2.Jonli mehnat xarajatlari. Ular o`zi uchun yangi
qiymatni yaratadi, V harfi bilan belgilanadi.
•
3.Buyumlashgan va jonli mehnat uyg`unlashishi
natijasida jamiyat uchun qo`shimcha qiymat yaratiladi.
U m harfi bilan belgilangan.
Xo`jaliklarda amalga oshirilayotgan xarajatlar
ma'lum maqsadni hal etishga qaratilgan. Shundan
kelib chiqqan holda ular quyidagicha
guruhlashtirilgan:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga
kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari (ish haqi);
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq
asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga
olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan
xarajatlar:
a) mahsulotni sotish bilan bog`liq xarajatlar;
b) korxonani boshqarish xarajatlari (ma'muriy sarf-
xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3.Xo`jalik yurituvchi sub'ektning umumxo`jalik
faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab
chiqishda xo`jalik yurituvchi sub'ektning
moliyaviy faoliyati bo`yicha hisobga olinadigan
xarajatlar.
4.Favqulodda zararlar, daromad (foyda)dan
olinadigan soliq to`langunga qadar foyda yoki
zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
• 2. Xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi
• Qishloq xo`jaligida mahsulot etishtirish, ish va
xizmatlarni bajarish uchun qilinayotgan barcha
xarajatlar iqtisodiy mazmunga, maqsadga,
hisobot ob'ektiga hamda shakllanish
manbalariga ko`ra, quyidagi elementlarga va
moddalarga guruhlashtirilgan. Iqtisodiy
mohiyatiga ko`ra, bir xil xarajatlar xarajat
elementlarini, bir nechta xarajat elementlari
xarajat moddalarini tashkil etadi. Demak, xarajat
moddalari xarajat elementlariga nisbatan
kengroqdir.
|