Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Borliq tushunchaning etimologiyasi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Borliq tushunchaning etimologiyasi. 
«Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki 
boshqa kategoriyalar orasida ayniqsa, ko‘p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan 
izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni bir ma’no – 
«bo‘lish»,«mavjud bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. 
Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va ma’no jihatidan unga yaqin fe’llar negizini 
tashkil etadigan «bo‘lmoq» fe’li, o‘zining bevosita ma’nosidan tashqari, yordamchi fe’l sifatida ham 
faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bo‘lib, uning mantig‘i va 
qonunlari fikrni bayon etishning til shakliga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin, albatta, fikrlash mumkin 


4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
50 
bo‘lgan, universal va o‘zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning 
tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan 
narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq 
tom ma’noda universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida – 
«bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – «is», nemis tilida – «ist»va hokazo. 
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va universal 
ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe’ldan, 
aniqroq aytgan da, «bo‘lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisob lanadi 
va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘r satadi. Masalan, stol bor, 
yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va hokazo.Borliq tabiiy tillarda otlar, 
ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya’ni bilishda uning ob’ekti yoki sub’ekti sifatida 
amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda bu ob’ektlaryoki 
sub’ektlarning birortasi ham uning borligi yoki yo‘qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin