Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

 3. Borliq shakllari. 
Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga 
qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib tgan. Jonli narsalar dunyosida inson 
alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi 
uning ongida,ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya’ni mavhum fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot 
sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini 
yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. 
B
orliqning 
shakllari
 
notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir

So‘nggi yillarda 
virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.
Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir. 
Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq ko‘rib chiqamiz, zero u hozirgi 
zamon fani nuqtai nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi. 
Tabiat borlig‘i birlamchi 
(ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar
mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va 
ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) tabiat borlig‘iga 
bo‘linadi
. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – butun tabiiy va sun’iy 
dunyo, shuningdek, tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, 
binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borlig‘i ikki 
darajani o‘z ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko‘payish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan, atrof-muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega 
bo‘lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot vao‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan 
butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu inson 
yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir. Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi 
yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkilamchi tabiatda 
birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda, ob’ektiv birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa 
tomondan esa –unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini topgan. 
Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, 
ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir. 
Inson borlig‘ining tahlilida uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida 
inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning 
qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson 
borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish 
va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va 
energiyaning saqlanish qonunlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning 
boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, 
sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini 
ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning 
yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin