Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə339/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
184 
Biz shu o‘ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni bugun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida 
talqin etib keldik. Zotan axloqning avvalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy 
qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va me’yorlar barcha mintaqalar 
hamda millatlar uchunbir xil ma’no kasb etadi. Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik
yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to‘g‘rilik, rostguylik, 
saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero 
o‘zbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, arabcha yolg‘on, 
deyish mumkinmi? Albatta, yo‘q, Lekin, ayni paytda, axloqiylikda umuminsoniylik 
xususiyatidan tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim axamiyat kasb etadi. 
Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bulgan 
qo‘pinishlarida - xulqiy xatti- harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi. CHunonchi, 
musulmon mintaqasida dasturxon ustida bosh kiyimsiz o‘tirish beodoblik hisoblanadi. Buning 
odobdan tashqari gigienik-ozodalik nuqtai nazaridan ham axamiyati bor. Ovqatlanish paytida 
ro‘molsiz ayol yoki do‘ppisiz erkak boshidan soch tolasi, kepak, chang-gard taomga yoki 
dasturxonga tushishi mumkin. Nasroniylar mintaqasida esa aksincha dasturxon ustida bosh 
kiyimni echmaslik Xudo in’om etgan taom va dasturxonga xurmatsizlik sanaladi. Yoki 
amerikalik yigit uzi kresloda o‘tirib, oyoqlarini kuldon va ichimlik ashyolari tupgan stolchaga 
chalkashtirib tashlab, orom oladi va uning uchun bu tabiiy hol hisoblanadi. Uzbek uchun esa
stolga yoki xontaxtaga oyoq qo‘yib o‘tirish - o‘ta odobsizlik. 
Farbu Sharq mintaqalari odobida yana bir katta farqi borki, bu hozirgi paytda g‘arbda xuquqning 
axloqdan, sharqda axloqning qancha utuvorlshi masalasi g‘arb yoshlari, balog‘atga etgach, ota 
onaga teng huquqli fuqarolar sifatida munosabat qoladi, o‘zining qarshi fikrini to‘ppa-to‘g‘ri, ota 
yo onasining yuziga tik qarab, bayon qiladi va buni inson xuquqlaridan, deb biladi. sharq; 
yoshlari masalan, yapon yoki o‘zbek ota-onaga tik gapirishini to‘g‘pidan-to‘g‘pi qarshi chiqishni 
an’anaviy axloqiy qoidalarning oyoq osti qilinishii deb tushunadi, padari yo volidasiga ko‘zini 
erga tikib, muloyim, uz fikrini tovut ko‘tarmay aytishni, ba’zan esa cukut saqlashini afzal deb 
biladi, ularga bo‘ysunishni burch sifatida olib qaraydi afsuski, ba’zi g‘arb mamlakatlarida keksa 
avlodni yoshlar hukuqiqiy hayotiga, erkinligiga g‘ov deb bilishi hollari mavjud. To‘g‘pi, 
sharqona etiqot, odobiy qonun-qoidalarning an’anaviylik bilan bog‘liq ba’zi zamonaviy nuqtai 
nazardan nuqisli tomonlari bor. Lekin, shunga qaramay, ularda insoniylik va mehr-oqibat 
tuyg‘ulari hali xam mustahkam ildiziga ega. Farbda esa hozirgi paytda bunday fazilatlarni 
uchratish tobora g‘ayri tabiiy holatga o‘xshab qolayotir. SHu bois hozirgi paytda g‘arbning 
xuqukiylik tamoyilini sharkning axloqiylik tamoyili bilan uyg‘unlashgirish zamonaviy jamiyat 
taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin