18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
276
shart bo'lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta'sir
etishning psixologik jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izoxlash
mumkin.
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
277
1. Sezgilar.
Aytish mumiknki, mana shu 5 ta sezgi ilg'amagan narsani ong osti ilg'ash
qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg'ular hotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularningg
hammasini ajrata olmaymiz. Zero kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang
bo'lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7 tasinigina ajrata olamiz xolos.
2. Kuzatish.
Bu
borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko'rsatish mumkin. Shuning uchun ham
mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo'ladigan joylar (bozorlar, ko'chalar va hokazo)ga
o'rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda
mahsulotga bo'lgan qiziqish reklamada ko'rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3. Tashviqot.
Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta'sir qilishni kiritish mumkin.
Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko'ngilochar maskanlarda qo'yiladigan musiqalarda ham
haridorlarni chorlash maqsadi ko'zlanadi.
4. Yashirin kadr orqali ta'sir qilish.
Insonning ong
osti xislariga yashirin ta'sir qilish xususan 25-kadr ko'pchilik davlatlar tomonidan ta'qib ostiga
olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo'lda
ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo'l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki
seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo'shningni o'ldir!” shaklidagi yashirin kadr
bilan ta'sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo'l urishi mumkin ekanligini tibbiyot
psixologiyasi isbotlab berdi. Yuqorida ko'rsatib
o'tilgan 4 ta jihatga e'tiborsizlik bugungi kunda
tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e'tirof
etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga
olib
keladi.
Bu
borada
birinchi
Prezidentimizning “Yuksak ma'naviyat –
yengilmas
kuch”
asarlarlarida
“Tabiiyki
“ommaviy madaniyat” degan niqob ostida
axloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm,
egotsentrizm g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa
xalqlarning necha ming yillik an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlariga
bepisandlik, ularni qo'porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay
qo'ymaydi”- degan purma'no hikmat bor. Endi ikki og'iz so'z “ommaviy madaniyat” haqida.
Uning kelib chiqishi, ta'siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi
|