Imkoniyat — bu voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishidir, u yuzaga chiqmagan
voqelikdir. SHu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv va
sub’ektiv shart-sharoitlari ham bo‘lishi mumkin. Imkoniyat ob’ektiv qonuniyatlardan kelib
chiqadi, ular tomonidan yaratiladi.
Imkoniyat va voqelik kategoriyalarini, ularning o‘zaro dialektikasini chuqur bilib olish
kishilarning amalii faoliyatida, ilmiy tekshirish ishlarida katta ahamiyatga ega.
Imkoniyat va voqelik kategoriyalarining mazmuni ongdan tashqaridagi ob’ektiv olamdan
olinadi. Bu kategoriyalar bir butun moddiy yoki ruhiy jarayonning ikki tomonini aks ettiruvchi,
o‘zaro dialektik munosabatdagi kategoriyalardir. Shuning uchun imkoniyat va voqelikni bir-
biridan farq qilish lozim, chunki ularni aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga,
insonning tabiat va jamiyatni o‘zgartiruvchi faoliyatini tushunmaslikka, amaliqtning ahamiyatini
yo‘qqa chiqarishga olib keladi. Ularni aralashtirib yuborish yo‘q narsani bor, deb bilishga,
yangining kurash jarayonida eski ustidan g‘alaba qilishni ko‘rmaslikka olib boradi.
Imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan va eski, umrini
tugatayotgan real kuchlar sifatida progressiv va konservativ bo‘lishi mumkin.
Eskilikni ifodalovchi imkoniyat rivojlanish jarayonida voqelikka aylanib qolishi ham
mumkin, lekin bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib chiqmaydi.
Shuning uchun eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo‘lishi vaqtinchadir.
Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida
mavjud bo‘lib, so‘ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum davrda, ma’lum shart-
sharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari, uning mavjud eski voqelik
bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Shunga ko‘ra, imkoniyatni formal, abstrakt va real
imkoniyatlarga ajratib o‘rganiladi. Quruq fikriy izchillik jihatidangina to‘g‘ri bo‘lgan, lekin real