Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə338/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi,
unga asos bo‘lgan omillar, 
unsurlar to‘g‘risida to‘xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan 
iborat deb hisoblaydilar. Bular - axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy 
hissiyot) va axloqiy munosabatlar (axloqiy hatti-xarakatlar). Bazi mutaxassislar (chunonchi, 
mashhur rus axloqshunosi A I. Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini 
(katetoriyalarini), axloqiy meyorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. 
Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik to‘g‘ri emas. CHunki mazkur tushunchalar
tamoyilar va meyorlar ko‘proq axloqqa emas, balki uni o‘rganadigan fanga – axloqshunoslikka 
taalluqlidir. Umuman, shuni aytish kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar 
mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga nisbatan axloqqa xususiyatlarga 
3
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т., «Ўзбекистон», 2000, 6-b. 
4
O’sha manba, 7-b. 


13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
183 
egaligidan, yani unda ko‘p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-amaliy tomonlar bilan 
omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim. SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni 
axloqiy anglash, axloqiy aks etish va axloqiy munosabatlarni uz ichiga oladi. Ayni paytda ana 
shu omillarning tuzilmadagi o‘rni, to‘g‘rirog‘i, mavqei masalasida ham turli xil qarashlar 
mavjud. Ba’zi axloqshunoslar axloqiy anglashni, boshqa birovlar axloqiy hissiyotning o‘zini 
asosiy unsur deb talqin etadilar. YAna ba’zi birovlar axloqiy anglash - axloqiy ongga etakchilik 
mavqeini beradilar. Xo‘sh, aslida qanday qarash haqiqatga yaqinroq? 
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, juda ko‘p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch omil-
unsurning birortasisiz axloq tumunchacini tasavvur qilib bulmaydi. Boshqacha aytganda, axloqni 
inson ko‘zi oldida gavdalamiruvchi axloqiy munosabatlarning aks etish va axloqiy anglashsiz 
yuzaga chiqishi yani mavjud bo‘lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga ham, 
axloqiy anglashga ham taaluqli. Zero tuzilmadagi bu uchunsur-omil bir-birisiz kamdan-kam 
mavjud bo‘ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi etakchilik 
mavqeiga, to‘g‘rig‘i, asosiy unsur sifatidagi o‘rniga kelsak, uni bu tarzda talqin etish, bizningcha, 
to‘g‘ri emas. Vaholanki, sho‘rolar davrida va hozirdagi rus olimlari orasida ba’zi g‘arbdagi 
zamonaviy axloqshunoslik yo‘nalishlarida ana shunday qarash xukumron ekanini ko‘rzmie. 
Aslida esa, tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axlokiy xis etishi namoyon 
buladi. to‘gri, juda kup hollarda biror bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzok yoki qisqa vaqt 
mobaynida usha qaror oqibatlari to‘g‘risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avval;dan 
anglab etishga urinish bilan bog‘lik bo‘ladi, ya’ni biz o‘z xatti xarakatlarimizni axloqiy anglash 
elagidan o‘tkazib, faoliyat ko‘rsatamiz. Lekin o‘sha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror 
tubida, so‘zsiz, axloqiy hissiyot yotadi. Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun material 
vazifasini o‘taydi. Ba’zan esa o‘sha “material” - hissiyotning o‘zi axloqiy anglashni chetlab 
o‘tib, - munosabat tarzida namoyon buladi. Bunga insoning favqulotda holatlardagi hatti-harakati 
misol bula oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan yo‘l o‘rtasida, koptokni 
quvib, go‘dak chiqib qoldi, haydovchi tormozni bosish barobarida, shu zahoti mashinasini keskin 
chetga buradi. Bola omon qoladi, x,aydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq buladi. Bu holatda 
haydovchining go‘dakka nisbatan, mehf-shafqati, achinish hissi, inson bolasini oliy qadriyat 
sifatida his qilishi muhim rol o‘ynaydi. Xaydovchi o‘z xatti-harakatini “Oqilona qarorga” kelishi 
uchun, “etti o‘lchab, bir kesib” amalga oshirmaydi - hamma narsa bir lahzada ro‘y beradi. Bunda 
anglash emas, ong emas, oniy intuitsiya, uz qavmdoshi hayotini asrashdek tabiiy-biologik 
hissiyot-instinkt hal qiladi, yani mazkur hissiyot tom ma’nodagi anglash darajasiga ko‘tarilib 
ulgurmasdanoq munosabatga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy 
faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ruyobga chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, meyorlarimiz va 
tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolg‘on, soxtalik va totalitar axloqiy tuzum 
hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, axloqiy 
munosabatlar qabul etilgan kodekslar, me’yorlar xamda tamoyillarga ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi. 
Rasmiy axloqiy qonun-qoidalar bilan xaqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma’naviy jarlik paydo 
bo‘ladi. Tilda bu qonun-qoidalar ko‘klarga ko‘tarilgani holda, dilda, ich-ichdan ularga qarshilik 
hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojea bo‘lgan axloqiy so‘z Bilan axloqiy faoliyatning 
aloxida-aloqa mavjudligi ro‘y beradi.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin