Prezident maktabi testlari kanali http://t.me/pmtests Prezident maktabi ingliz tili testlari kanali http://t.me/pmtests_english 19-mart 2023-yil
A daraja
“ASSESSMENT DEVELOPMENT" LC, “CURIOSITY” LC, “PERFECTO ACADEMIA” LC 10
16. Nodir va Farruh bir-birlariga faqat 0 va 1 raqamlar ketma-ketligidan foydalangan holda
xabarlar yuboradilar. Ushbu tizimda alifboning har bir harfi o'z kodiga ega.
Quyida bir nechta harflar va ularning kodlari berilgan:
A=10 B=11 K=101 M=100 T=111 U=010
Nodir yuborgan xabarning har bir harfi mos kod bilan almashtirilganda, quyidagi natija hosil
bo'ldi: 100101011111011
Xabar quyidagi qaysi so’zni bildiradi?
A) MAKTUB B) MAKTAB C) BUTKA D) MATYUK
17. Bir xonada 3 ta eshik bor va ulardan biri xazina sandig'iga olib boradi. Shuningdek, 3 ta
kalit bor, lekin ulardan faqat bittasi xazina sandig'ini ochishi mumkin. Har bir eshikda bitta
to'g'ri va bitta yolg'on bayonot yozilgan. Eshiklardagi bayonotlar:
1-eshik: Xazina 2-eshik ortida. 3-eshik qulflangan.
2-eshik: 1-eshik qulflangan. Xazina bu eshik ortida emas.
3-eshik: Xazina 1-eshik ortida emas. 2-eshik qulflangan.
Agar faqat xazina bor eshik qulflangani ma’lum bo’lsa, xazina qaysi eshik ortida?
A) 1-eshik
B) 2-eshik
C) 3-eshik
D) Aniqlab bo’lmaydi
18. Korxonada 3 ta qorovul navbatchilik qiladi. 1-mart kuni Akrom navbatchilik qildi. 2-mart
kuni Xolid navbatda edi. 3-mart kuni Sherzodning navbati bo’ldi. Agar qorovullar shu
tartibda navbatchilik qilishsa, 19-martda kimning navbati bo’ladi?
A) Akromning B) Xolidning C) Sherzodning