Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

deduktiv xulosa 
deb yuritiladi.


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
162 
Induktiv xulosa chiqarishda 
fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Alohida predmet va 
hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini tahlil etish asosida 
analogiya bo’yicha 
xulosa 
chiqariladi.
1. Deduktiv xulosa chiqarish. 
Deduktiv xulosa chiqarish ikki usulda amalga oshiriladi:
1) bevosita deduktiv xulosa chiqarish;
2) bilvosita deduktiv xulosa chiqarish.
1) Bevosita deduktiv xulosa chiqarish. 
Bir asosdan mantiqiy tahlil orqali yangi fikr (bilim) ni 
hosil qilish bevosita deduktiv xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bunda ayrim mushohadalar qayta 
ishlanadi. Yangi fikr (bilim) ga asos bo’lgan mushohada xulosaning asosi, hosil bo’lgan yangi 
fikr - xulosa bo’lib hisoblanadi.
Bevosita xulosa chiqarishda mantiq usullar yordamida amalga oshadi.
Bunday mantiqiy usullariga quyidagilar kiradi: 
a) 
almashtirish orqali xulosa chiqarish 
b) 
aylantirish orqali xulosa chiqarish v) predikatga qarama-qarshi qo’yish 
g) 
mantiqiy kvadrat . 
a) Almashtirish 
shunday mantiqiy usulki, bunda asos bo’lgan hukmning sub’ekti (S) xulosaning 
predikatiga (R), uning predikati (R) esa xulosaning sub’ekti (S) ra almashtiriladi. Bundan 
fikrning mazmuni o’zgarmay qoladi. Masalan: Guruhimizning ayrim talabalari (S) — a’lochi 
(R). Demak, ayrim a’lochilar (S) — guruhimiz talabalari (R).
Almashtirish chiqarilgan xulosaning aniq bo’lishini ta’minlaydi. Almashtirish natijasida umumiy 
tasdiq (A) mushohadadan juz’iy tasdiq (J) ni hosil qilish mumkin. Masalan: Respublikamizning 
barcha viloyatlari davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardilar. Demak, 
Toshkent viloyati ham davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardi. Berilgan 
xulosani quyidagi sxemaga solish mumkin:
Barcha S — R (A)
Demak, ayrim S — R (J) Shuningdek, almashtirish natijasida umumiy inkor hukm (E)dan 
umumiy inkor hukm (E)ni, umumiy tasdiq hukm (A)dan umumiy tasdiq hukm (A)ni hosil qilish 
mumkin,
b) Aylantirish 
orqali xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, asos qilib olingan 
mushohadaning sub’ekti (S) xulosada ham sub’ekt sifatida qoladi, lekin predikat va bog’lovchi 
o’z qarama-qarshisiga aylanadi,
Qisqacha qilib aytganda, aylantirish yordamida asosga teng, lekin mazmun jihatidan qarama-
qarshi fikr juz’iy tasdiq (J) mushohadadan hosil qilinadi. Masalan: Har qanday jinoyat 
jazolanmog’i lozim. Demak, hech qanday jinoyat jazolanmasligi mumkin emas.
Sxemasi: S — R dir.
Demak S — R emasdir .
Aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan umumiy inkor (E), Juz`iy tasdiq 
hukmdan (J) juz’iy inkor (O) mushohada hosil qilinadi,
Masalan: Hamma bosqinchilik urushlari — adolatsiz.
Demak, Hamma bosqinchilik urushlari — adolatli emas.
Sxemasi: Har bir S — R dir.
Demak, hech bir S — R emasdir.
Aylantirish mantiqiy uslubining ikki ko’rinishi mavjud:
1) Sodda aylantirish
2) Cheklash orqali aylantirish.
Sodda aylantirishda xulosaga asos qilib olingan fikr va hosil bo’lgan yangi fikr hajm jihatidan 
teng bo’ladi.
Masalan: Faqat barcha kvadratlar — tomonlari teng to’rtburchak.
Demak, barcha tomonlari o’zaro teng to’rtburchaklar — kvadrat.
Sxemasi: Barcha S — R dir
Barcha R — B dir.
Cheklash orqali aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil 
qilinadi.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin