Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. Bunda
hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning asosiy turlari
quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar.
A harfi bilan belgilanadi, «hamma
S R dir»
formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga
ega». 2) Juz’iy tasdiq hukmlar
J harfi bilan belgilanadi, «ba’zi
S R dir» formulasi orqali
ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar.
A harfi bilan belgilanadi, «bu
S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba
iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar.
E harfi bilan belgilanadi,
«hech bir
S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz
yaratilmaydi». 5) Juz’iy inkor hukmlar.
O harfi bilan belgilanadi, «ba’zi
S R emas» formulasi
orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar.
E harfi bilan belgilanadi, «bu
S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi
kursda o‘qimaydi».
Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va
zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish
kerak.
Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil
1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi.
Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan,
ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol
bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan
voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi».