Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
56 
etiladi. Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. 
Virtual borliqdan, eng avvalo, u vujudga kelgan sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar 
dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va 
geografiya fanlarida foydalanilmoqda.Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq 
kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan 
turib boshqarishda virtual borliq keng qo‘llanilmoqda. Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish 
jarayonida virtual borliq texnologiyasi, ayniqsa, qo‘l kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning 
ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar 
konstruksiyalarini 
sinovdan 
o‘tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq 
texnologiyasidan harbiylar ham keng foydalanmoqdalar.Masalan, AQSH armiyasida harbiy 
xizmatchilarda merganlik ko‘nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va 
to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. 
Juda qimmatga tushadigan va atrof-muhitga katta zarar etkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya 
qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o‘q uzishni hamda tank jangida askarlar va ofitserlarning 
shaxsiy ishtirokini imitatsiya qiluvchi harbiy o‘yinlardan foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan, lekin 
hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni tahlil 
qilish va ularga baho berish uchun ham kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar.Ta’lim 
sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. YAqinda 
virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual 
kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo‘ylab 
harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko‘zdan kechirishi, zarur holda esa, ulardan nusxa 
ko‘chirishi mumkin.Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey 
foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o‘lchovli ko‘rinishida 
ko‘rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy echish qobiliyati ancha yuqori bo‘lgan displeylarni taqozo 
etadi. Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot vositalari va 
telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi zamon madaniyatining tarkibiy qismiga 
aylandi. Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga intilish bizga rivojlangan jamiyatlarda 
tobora katta rol o‘ynayotgan yangi tajribaning cheksiz imkoniyatlarini qo‘lga kiritish imkonini 
beradi, degan umid bilan bog‘liqdir. 
Virtual
borliq tizimlari bu tajribadan va insonning «yangi o‘ziga 
xos xususiyati»dan
foydalanish imkonini amalda ta’minlaydi
. Inson faqat o‘z tasavvuri bilan 
cheklanadigan sun’iy tarzda yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi. Bunday dunyoni 
yaratish mumkinmi? Biz o‘zimizda kiborglarni kashf etamizmi yoki faqat ongning kompyuterlar 
modellashtiruvchi muhit doirasidagi hozircha ifodalash mumkin bo‘lmagan holatlarining 
tajribasinimi – buni kelajak ko‘rsatadi. Bu yaqinlashayotgan va kompyuter ekranlari yorug‘i bilan 
o‘ziga chorlayotgan holatlarni qanday baholash hamda tavsiflash mumkin? Hozirgi zamon 
odamining haqiqiy bo‘lmagan, g‘ayriinsoniy zombi holatidagi mavjudligi borliqni inkor etish 
demakdir. U shaklan boshqacha borliq, mazmunan esa yo‘qlik sifatida amal qiladi. Borliqning 
yuqorida sanab o‘tilgan turli shakllari bugungi kunda fanga aniq ma’lum bo‘lgan, kuzatish, o‘rganish, 
tahlil, nazorat va hokazolar predme bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Ayni 
vaqtda dunyo fan va inson aqli anglab etmagan jumboqlar va mo‘‘jizalarga to‘ladir. Ammo bu hol 
borliq haqidagi hozirgi tasavvurlar o‘z kuchini yo‘qotadigan qandaydir o‘zga dunyolar mavjudligidan 
dalolat beradi, deb aytish uchun etarli asoslar mavjud emas. 
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari 
va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining 
darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va 
jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos 
birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish 
mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida 
tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda quyida so‘z yuritiladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin