133
«Necha qoshiq gurunch qoldi?» - deb so‘raymiz. «Bir qoshiq, - deb javob beradi u.
Tekshirib ko‘rishni taklif qilamiz: Bola bilan birga gurunchni qoshiqqa (to‘ldirib)
solamiz. Gurunch 3 qoshiq chiqadi. Nega bunday bo‘ldi,
degan savol bolani
boshini berk ko‘chaga tiqib qo‘yadi, chunki u mazkur faoliyatni bajarishda
majburiy bo‘lgan ma’lum qonuniyatlarga amal qilamiz-da.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni shunday o‘qitish kerakki, uni o‘rab
olgan tabiat (borliq) u uchun tushunarli bo‘lsin. Ota-onalar bunda unga yordam
berib, muhim o‘zaro aloqalarni va o‘zaro bog‘lanishlarni ko‘rsatish, mulohaza
yuritishga, solishtirishga o‘rgatishi kerak. Ko‘pchilik ota-onalar bolalarini eng
oldin o‘ngacha, yigirmagacha va hatto yuzgacha sanashga o‘rgatadilar.
Ularni
ranjitishga to‘g‘ri keladi. Juda ko‘p holda bolalarning ota-onalari g‘ururlanadigan
bunday «bilim» lari foydasiz bo‘ladi, chunki bola bunda sonning nomini va
qatordagi taptibini mexanik ravishda yodlab oladi, odatda, bunda bolalarda sonlar
haqida tasavvurlar mavjud bo‘lmaydi. Bolani sanashga qanday o‘rgatish kerak?
Sanoq bola uchun ma’lum tartibda yodlab olingan so‘zlar majmuasi bo‘lmay, balki
sanash sonning mazmunini bilganlikka asoslanadigan bo‘lishiga qanday erishish
mumkin? Eng sodda va samarali metod predmetlarni qayta sanashdir. Buning
uchun maxsus mashg‘ulotlarni tashkil qilishning hojati yo‘q. Bolaning kattalar
bilan
muloqoti vaqtida, bolalar o‘yinlari vaqtida sanoq bo‘yicha mashqlar uchun
imkoniyatlar ko‘p. «Uy oldida nechta daraxt o‘smoqda? Gulpushtada nechta gul
ochilgan? Mashinalar turadigan joydagi qizil mashinalar nechta? Qutidagi qalamlar
nechta? Beshta tarelka, beshta qoshiq keltir. Nechta odam choy ichsa,
shuncha
piyola keltir (qo‘y)». Istalgancha kattalar bolalarga shunga o‘xshagan ko‘plab
savollar berishlari mumkin yoki shunday topshiriqlar berish mumkinki, ularni
bajarganda bolalar sanoq bo‘yicha mashq qilishsin. Ammo bolalarni predmetlarni
qayta sanashga o‘rgatishda ma’lum qoidalarga amal qilishga to‘g‘ri keladi: qayta
sanash vaqtida bola sonni tartibi bilan aytishi, har qaysi sonni bir predmetga mos
keltirishi, qayta sanashda ham birorta ham predmetni
qoldirmasligi va bir
predmetni ikki marta qayta sanamasligi kekrak. Qayta sanashda sonni predmet
surib quyilganda yoki qo‘l tekkandan keyingina aytish kerak. Aks holda bola
134
predmetni emas, balki o‘z harakatlarini sanashi mumkin. Shu qoidalarni yaxshi
o‘zlashtirib olganidan keyingina predmetlarni ularga qo‘l tekkizmay sanashi
mumkin. Sanash malakasini bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin
bilan
mustahkamlash mumkin. Boladan ko‘zlarini yumishini so‘rang, o‘zingiz esa bip
necha marta chapak chaling yoki bolg‘acha bilan stolni bir necha marta uring. Bola
ko‘zini ochib, siz necha marta chapak chalganingizni aytishi, miqdorini sanashi,
stolda qancha predmet turgan bo‘lsa, shuncha marta chapak chalishi, bolaning o‘zi
nechani o‘ylagan bo‘lsa, shuncha marta o‘tirishi yoki sakrashi, so‘ngra
shu sonni
aytishi, ular oldiga qo‘ygan predmetlaringizni sanashi, xonadagi bir xil
predmetlarni (stullarni, pardalarni, piyolalar, gullarni va boshqalarni) sanashi
mumkin.
Bola sanash ko‘nikmalarini o‘zlashtirganligini,
sanash operatsiyalarini u
qanchalik asosli bajarilishini qanday bilish mumkin? Buni amalga oshirish juda
oson. Masalan, tugmalarni, yong‘oqlarni yoki boshqa predmetlarni qatorga qo‘yish
yoki biror aniq rasm, geometrik figura shaklida yoyish va ular nechta ekanligini
sanashni so‘rash. Sanashni yaxshi o‘zlashtirgan bola uchun bu topshiriq hech ham
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki u bu sonni tashkil qiluvchi predmetlarning
qanday joylashganligiga bog‘liq emasligini biladi.
Dostları ilə paylaş: