17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
259
insoniylashtirish esa,
birinchidan, san’atkor vositasida ro‘y beradi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
inson qiyofasi tasvirlanmagan esa-da, asar hujayrasiga singdirilgan
inson ruhi uni ichdan
nurlantirib, ranginlantirib turadi.
San’atning insoniylashtirish vazifasi bu bilan cheklanmaydi. U yana o‘z badiiy qiyofalari,
manzaralari, rangi, ohangi v.h. bilan idrok etuvchi qalbini yumshatadi, uni muruvvatli, shafqatli,
diyonatli bo‘lishga da’vat etadi. YA’ni o‘zining forig‘lashtirish qudrati bilan odamdagi hayvoniy
xislatlarni yo‘qotishga va uni insoniylashtirishga xizmat qiladi.
Forig‘lantirish - san’atning asosiy vazifasi.
Forig‘lantirish nima ekanini,
uni dastlab
Arastu san’atga nisbatan qo‘llaganini biz avvalgi boblar orqali yaxshi bilamiz. Qo‘shimcha qilib
shuni aytish mumkinki, san’atning bu vazifasi muayyan badiiy asarni idrok etish mobaynida ro‘y
beradi. Uni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin. Dastavval haqiqiy san’at asari inson
qalbini ochadi, kalit vazifasini o‘taydi. Keyin uni tozalaydi – poklaydigan ma’naviy
modda
vazifasini o‘taydi. Undan so‘ng, uchinchi galda,
ochilgan va barcha mayda, g‘arazli, salbiy
hislardan tozalangan qalbni yuksak tuyg‘ular, ulug‘vor intilishlar, buyuk orzular bilan to‘ldiradi,
o‘zingiz hali yaxshi ilg‘ab etmagan, ma’naviyatga bo‘lgan ichki bir
botiniy-ruhiy tashnalikni
qondiradi. San’atning «ruh ozig‘i» deb atalishi ham shundan. Aynan ana shu vazifa san’atdagi
boshqa barcha vazifalarning amalga oshuvini ta’minlaydi, forig‘lantirish vazifasini bajarmagan
asar – san’at asari emas.
Dostları ilə paylaş: