Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


mazmun va miqdor jihatidan turli xil tarzda bog’lanishlari sillogizm moduslari deyiladi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

mazmun va miqdor jihatidan turli xil tarzda bog’lanishlari sillogizm moduslari deyiladi. 
Sillogizmning har bir figurasi doirasida 64 tagacha modus bo’lishi mumkin. Moduslar sillogizm 
xulosasi tarkibiga kirgan mushohadalar turi bilan belgilanadi. Masalan: Sillogizmning bir 
figurasining modusi A tarzida bo’lishi mumkin. Buning ma’nosi shuki, sillogizmning har 3 qismi 
(katta asos, kichik asos, xulosa) umumiy tasdiq (A) mushohadadan iborat.
Sillogizmlarning asosiy turlari. 
Xulosa uchun asos bo’lgan mushohadalar mohiyatiga ko’ra 
sillogizm xulosalari uch turkumga bo’linadilar:
1. Qat’iy sillogizm.
2. Shartli sillogizm.
3. Ayiruvchi (bo’linuvchi) sillogizm.
1. 
Qat’iy sillogizmda 
asoslar qat’iy mushohadadan iborat bo’ladi. Masalan:
Metall issiqlik o’tkazadi.
Mis - metall
Demak, mis issiqlik o’tkazadi.
2. Asoslar yoki asoslardan biri shartli mushohadadan iborat sillogizm 
shartli sillogizm 
deb 
yuritiladi. Masalan:
Teraklarning barglari uchidan sarg’aysa, qish qattiq keladi.
Teraklarning barglari uchidan sarg’aydi
Demak, qish qattiq kelishi mumkin.
3. Asoslardan bir ayiruvchi (bo’lingan) mushohadadan iborat bo’lsa, 
ayiruvchi (bo’lingan) 
sillogizm 
hosil bo’ladi. Masalan:
Burchaklar yo o’tkir, yo o’tmas, yo to’g’ri bo’ladi.


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
166 
Bu - to’g’ri burchak.
Demak, Bu - na o’tkir, na o’tmas burchak emas.
Sillogizm tuzilishiga ko’ra: 
sodda, murakkab, murakkab - qisqartma 
turlarga bo’linadi.
Sodda sillogizm. 
Sodda sillogizm 3 qism (katta asos, kichik asos, xulosa) hamda 3 termin (R, M, 
S) dan iborat bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda sodda sillogizmlar har doim ham to’liq holda ham 
uchrayvermaydi. Aksari hollarda sillogizmlarning sodda qisqartma shakllari uchraydi.
Sodda qisqartma sillogizmlar mantiqda entimema deb yuritiladilar. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin