Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə403/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
242 
San’atdagi go‘zallik, uning badiiy qimmati hayotni haqqoniy tasvirlash, gumanistik 
g‘oyalarni ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.
Voqea-hodisalarning ob’ektiv estetik ahamiyatini ifodalovchi qadriyat sifatida go‘zallik 
sub’ektiv estetik baholash orqali, kishilarning didi va ideallari vositasida qabul qilinadi. Estetik 
tarbiyaning muhim vazifasi-kishilarda haqiqiy go‘zallikni tushuna olish va qabul qilish 
qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdir. 
Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada 
«ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida 
uslubini tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr 
notig‘i Longin yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq 
go‘zalligi bilan bog‘lanib ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u 
insonga his-tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi. 
XVII asr ingliz olimi E.Byork fikricha, ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai-dahshat yoki 
shunga o‘xshash tuyg‘ular ko‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir. Byork 
ulug‘vorlikni insonga his-tuyg‘uli ta’sir o‘tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo‘lgan 
qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi: Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, 
ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining vujudga keltiradi. 
Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami 
bilan farq qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi. 
I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi 
manfaatdan xoli bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik 
tasavvurlarini o‘zida mujas-samlashtirgandir. 
Ular o‘rtasidagi farqlar: agar go‘zallik sifatdan olingan qoniqish orqali vujudga kelsa, 
ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik 
esa goh o‘ziga tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi. 
CHernishevskiy fikricha, ulug‘vorlik tabiiy hodisalarga ham xos estetik tushunchadir. 
Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob 
va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir. 
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. Tabiatda ulug‘vorlik timsollari: 
okeanlar, osmon, dengizlar, sharsharalar, tog‘lar. Ularning umumiyligi-ulkanligida, keng 
ko‘lamligida. Ulug‘vorlik quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini 
uyg‘otadi. 
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qo‘shilib ketadi, ularni 
alohida-alohida mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir. 
Fidoyilar, qahramonlarning qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni 
namoyon qiladi. 
Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning 
tabiat ustidan hukmronligi – yaqin kunlargacha ulug‘vorlik timsoli sifatida in’ikos etilardi. 
Bunday munosabat ekologiya buzilishi, Orolning qurishi, kishilar sog‘lig‘ining yomonlashishiga 
olib keldi. 
Tabiat ustidan hukmronlik qilish emas, balki u bilan hamohang bo‘lish, ijtimoiy faol, 
tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni. 
Ulug‘vorlik san’atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san’atning asosiy 
mavzularidan biridir. Qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik musiqa asarlari, 
me’morchilikda ulug‘vorlik turlicha tasvirlanadi. 
Me’morchilikda ulug‘vorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Me’morchilikda ulug‘vorlik 
faqat miqyos o‘lchovi bilan o‘lchanmaydi. Masalan, ayrim obidalar o‘zlarining keng ko‘lami 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin