Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə331/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Gipoteza
- o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin 
tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida 
olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, 
masalalar haqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil kilish va 
umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud 
bo‘ladi. Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xakida 
bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bulib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta 
kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuklikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni 
tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. “Jismlar mayda, bo‘linmas 


12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 
176 
zarrachalardan tashkil topmaganda bunday xodisalar bo‘lmas edi”, degan fikr o‘zining ma’lum 
bir mantiqiy kuchiga ega.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining 
 
qonuniyatlari xaqida bildirilgan 
asosli taxminga
 
aytiladi. Bunga misol kilib neft kelib chiqishining organik
 
va noorganik tabiati 
haqidagi gipotezalarni, yerda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chikishi, ijtimoiy profess
 
haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. 
 
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va xodisalarning kelib chikishi, 
xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat.
Nazariya 
ma’lum bir predmet soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni 
sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar 
yaratishga olib keladigan, shu soxadagi xodisalarni tushuntirish, oldindan kurish imkonini 
beradigan ishonchli bilimdan iborat. 
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy kismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador 
faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning 
asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) 
nazariyaning mantikiy apparati: tushunchalarni xosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa 
chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar). 
ADABIYOTLAR: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b 
2.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-
4947-sonli 
Farmoni
.
 
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 
4.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har 
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” 
NMIU, 2017. – 104 b. 
5.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016. 
6.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016 
176-b. 
7.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. – T.: Unversitet, 2007. 214 b. 
8.
Xayrullaev M, Haqberdiev M. Mantiq. - T.: o’qituvchi, 1993. 
9.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O’quv qo’llanma, -T., 2004 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin