Gorizontal chiziqlar orqali ishtirokchilaming, ya’ni buyurtmachi va tovar yetkazib beruvchilarning o ‘zaro munosabati ko‘rsatilgan. Savdoda ishtirok etuvchilar faoliyatini samaradorligini oshirishning eng qulay va sodda yo‘li bu — zamonoviy axborot texnologiyalarini qo'llash orqali, ushbu faoliyatni avtomatlashtirish va soddalash- tirishdir. Dastlab, ushbu jarayonlarni avtomatlashtirish va axborot- lashtirish potensial imkoniyatlarini ко‘rib chiqamiz, so‘ngra — ushbu jarayonlarning turli mamiakatlar buyicha qaysi bosqichdaligi, mutaxassislar to ‘qnashgan muammolar haqida aniq misollar keltiramiz. Tanlov hujjatlarini tayyorlash. Birinchi qadam eng oddiy echim- tanlov hujjatlarini tayyorlash uchun hujjat tayyorlashni avtomat lashtirish tizimini joriy etishdan iborat. Bu bir davlat buyurtmachisi doirasida muammoni hal ctsa, boshqa buyurtmachilar uchun esa, tanlovda ishtirok etish hujjatlarini yagonalashtirish (uniflkatsiya- lash) samaradorligini oshiradi. Masalan, bu asosiy shablon — maydonlardan tashkil topgan hujjatlar prototipini ishlab chiqish orqali amalga oshirilishi mumkin. Tanlov haqida e ’lonlarni nashr etish. Bunday turdagi e’lonlami nashr etishda, asosan, oddiy turdagi axborot vositalarida — gazeta, jurnal, ixtisoslashtirilgan ilovalarda nashr etiladi. Tovar yetkazib beruvchi ushbu axborotlarni topib, sotib olishi kerak bo‘ladi, ammo ushbu tanlov shartlari hali ularga to ‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi 107
noma’lum. Mol yetkazib beruvchilar uchun to ‘g‘ri keiadigan tanlovlami qidirish jarayonlarini avtomatlashtirishning amaliy ijrosi