15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 226
Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi;
– ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy
va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
– uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
– to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga
bolta uradi;
– beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyokarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning ongiga
singdirishga qaratiladi;
– oltinchidan, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga
olib keladi.
Ko‘rinib turibdiki,g‘oyaviy-ma’naviy tahditlar dunyoning barcha mamlakatlari, xalqlari hayotiga
daxildor masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi
qaratilishidan qat’iy nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak.
Dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini
ochib bermokda. Birok ayrim g‘arazli kuchlar shunday ham murakkab bu jarayonni yanada
keskinlashtirish, obrazli qilib aytganda, tinik suvni loyqalatib, istagancha baliq tutishga
intilmoqda. Jumladan, hamisha zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan katta boylik orttirib kelgan
kuchlar mana shunday taloto‘plardan foydalanib, “ommaviy madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib
etayapti.
Jumladan,
bunday kuchlar o‘z niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurolli vositalardan foydalanibgina qolmasdan, balki demokratiyani yoyish shiori ostida axborot xurjlari orqali harakat qilishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda axborot- telekommunikatsiya