol namozga turardi. Shu
zaylda kunlar, oylar o’tib borardi. Eski Umardan asar ham qolmagandi.
Barcha do’stlari va qizlar bilan aloqani uzgandi. Ularning haqqida ham
duo qilar, hidoyat so’rardi. Ayniqsa gaplashgan qizlarini haqqiga.
Chunki ular bilan shunchaki ko’ngilxushlik uchun gaplashgan, nechtasini
aldab yurgandi.
Dostları ilə paylaş: |