Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

deduktiv xulosa chiqarish 
hisoblanadi. 
Deduktiv xulosa fikrimizning umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil qilinadi.
Deduktiv xulosa chiqarish nazariyasi buyuk yunon faylasufi Arastu (384-322) tomonidan ishlab 
chiqilgan. Aristotel qalamiga mansub «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika» kitoblarida 
sillogizm ta’limoti asoslab berilgan.
Bilvosita deduktiv xulosa chiqarishning eng keng tarqalgan turi 
sillogizm 
hisoblanadi. Sillogizm 
grekcha “syllogismos” so’zidan olingan bo’lib, sanash orqali xulosa chiqarish, degan ma’noni 
ifodalaydi.
Ikki qat’iy hukmning bog’lanishi asosida chiqarilgan xulosa sodda qat’iy sillogizm, deb 
yuritiladi. Sodda qat’iy sillogizm 3 qismdan iborat bo’ladi: 
a) katta asos; b) kichik asos; v) 
xulosa. 
Sodda qat’iy sillogizm quyidagi shaklda yoziladi:
Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega.
O’zbekiston — mustaqil davlat.
-----------------------------------------------------------
Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga ega.
Berilgan misoldagi birinchi fikr («Mustaqil davlat o’z konstitusiyasiga ega») — katta asos. Unda 
umumiy fikr ifodalangan. Ikkinchi fikr («O’zbekiston — mustaqil davlat») — kichik asos. 
Uchinchisi — asoslardan kelib chiqqan xulosa («Demak, O’zbekiston o’z konstitutsiyasiga 
ega»).


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
164 
Sodda qat’iy sillogizmda 3 termin mavjud. Bu terminlar katta asosni kichik asosga bog’lash 
oroqali yangi fikr (sillogizm xulosasi) ni chiqarish imkonini beradi.
Bular: Katta termin - R
Kichik termin - S
O’rta termin - M
Katta (R), o’rta (M), kichik termin (S) sillogizm xulosasining tarkibiy qismlaridir. Katta termin 
(R) deb sillogizmda katta asos tarkibiga kiruvchi va xulosada predikat vazifasini bajaruvchi 
terming aytiladi. Kichik termin (S) deb sillogizmda kichik asos tarkibiga kiruvchi va xulosa 
sub’ekt bo’lib keluvchi terminga aytiladi. O’rta termin (M) deb sillogizmda katta asosni kichik 
asosga bog’lovchi, biroq xulosada ishtirok etmaydigan terming aytiladi. Sodda - qat’iy 
sillogizmning tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin:
Katta asos: Barcha davlatlar o’z iqtisodiyotining taraqqiy ettirishdan manfatdor.
Kichik asos: O’zbekiston — davlat.
Xulosa: Demak, O’zbekiston o’z iqtisodiyotini taraqqiy ettirishdan manfaatdor.
Mazkur sodda qat’iy sillogizmni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Barcha M — R dir.
S — M dir.
Demak, S — R dir.
Sillogizm xulosasi:
a) katta asosdan boshlanlan taqdirda fikr umumiylikdan yakkalikka qarab boradi.
XVII - XIX asr ziyolilari ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdilar
Avaz O’tar o’g’li — XIX asr ziyolisi.
Demak, Avaz O’tar ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi.
b) kichik asosdan boshlansa, fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan: Suv — jism
Jism — ximiyaviy elementlardan tarkib topgan.
Demak, suv ximiyaviy elementlardan tarkib topgan.
v) Ayrim o’rinlarda fikr yakkalikdan juz’iylikka qarab borishi orqali xulosa chiqarish mumkin. 
Masalan:
Baliq jabra bilan nafas oladi.
Baliq — hayvon.
Demak, ayrim hayvonlar jabra bilan nafas oladi.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin