-
140 -
X BOB. KORPORATIV MOLIYADA XORIJIY
KAPITALNI JALB ETISH
10.1. Korporativ tuzilmalarga xorijiy bank
kreditlarini jalb etish
Bugungi kunda mahalliy korxonalarda oʻrta
yoki uzoq muddatli
davrlar uchun ma’lum qiymat asosida moliyaviy resurslarni yetarli da-
rajada jalb qilish muammoli holat hisoblanadi. Mazkur muammoni hal
qilish usullaridan biri sifatida xorijiy kapitalni jalb qilishni keltirish
mumkin.
Xorijiy kapitalni jalb qilish shakllari xilma-xillikka ega. Bugungi
kun amaliyotida keng miqyosda qoʻllanilayotgan shakllar sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
- xorijiy bank kreditlarini jalb qilish;
- qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qogʻozlarni xorijda
joylashtirish;
- aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish va boshqalar.
Xorijiy kapitalni jalb qilishning keltirib oʻtilgan usullari xususida
qisqacha tavsif berib oʻtamiz.
Bugungi kunda kompaniyalar loyihalarni amalga oshirish uchun
xorijiy banklardan uzoq muddatli kreditlar jalb qiladi.
Xorijiy kreditlarning keng tarqalishi zarur
miqdordagi moliyaviy
resurslarni nisbatan past foiz stavkalarida jalb qilish imkoniyati bilan
izohlanadi. Xorijiy banklar tomonidan odatda, suzib yuruvchi foiz
stavkalari qoʻllaniladi. Bunda asos sifatida ba’zi indikativ har kunlik
oʻzgaruvchan stavkalar, masalan LIBOR (
London Interbank offered
rate –
London banklararo oʻrtacha foiz stavkasi), PIBOR (
Paris
Interbank offered rate –
Parij banklararo oʻrtacha foiz stavkasi),
AQSH bazis stavkasi (
prime rate
)
va boshqalar olinib, ularga
individual mukofot summalari qoʻshiladi. Bankning individual
-
141 -
mukofot miqdori 0,5 foizdan 5 foizgacha amal qiladi. Har qanday
korxona xorijiy kreditlar olish uchun xorijiy bankka yoki uning
vakolatxona, boʻlinma, filiallariga murojaat qilishi mumkin. Banklar
hududiy joylashuvidan qat’iy nazar
qarz olish uchun quyidagi
majburiy talablar amal qiladi:
- moliyalashtiriladigan loyihaning asoslangan biznes-rejasi mav-
judligi;
- xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar taqdim
etish;
- dunyoga mashhur, masalan “katta toʻrttalik”ka kiradigan audi-
torlik tashkilotlari xulosalari;
- yuqori darajadagi rentabellik va qat’iy belgilangan moliyaviy
koʻrsatkichlarning ta’minlanganligi;
- korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
va tashkiliy tuzilishining
shaffofligi va boshqalar.
Qayd etib oʻtish kerakki, hozirgi kunda aksariyat xorijiy banklar
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dunyoga mashhur boʻlgan
korxonalargagina kredit ajratishga tayyor.
Xalqaro amaliyotda xorijiy kreditlar sindikatli kreditlar shaklida
jalb qilinadi. Qarz oluvchiga taqdim etiladigan sindikatli kreditlar
xorijiy kreditlar amaliyotida ham risklarni kamaytirish imkonini
beradi. Bu jarayonda qarz taqdim etish toʻgʻrisidagi arizani qabul
qilgan bank shakllantiriladigan sindikatni boshqaradi. Bunday kredit
qiymati foiz stavkasidan tashqari odatda umumiy kredit summasining
0,5 foizidan 2 foizigacha miqdorda belgilanadigan sindikat komissiya
toʻlovini ham oʻz ichiga oladi. Moliyalashtirishning
mazkur shakli
keng koʻlamli loyihalarni amalga oshiruvchi yirik qarz oluvchi
kompaniyalar uchun juda qulay. Xorijiy ekspertlarning baholashi
boʻyicha dunyo miqyosida 80 foizga yaqin yirik loyihalar aynan
sindikatli kreditlardan foydalanish orqali moliyalashtiriladi.
Sindikatli kreditlarga misol sifatida “Gazprom” OAJ tomonidan
“Sibneft” OAJni sotib olish uchun jalb qilingan 13,091 milliard
AQSH dollari miqdoridagi kreditni keltirishimiz mumkin.
Bunda
kredit Dresdner Bank va ABN Amro bank boshchiligidagi oltita bank
-
142 -
sindikati tomonidan uch va besh yil muddatga mos ravishda LIBOR +
0,7% va LIBOR + 0,75% stavkalarda taqdim etilgan edi.
Umumiy holda xorijiy kreditlarning afzalliklari sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
- foiz stavkalarining ancha pastligi va kreditdan foydalanish
muddatining uzoqligi (3 yildan 10 yilgacha);
- garov sifatida debitorlik qarzlari yoki eksport shartnomalari
boʻyicha tushumlardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
- xorijdan mablagʻ jalb qilishning boshqa shakllariga nisbatan
taqqoslaganda rasmiylashtirish qiymatining yuqori emasligi va
boshqalar.
Xorijiy banklardan kreditlar jalb qilishning kamchiliklari sifatida
esa quyidagilarni keltirish mumkin:
- koʻp sonli talablar va
kelishuvlarning amal qilishi;
- valyuta riskining yuzaga kelishi;
- xalqaro yuridik me’yorlarga asoslanuvchi huquqiy tartiblarga
asoslanishi va boshqalar.
Ta’minot taqdim etish zarurligi va qarzni boshqarishning qulay
mexanizmi mavjud emasligi xorijiy bank kreditlari bilan bogʻliq
boʻlgan salbiy holatlardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: