Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
181 
nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o‘zining 
nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif 
tizimidagi ta’lim-tarbiya o‘zini har bir qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. 
Axloqshunoslik 
va 
ruhshunoslik. 
Qadimdayoq 
axloqshunoslikning 
ruhshunoslik 
(psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-
harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi. Lekin bu o‘rganish ikki xil nuqtai nazardan 
olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu xatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning ruhiy 
tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq 
etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi. Ruhshunoslik hissiyotlar sifatida 
o‘rganadigan insondagi ko‘pgina ma’naviy hodisalar axloqshunoslik tomonidan falsafiy-axloqiy 
tushunchalar tarzida tadqiq etiladi. 
Axloqshunoslik va sotsiologiya. Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik (sotsiologiya) bilan 
aloqasi o‘ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy murvatlaridan 
bo‘lmish axloqni o‘rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqyosi bu borada keng. Ma’lumki, 
sotsiologiya insonlarning ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan 
ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. Axloqshunoslik esa, o‘z mohiyatiga ko‘ra, lozim 
bo‘lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug‘i 
sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-
harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o‘rganadi. 
Axloqshunoslik va ekologiya. Keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan 
aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko‘proq insonning o‘zi, 
o‘zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatga 
bo‘lgan munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, 
XX va XXI asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida 
paydo bo‘lgan ekologik buhron manzarani o‘zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar 
ko‘proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog‘liq ekani ma’lum bo‘lib qoldi. 
Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko‘p jihatlari 
axloqshunoslik ko‘magiga borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus 
soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu-axloqshunoslik ekologiyani to‘liq o‘z ichiga oladi, degan so‘z 
emas. Chunki axloqshunoslikda axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti sifatida tabiatning o‘zi 
emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan munosabati maydonga chiqadi. 
Axloqshunoslik va milliy g‘oyalar falsafasi. Garchand o‘quv fani sifatida milliy g‘oya oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari qadimiy 
ma’naviyat tariximizga borib taqaladi. Zero, har bir milliy mafkura tizimida axloqiy g‘oyalar 
albatta o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, ko‘pgina axloqiy g‘oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari 
yotadi. Shu sababli, axloqshunoslik tarixini milliy g‘oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy 
davrlarning axloqiy-falsafiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqaroga milliy g‘oyani singdirish vositasi 
sifatida ham diqqatga sazovor. Chunki milliy g‘oya ezgulikka muhabbat, milliy qadriyatlarga 
hurmat-e’tibor, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik tamoyillarini siyosiy anglash 
ishtirokida talqin etilgan tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa, axloqshunoslik ularni axloqiy 
anglash vositasida ro‘yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraydi. Xullas, axloqshunoslik 
bilan milliy g‘oya o‘rtasida, xalqona til bilan aytadigan bo‘lsak, et bilan tirnoq darajasidagi 
yaqinlik mavjud. 
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin