79
v) talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar,
shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri
amalga oshirilganda;
g)
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya
balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda;
d) buxgalteriya xodimining aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti
tuzilganda;
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir
boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar talablari buzilganda.
33. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar
hisoblanadi:
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining
buzilishi;
b) mansabdor shaxslardan ular etkazgan zarar summasini o‘z vaqtida undirib
olmaslik;
v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa
buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga
taqdim etish muddatlarining
buzilishi;
g) bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlar hamda elektron
to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik
arxivlash tartibi uchun.
Bosh buxgalterlarning tartib-intizomi, moddiy
va jinoiy javobgarligi
amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi. Bunda bosh buxgalter
bo‘ysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank tomonidan intizomiy
javobgarlikka tortilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: