Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Somirliklar
erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy 
qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal 
“Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan 
Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining 
tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida 
himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va 
adolatparvarligi bilan faxrlanadi. 
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida 
“Pxatotep o‘gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki 
yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli 
o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz etti nashatdan iborat mazkur 
pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi 
singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib 
qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik davri talablarini chetlab o‘ta 
olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi 
sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, 
xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan 
bir nechaming yil keyingi qadimgi YUnonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos 
bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, 
Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega 
ekanini anglash mumkin. 
Qadimgi 
Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik 
dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin