5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 82
yo‘nalishini belgilab bermaydi, shunga ko‘ra u muqarrar emas; 5) tasodif umumiy emas, balki
individual xarakterga ega; 6) tasodif, nihoyat, qonun bilan bog‘liq emas.
Umuman, zaruriyat va tasodif borliqdagi narsa va hodisalar o‘zaro aloqadorligining turli
shakllari sifatida mavjud bo‘lib, ular ob’ektivdir, ya’ni ularning mavjudligi va amal qilishi inson
hohishi va irodasiga bog‘liq emas.
Zaruriyat va tasodif o‘zaro dialektik bog‘liqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida
yashiringan bo‘lgani kabi, zaruriyat ham tasodiflar tizmasida, ularning takrorlanishida mavjud
bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular bir-birisiz, alohida-alohida mavjud bo‘lolmaydi.
Fanning vazifasi borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarida yashirinib
yotgan, insonga noma’lum bo‘lgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va ular tizimidagi tashqi
tasodiflarni aniqlashdan iboratdir.
Borliqdagi qat’iy zaruriyat doimo tasodiflar tizmasida hukmronlik qilib, tadqiqotchi o‘z
tadqiqoti jarayonida tasodifiy hodisalar tizmasida mavjud bo‘lgan tasodiflarni tadqiq qilish,
ularning bir-birlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizmasida mavjud bo‘lgan, lekin
yashirinib yotgan zaruriyatni ochish, jamiyatda insoniyat uchun noqulay bo‘lgan voqea-
hodisalarning ro‘y berishlarining oldini olishga imkon beradi.
Borliqdagi narsa va hodisalarning hozir qanday ekanligi, kelajakda qanday bo‘lishini biz
imkoniyat va voqelik kategoriyalarisiz tushuna olmaymiz.
i) Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat va voqelik o‘zgarish va rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning ikki xil
davrini, ikki xil holatini, bu davrlarning o‘zaro munosabatini o‘zlarida ifodalovchi
kategoriyalardir.
Voqelik — bu hozir real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir. Lekin bu
hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatda bo‘lmay, balki dastlab imkoniyat
holatida bo‘lgan bo‘lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega.
Voqelik o‘zining paydo bo‘lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi.