129
-
bank ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayo’ni);
-
buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari;
-
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatиnи amalga oshиrиsh paytиda qonunchilik
talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari;
-
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lashning
to‘g‘riligini tekshirish natijalari;
-
aktivlarning butligini tekshirish natijalari;
Tijorat banki ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi
axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-
ichki nazorat tizimining bank faoliyatining miqyo’slari
va xususiyatiga
muvofiqligi umumiy bahosi;
-
auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining bank
faoliyatining miqyo’slari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari bayo’ni.
Banklarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish
natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan
tartibiga rioya qilinishini baholash;
-
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotni tayyo’rlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayo’ni.
Bank tomonidan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini
amalga oshirish paytida
qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni
o‘z ichiga olishi kerak:
-
tijorat banki amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining
qonunchilikka muvofiqligini baholash;
-
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, bank amalga oshirgan
moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarning qonunchilikka
jiddiy nomuvofiqliklari
bayo’ni.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi va to‘lashning to‘g‘riligini
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
130
-
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar to‘g‘riligining bahosi;
-
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan
tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga
chiqishlar bayo’ni.
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va
o‘z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
olishi kerak.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan
chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf
etishga doir tavsiyalarini,
shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy- xo‘jalik faoliyati
samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o‘zi ichiga olishi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotini tuzganlik uchun qonun hujjatlariga
muvofiq javobgar bo‘ladi. Auditorlik hisobotida keltirilgan axborot maxfiy
hisoblanadi va oshkor etilmasligi kerak. Ammo qonunchilik hujjatlariga asosan
tijorat banklari va auditorlik tashkilotlari o‘rtasidagi shartnomalarda auditorlik
hisobotini Markaziy bankga taqdim qilishni cheklovchi moddalar bo‘lmasligi
lozim. Axborotni oshkor etganlik uchun ushbu axborotdan
foydalana oladigan
shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa
moliyaviy axborot qonun hujjatlariga, shuningdek, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining
haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga asoslanishi ko‘rsatilishi
kerak. Shuningdek auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun etarlicha asoslar
berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig‘i berilishi kerak.
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining
tekshirilgan moliyaviy-hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy- xo‘jalik
faoliyatining haqiqiy holati to‘g‘risida haqqoniy tasavvur
berish- bermasligi va
moliyaviy hisobot qonun hujjatlariga muvofiqligi yo’ki muvofiq emasligi
xususidagi fikri ravshan bayo’n etilishi kerak.