4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
57
maydonlar, xossalar, hodisalar ko‘rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va o‘zgarishlar
jarayonini boshdan kechiradi. Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi
haqidagi hozirgi ilmiy
tasavvurlar so‘nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va
mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar topdilar. Olamning
cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi
bo‘lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun Olam
va uning ayrim qismlari evolyusiyasi va muttasil o‘zgaruvchanligi
haqida ancha asosli xulosa
chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda ma’lum narsalar vujudga
kelib, o‘z borlig‘ini kasb etadigan va qachondir yo‘q bo‘ladigan, ya’ni o‘zining avvalgi borlig‘ini
yo‘qotib, modda va energiyaning saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil
davom etuvchi jarayondir. Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun rang-barangligi o‘z
asosiga ega, ya’ni u qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi
ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko‘ra, biz yashayotgan Olam tarixi
boshlanishiga asos bo‘lgan «Katta portlash» nazariyasi dunyoning
mohiyati va uning tuzilishi
xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning ma’lumotlari
taxminan 15 milliard yil muqaddam
ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning
Olam deyarli
bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan
dalolat beradi
. Endilikda bir-biridan
uzoqlashayotgan galaktikalar
tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko‘plab
kosmik jismlar mavjud bo‘lib, bu galaktikalarning to‘dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma’lum
bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ulkan tadrijiy va inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Yer tarixi.
Ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam
Quyosh tizimida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo‘lgan,
muayyan moddiy
jism sifatida o‘z borlig‘ini kasb etgan,oradan yana bir milliard yilcha vaqt o‘tgach, Erning geologik
tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog‘ jinslarining yoshi shundan dalolat
beradi. Shunday qilib, Yer jonsiz tabiatining moddiy dunyosi o‘zining aniq geologik yil hisobiga ega
va uning borlig‘i sayyoramizning umumiy evolyusion jarayonlari bilan bog‘liq. Erning tabiiy kosmik
jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‘ jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar,
foydali
qazilmalar, keyinroq esa, oliy shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo
bo‘lishi ham tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: