129
tushuntiriladi yoki 9 sonidan oldin 10
soni kelmaydi, 10 soni 9 sonidan keyin
kelishi tushuntiriladi. Demak, bu o‘yin orqali bolalar har bir raqamning o‘z o‘rni
bor ekanligini o‘zlashtirib oladilar.
Zamonaviy matematikada ,,son”, ,,figura”
va boshqa tushunchalarni
asoslashda to‘plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bolalarda
miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani
paydo qilishga sharoit yaratadi. Misol tariqasida mantiqiy harakatli o‘yinlardan
birini olish mumkin. Bunda bolalar ikki guruhga bo‘linadilar
va guruh sardorini
saylaydilar. Tarbiyachi bolalarga o‘yin qoidasini tushuntiradi, bunda sardor borib,
belgilangan doira ichiga shaklning bir qismini chizib qaytadi, navbatdagi bola
boshqa qismini, o‘yin so‘ngida berilgan namunadagi shakl chizilishi lozim, o‘yinni
shunday tashkil qilish kerakki, shaklning har bir detali guruhdagi bolalarga yetarli
tarzda bo‘lishi va oxirgi bola oxirgi detalni chizib tugatishi lozim.
Qaysi guruh
oldinroq chizib tugatsa, u guruh g‘olib hisoblanadi va bunda shaklning sifatiga
ham baho beriladi. O‘yinda «quyon» shakli tanlanishi mumkin.
Mana shu shaklni chizishda 2 ta guruhda 14 ta bola, ya’ni 7
tadan bola
ishtirok etadi. O‘yin oxirida suhbat uyushtiriladi. Savol-javob tashkil etilib, mana
shu quyon haqida qisqacha ertak yoki hikoya tuziladi. O‘yinni boshqacha tashkil
etish ham mumkin. Masalan, “mevalar” va “sabzavotlar”dan
iborat tarqatma
rasmlar orasidan guruhlar ularga topshirilgan ko‘rsatmaga binoan “meva” yoki
“sabzavot”ni topib, “doira” ichiga joylashtirib qaytishlari lozim bo‘ladi va har
safargidek har bir bola bittadan rasm qo‘yib kelishi kerak,
bu rasmlarda harflar
yoki sonlarni ifodalash ham mumkin. Bunday o‘yinlar uchun tanlagan u yoki bu
mavzu bola uchun a`limiy faoliyat davomida o‘rganilgan, o‘zlashtirilgan bo‘lishi
kerak. Sog‘lomlashtirish oylarida qo‘llash ham mumkin. Bunday mantiqiy
harakatli o‘yinlarni o‘ynash bola uchun faqatgina ijobiy samara beradi va nafaqat
aqlan, jismonan, ruhan rivojlanadi, balki bog‘lanishli nutqi ham shakllanib boradi.
Ta’limiy faoliyat sifatini oshirishda mantiqiy
masalalardan foydalanish
yaxshi natija beradi. Masalan:
1-masala:
Besh kishi o‘rtasida beshta olmani bo‘lish kerak. Ammo baribir
130
savatda bitta olma qolishi kerak. Buni qanday amalga oshirish mumkin?
Dostları ilə paylaş: