Prezident maktabi testlari kanali
http://t.me/pmtests
Prezident maktabi ingliz tili testlari kanali
http://t.me/pmtests_english
19-mart 2023-yil
A daraja
“ASSESSMENT DEVELOPMENT" LC,
“CURIOSITY” LC,
“PERFECTO ACADEMIA” LC
6
MUAMMOLI MASALALAR.
1.
Bargli choyning 1 kilosidan 400 piyola choy damlash mumkin. 1 kg eriydigan qahvadan
500 piyola kofe tayyorlash mumkin. Ko’rgazmani tomosha
qilish uchun kelgan har bir
mehmonga bir piyola kofe yoki choy taklif qilinadi.
Bir oylik ko’rgazma davomida mehmonlar uchun 3 kg choy va 4 kg qahva damlangan bo’lsa,
ko’rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar soni quyidagilarning qaysi biriga teng bo’lishi
mumkin?
A) 3200 B) 3100 C) 3000 D) 2900
2.
Bog’dagi atraksionga faqat 14 yosh va undan kattalar chiqishi mumkin. Aziz, Elyor,
Ikrom, Omad va Umid ushbu atraksionga chiqishni xohlashdi.
Aziz 9-sinfda o’qiydi. Elyor va Ikrom 4-sinfda o’qishadi. Omad 8-sinf. Umid esa Aziz bilan
sinfdosh. Agar o’quvchi 1-sinfga 7 yoshida qabul qilinishi ma’lum bo’lsa, ulardan nechtasi
atraksionga chiqishi mumkin?
A) 5 B) 3 C) 2 D) 1
3.
Mashina 1 litr benzin bilan kamida 10 km va ko’pi bilan 14 km masofani bosib o’tadi.
Mashinaning benzin iste’moli yo’lning holatiga, tirbandlik bor-yo’qligiga qarab shu oraliqda
o’zgaradi.
Karim 280 km masofaga aniq yetib borishiga ishonch hosil qilishi uchun mashinaga kamida
qancha benzin quyishi kerak?
A) 20 litr B) 24 litr C) 28 litr D) 30 litr
4.
Muzey soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
Nodir talaba, u ertalab universitetda o’qiydi.
Tushdan so’ng soat 2:00 dan boshlab u chetellik turistlarga muzeyni tanishtiradi.
Har bir
tanishtirish 35 minut vaqt oladi. Agar Nodirga bir martalik xizmati uchun 20$
dan pul
berilsa, Nodir bir kunda ko’pi bilan qancha pulga ishlashi mumkin?
A) 80$ B) 100$ C) 120$ D) 140$