13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 189
o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to‘rt ezgu
haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi.
Uning qisqacha bayoni shunday:
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.
2. Bu iztiroblarning sabablari bor.
Z. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. .
4. Iztiroblarga barham bershga oli6 boradigan yo‘llar mavjud.
Buddhaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Buddha
o‘tgan va xammaning o‘tishi mumkin bulgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik
bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) etishish yo‘lidir. U sakkiz fazilatga erishuvda iborat: 1)
to‘g‘ri qarashlar; 2) to‘g‘pi jo‘r’at; Z) to‘g‘ri xatti-harakat; 4) to‘g‘ri nutq; 5) to‘g‘ri hayot tarzi;
6) to‘g‘ri jahd-jadal; 7) fikrni to‘g‘ri yo‘naltirish; 8) diqqatni to‘g‘ri qaratmoq.. SHunday qilib,
sakkiz yo‘l bir-birini taqozo etuvchi uch omil - bilish, xattiharakat va diqqatning birligidan
iborat. Bilim va axloq bu o‘rinda yaxlitlikka ega; fazilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib
chiqadi, shu sababdan bilimni fazilatsiz takomilashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka
etishishning tygallangan konsepsiyasi “Sochlarining fatilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman
bulmaydi. Kimdaki xaqiqat va dhamma bo‘lsa, o‘sha baxtli va o‘sha brahman”, - deyladi
buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. SHunday qilib, buddhachilik tomonidan
vedalar obrusi, braxmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo‘lish
qoralandi. Shubxasiz, bu axloqiy taraqqiyot ko‘rinishlaridan biri edi.
Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi Xitoyda xam o‘ziga xos
mavqe egalladi. Lekin u erda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta amiyatga va qamrovga
ega edi. Ulardan biri daochilik.
Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI - V asrlar) yipik namoyondasi
Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan “Dao de
szin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. “Dao - xamma narsadan
ustun”, “ildiz”, “Er va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “si” esa moddiy asos, dao “de”
ni - fazilatni undan yaratadi. SHuningdek, “dao” yo‘l ma’nosini ham anglatadi. “dao de szin”ni
“Fazilat yo‘li” deb ham atash mumkin.
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning
vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini
o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz
baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. SHu sababli Lao-szi
nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili
“uvey” - faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz
faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga
mos faoliyat.
Ayni paytda, Lao-szining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi,
faqat xalqning farovonligi uchun ishlatadi; “Xalqning bilimi kuchli bo‘lsa, uni boshqarib
bo‘lmaydi. Uning emagini Totli, kiyimini chiroyli, uy-joyini tinch, hayotini quvonchli qilish
kerak”. Ana o‘shanda, ya’ni ilm fan taraqqiy etmasa, sivilizatsiya kirib kelmasa, bir davlat