Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə400/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
239 
changiy, yor-yor, qo‘shiq) masalalariga alohida to‘xtaladi, xalq qo‘shiqlarining sakkiz turi 
haqida ma’lumot beradi: tuyuq, changi-turkiy, arzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va boshqa. 
Navoiyning adabiy-estetik qarashlarida san’atkor inson ma’naviy ehtiyojiga, insof va adolatning 
barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, 
hissi va didiga ta’sir ko‘rsatishi kerak, degan g‘oya ilgari suriladi. XX asr estetik nazariyalari 
an’anaviy qarashlarga kam tayanadi. Intuitivizm A.Bergson (1859-1941), Andre Malro (1901-
1976) badiiy ijodning noratsional asoslariga e’tibori bilan ajralib turadi. Ekzistensializm J.P.Sartr 
(1905-1980), Alber Kamyu (1913-1960) estetikasida insonga e’tiborni, san’at fenomenini inson 
taqdiri bilan bog‘lab qarashni ko‘rishimiz mumkin. Strukturalizm Roman YAkobson (1896--
1982), Rolan Bart (1915-1980) san’at asarini tahlil qilar ekanlar struktura, belgi, element, 
funksiya tushunchalarini ishlatadilar. Masalan, strukturalizm tas-viriy san’at asarini o‘rganar 
ekan, unda geometrik kompozitsiyalarni, guruhiy holatlarni, tasvirlangan shakllarni bir-biri bilan 
va asarning foni bilan munosabatiga e’tibor qaratadilar.
Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning muqobillari 
Estetika falsafiy fanlardan biri sifatida o‘z kategoriyalarini ishlab chiqqan bo‘lib, ulardan 
asosiylari – go‘zallik, ulug‘vorlik, fojialilik, kulgililikdir. Estetika fanining barcha muammolari 
aslida go‘zallik muammosi bilan muayyan darajada bog‘liqdir. Go‘zallik nafosat olamining 
mag‘zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil qiladi. Har qanday estetik 
muammoning echimini topganimiz sari go‘zallik yanada yorqin namoyon bo‘lib boradi. Estetik 
munosabatlarni estetik ob’ekt va estetik sub’ekt tabiatini in’ikos etish bilan birga go‘zallikning u 
yoki bu tomonlari ham mushohada etiladi. 
Go‘zallik
– bu asosiy estetik qadriyat bo‘lib, uni idrok 
etish qobiliyati esa estetik sub’ektning asosiy xossasidir. Bu xususiyat estetik ong va uning 
asosiy qismlariga ham taalluqlidir. 
Estetik his-tuyg‘u,
eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. 
Estetik orzu
esa 
go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi. 
Estetik did
bo‘lsa ko‘p 
jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xunuklik sifatida idrok etishida 
namoyon bo‘ladi. 
Estetik qarashlar
go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi. 
a) Mutafakkirlarning aytishlariga qaraganda, go‘zallik haqida fikr yuritish va uni bayon 
qilish nihoyatda murakkab va mashaqqatli jarayondir. Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan 
narsani ko‘rsatish oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanligini tushuntirib berish qiyin. 
Go‘zallikning tabiati va mohiyati haqida juda ko‘p fikr-mulo-hazalarning mavjudligi uning 
murakkabligi, ko‘p qirraligidadir. Ilmiy tushunchalar tizimida ham go‘zallik muammosini 
tushuntirish ancha qiyin. SHuning uchun go‘zallik muammosiga falsafiy yondoshish zarur. 
Qadimgi yunon faylasufi Platon bu muammoni ilk bor «Nima go‘zal?» va «Go‘zallik 
nima?» degan savollarga ajratish bilan tarixga go‘zallik haqidagi falsafiy ta’limotning asoschisi 
bo‘lib kirgan edi. Go‘zallikni u jonli, hissiyotli, o‘zgaruvchan narsalar olamidan ajralib qolgan 
abadiy ruh - g‘oya sifatida ta’riflaydi.
Go‘zallik tuyg‘udan yuqoriroq tabiatga ega bo‘lgani uchun uni faqat aql vositasida 
anglash mumkin. Go‘zallik haqidagi bu «Platon yo‘nalishi» F.Akvinskiy, Gegel ijodida davom 
ettirildi. Gegel fikricha, mutlaq ruh–g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir, san’at 
go‘zallikning asl makonidir, go‘zallik bu aniq turdagi hodisalar kamolotining namunasidir, ya’ni 
go‘zallik mukammallik va kamolot bilan bog‘liqdir. “SHunday narsa go‘zalki, agar undagi 
tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa, shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy 
fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan tarzda ko‘rinsa”. Ingliz faylasufi D. YUm fikricha, 
go‘zallik narsalar sifatini bildirmaydi, balki narsalarni mushohada qilayotgan inson ruhi 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin