Bank hisobi, tahlil va audit


Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni, ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

1.3. Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni, ahamiyati. 
Bank hisobi, tahlil va auditning banklar faoliyatida o’rni
 
buxgalteriya 
hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning 
aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi 
investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va 
boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari 
uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali 
axborot olishni ta’minlaydi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi 
o‘rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga 
bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari 
to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan 
vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi. 
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati 
tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan 
buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan 
taqiqlanadi. 
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan 
bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning 
avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi 
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el 
valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha 
operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin. Ish 
hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga 
olgan holda tashkil etilishi lozim. SHuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi 
buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy 
nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda 
mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.


19 
Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter 
tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mas’ul 
ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan 
hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari 
yuklatiladi. Hisobvaraqlar xodimlar o‘rtasida bank ichki tartib qoidalari asosida 
operatsiyalar hajmi, mijozlar turi va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda 
taqsimlanadi.
Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga 
yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi 
hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muhrlari va bur 
chakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi 
ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan 
va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va 
qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan 
yuritilishi lozim.
Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo‘lishi kerakki, 
bunda mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muhrlari, shtamplari, 
hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmasligi lozim. 
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga 
ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning 
vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu 
haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi. 
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni 
buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal 
qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va 
yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi 
hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank 
bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining 
buyrug‘iga ko‘ra uning o‘pinbosapiga topshiriladi.


20 
Mijozlarning bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlari hamda 
boshqa murojaatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib 
chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e’lonlar osib qo‘yish yo‘li bilan mijozlarga 
ma’lum qilinishi lozim. 
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda 
balans va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga 
o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart. 
Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan banklarning 
buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi 
mumkin. 
Bank hisobi, tahlil va audit fanining banklar faoliyatida o’rniva ahamiyatini 
o’zlashtirishda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
-
bank amaliyot kuni - bank ish kunining bir qismi bo‘lib, bankka kelib 
tushgan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va 
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt; 
-
bank buxgalteriya apparati - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, 
bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o‘tkazish hamda hisob 
registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan 
shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi;
-
bank ish kuni - qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o‘rnatilgan ish 
vaqti; 
-
bank operatsiyalari ichki nazorati (bundan keyingi o‘rinlarda ichki nazorat 
deb yuritiladi) - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank 
operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, 
samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning 
ishonchliligini ta’minlash tizimi; 
-
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim 
bo‘lgan tartib yoki qoida bo‘lmasdan, balki u bankning barcha bo‘g‘inlarida kunlik 
bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan 
bank faoliyatining ajralmas qismidir. 


21 
Ichki nazorat o‘z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy 
nazoratga bo‘linadi; 
-
bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati;
-
buxgalteriya hisobi registrlari - ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar 
qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
-
Bek-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki 
nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan 
o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan 
o‘tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan 
o‘tkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish 
va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat. 
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi. U, mijozlar 
operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis bilan, 
bankning ichki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks 
ettirish bo‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bo‘ladi. 
-
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u o‘z navbatida bank 
rahbariga bo‘ysunadi; 
-
dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan 
operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash 
bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat; 
-
yordamchi kitob - bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy 
hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha 
yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar; 
-
joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki 
mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka 
mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat 
pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini 
tekshirishni ham o‘z ichiga oladi;


22 
-
mas’ul ijrochi buxgalter - mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki 
nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi 
buxgalter; 
-
bank xizmatlari ofisi - bank filiali binosidan tashqarida joylashgan va 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli normativ-huquqiy 
hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi. Bank 
xizmatlari ofisi turli xil nomlanishi ("Minibank", "Chakana xizmatlar markazi", 
"Bank xizmatlari markazi" va boshqalar) mumkin;
-
nazoratchi buxgalter - mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki 
nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazib 
amalga oshiruvchi buxgalter; 
-
Front-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita 
muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar 
guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi. 
-
Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig‘i hamda bank ichki faoliyati 
bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning qonunchilikka mos 
ekanligini aniqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan 
iborat; 
-
yakuniy nazorat - amaliyot kun tugagandan so‘ng, keyingi bank ish kunidan 
kechikmagan holda bankda amalga oshirilgan barcha bank operatsiyalarini 
buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini, shu jumladan birlamchi hujjatlar 
asosida o‘tkazilganligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladigan nazorat;
-
Banklar faoliyatini izchil, chuqur va ilmiy asoslangan ravishda uzluksiz 
tahlil etib borish, ular faoliyatining barqarorligini ta’minlash muhim iqtisodiy 
masalalardan bir bo’lib qolaveradi va ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha 
iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq zarur bo’ladi. 
Buning uchun esa eng avallo bankning mohiyati, bajaradigan vazifalari, ushbu 


23 
vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank faoliyatiga tegishli 
jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish uchun lozim bo’lgan 
mablag’lar va ularning manbalari, o’z mablag’lari hamda majburiyatlari tarkibi, 
ular o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalari, ushbu mablag’larni samarali 
yo’naltirish, bankning likvidliligi, to’lov qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar 
chuqur o’rganilishi zarur. 
Banklarni audit qilishda asosiy vazifalardan biri moliyaviy faoliyatni va 
boshqaruv sifatini to‘la tahlil qilish hisoblanadi. Shu bilan birga oxirgi yillarda 
bank kredit portfeli sifatida o‘zgarishlarni aniqlash bank boshkaruvchilarining 
likvidlilik, ishonchlilik va daromadlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash qobiliyatini 
aniqlashga imkon beradi. Bank moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun
bank balansi va balansdan tashqari moddalaridagi aktiv va passivlariga bog‘liq 
likvidlilik, to‘lov qobiliyati va risklar to’g’risida ishonchli ma’lumot berishdan 
iborat.
Ijobiy audit xulosasi bankka bo’lgan ishonchni oshirib, uning imidjini 
oshiradi, mijozlar sonini ko’paytirib, bank samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi. Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkinki, “Bank hisobi, tahlil va 
audit” fanining banklar faoliyatida ahamiyati juda katta va beqiyos hisoblanadi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin