Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Ilmadir. 
Boshqa odamlar keyinchalik undan tarqalgan. Ilma yashagan davr insoniyatning 
oltin davri deb tasvirlanadi. Bu davrda odamlar o‘lmaydilar, ularga abadiy bahor yaratilgan 
bo‘ladi, ular baxtldi va farovon yashaydilar.Biroq shunday bir paytda odamlar ta’qiqlangan mol 
go‘shtini eb, gunoh qilib qo‘yishadi. Bundan g‘azabi kelgan Angra man’yu (“Axriman”) xudosi 
ularga qor va sovuqni yuboradi. Ilma shunda uy qurib, odamlarni va bir juftdan hayvonlarni 
saqlab qoladi. SHundan boshlab, insoniyat tarixining birinchi davri oltin davri tugab ikkinchi- 
yaxshilik va yomonlikning kurash davri boshlanadi. Bu davrda yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi 
keskin kurashlar so‘ngida xudo Ahura Mazda xudo Axriman ustidan g‘olib chiqadi va baxtli 
hayot saltanati qaror topadi. Bu insoniyat tarixining uchinchi davri bo‘lib, insoniyatning kelajagi 
davridir. Bu davrda kishilarning baxt-saodati, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. 
Bu davrda oldin o‘lganlar tiriladi gunohkorlar jazolanadi. Jamiyatda mehnatsevarlik, adolat, 
halollik, poklik, yaxshilik asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, «Avesto»da keltirilgan «Zabardast 
va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostlikka muvofiq amal qilsang, zabardast va 


2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
22 
qudratli bo‘lasan», «Haq so‘zdan o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma», «Dunyoni taraqqiyot va 
kamolot sari harakatga soladigan kishi lar bo‘lmog‘i lozim», «YOlg‘on gapirib tirik qolgandan 
ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi», «O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan 
g‘olib chiqa olmaydi
2
» kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
“Avesto”da quyidagi uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi asosiy fazilatlar 
ekanligi aytiladi. Bular: 1) Ezgu fikr; 2)Ezgu so‘z;, 3)Ezgu ish (amal)dir.Mana shu fazilatlarga 
ega bo‘lgan inson oliy haqiqatga musharraf bo‘ladi. Bularga erishishning asosiy vositasi mehnat 
qilish, o‘rganish, izlash, o‘z ustida tinmay ishlashdir. Avestodagi ilgari surilgan diniy-falsafiy 
ta’limot, zardushtiylik g‘oyalari keyingi davrlar SHarq va Evropa diniy-falsafiy ta’limotlarining 
shakllanishi va paydo bo‘lishida juda katta o‘rin tutgan va rol o‘ynagan. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin