4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 51
Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman
namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar,
hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi
bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-
barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi
mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya,
materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. Inson o‘zi
va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda, muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish
ko‘radi. Ayni vaqtda, u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish va uning butun rang-
barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir
asosning shak-shubhasizmavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan,
Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o‘rta asrlar falsafasida Xudo,
Dekartda: «Men fikrlayapman, demak mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko‘ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan borliqning ko‘p
sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan
narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq
qilishini aniqlashga harakat qilgan.
2. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy Borliq muammosini falsafiy
anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va
qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan,«Veda»lar (Qadimgi hind tafakkurining ilk
yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – «Upanishada»larda yaxlit ma’naviy substansiya,
o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek, dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z
aksini topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar –
olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq
sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa
yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob –
«Rigveda»larda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi, avvalo, ijtimoiy muammolarga qarab mo‘ljal olgani bois, unda inson
borlig‘iga, shuningdek, ijtimoiy borliqqa ko‘proq e’tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning birinchi
asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan narsalar va hodisalarning butun rang-
barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda o‘z aksini
topgan. Keyinroq «O‘zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday
birinchi asoslarning sakkiztasi qay etiladi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‘zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu
tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks
ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar, avvalo, tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va
rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‘z
asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb
atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning
manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun
borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‘zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo
(Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron»
(Anaksimandr taxminan miloddan avvalgi 611–545-yillar)deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto
jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur
mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon
mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni Ksenofan
(mil. av. 580–490-yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va
rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo bo‘lganmiz», deb hisoblaydi. O‘sha davrning bosh
falsafiy masalasi – «hamma narsa nima», degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500-
yillar) «hamma narsa sondir»,degan xulosaga keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g‘oyani