1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   206
M.A.

4. Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi
yangi davr konsepsiyasi bo‘lib, firma nafaqat 
iste’molchini, balki atrof-muhit va jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda faoliyat yuritishi ko‘zda 
tutiladi. Batafsilroq tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, firma iste’molchi xohishi va talabidan kelib 
chiqib, mahsulot ishlab chiqardi, ammo ishlab chiqarish jarayonida juda ko‘p chiqindilarni oqar 
suvga yoki atrof - muhitga tashlab zarar keltirdi. Aynan bunday noxush holga qarshi ijtimoiy-etik 
marketing konsepsiyasi ishlab chiqildi, shuning uchun barcha tovar va xizmat turlarini taklif 
etuvchilar bu konsepsiyaga rioya qilishlari shart. 
Ijtimoiy-etik konsepsiya esa iste’molni ratsionallashtirish, ishlab chiqarishni gumanizatsiyalash va 
atrof-muhit ekologik sofligini saqlash aynan shu konsepsiyaning falsafa va maqsadidir. 
F.Kotler bu konsepsiyani qo‘llashning shartlarini quyidagilardan iborat, deb ta’kidlaydi. 

Firmaning asosiy maqsadi xaridorlarning turli talablarini qondirishda jamiyat mafaatlariga 
mos holda bu vazifani bajarishga yo‘naltirishdan iborat. Masalan, tungi klublarni, kazino 
kabi jamiyat manfaatlariga zid keluvchi va qonunan man etilgan xizmat turlarini taklif etish 
va h.k. 

Firma muntazam ravishda izlanishda bo‘lib xaridorlar uchun yangi, zamonaviy, barcha 
yoshdagi iste’molchilarning talabini inobatga olgan holda innovatsion tovarlarni yaratishi 
zarur. 

Iste’molchi bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lish orqali ularning potensial ehtiyoj va 
talablarini qondirish. 
Marketing konsepsiyalarining yuqorida keltirilgan tavsiflanishi bilan birga boshqa marketolog 
olimlarning ham bu borada o‘z fikr va mulohazalari mavjud. 
Masalan, S. Kolomiytsev marketing konsepsiyalarining 4 bosqichini ajratib ko‘rsatadi. 
1.
Tijorat yoki sotuv marketingi. 
2.
Funksional marketing. 


3.
Marketing bozor konsepsiyasining boshqaruvi sifatida. 
4-Axborotlashgan marketing. Bu tavsifda axborotlashgan marketing yangi bosqich bo‘lib, 
iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida juda muhim hisoblanadi. Axborotlar oqimining o‘sishi 
firmaga o‘z faoliyati jarayonida juda ko‘p omillarni nazarda tutgan holda o‘z istiqbol rejasini, 
strategiya va taktikasini ishlab chiqishini talab etadi. Bilimlar innovatsiyasi bugungi kunda 
firmaning rahbari, texnologi, moliyachisi, marketologi, muhandisi va boshqa xodim va ishchilari 
uchun juda muhim bo‘lib, har qanday axborotdan xabardor bo‘lish, chet el bozorlari, mahsulotlari, 
texnologiyalarini bilish, ularni qo‘llash firmaning raqobatdoshligini va afzalliklarini oshirish 
omilidir. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin