Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti talabasi ABDULLAYEV
MURODJON sotib olish
tamoillari fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu : Ulgurji va chakana savdo
Reja :
1. MARKETING VA UNI RIVOJLANISHINING ASOSIY
BOSQICHLARI
2. Ulgurji savdo
3. Chakana savdo
KIRISH
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot qaror
topdi. Jamiyat hayotida bozor munosabatlari va bozor iqtisodiyotining amal qilishi haqidagi
bilimlarga talab va qiziqish sezilarli oshdi. Hayotning o‘zi bozor haqida bilimlarni o‘zida jamlagan
va
shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan uyg‘unlashgan darslik va o‘quv
qo‘llanmalarni yaratishni kun tartibiga qo‘ydi. O‘quvchilar hukmiga taqdim etilayotgan “Marketing”
fanidan mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti talabalariga uzoq yillardan buyon o‘qitib
kelinayotgan “Marketing” o‘quv kursi doirasida shakllangan ma’ruzalar va o‘quv-uslubiy
ishlanmalarga tayangan holda va soha mutaxassislari, fanni o‘rganuvchilarning bildirgan fikrlarini
hisobga olgan holda tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanmaning tarkibi marketing fani va undagi bilim va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan
puxta o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib shakllantirilgan.
Shuningdek, jahondagi yetakchi
mutaxassislar va darsliklarda qabul qilingan mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan. Har bir
mavzuda uning o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga qaratilgan takrorlash savollari,
amaliy
topshiriqlar, tayanch iboralar elementlari keltirilgan. Bozorni o‘rganish, undagi qonuniyatlar,
tendensiyalar va yuzaga kelgan vaziyatlarni yoritish uchun o‘quv qo‘llanmada jadval, diagramma,
grafik, rasm va amaliy elementlardan keng foydalanilgan. “Marketing” o‘quv kursini chuqurroq
o‘zlashtirish uchun o‘quv qo‘llanmada o‘rganuvchilar e’tiboriga asosiy va qo‘shimcha
adabiyotlar
tavsiya qilingan.
O‘quv qo‘llanma kitobxonlar keng ommasini, birinchi navbatda talabalar, mutaxassislar,
umuman
bozor haqidagi bilimlar bilan qiziquvchilarni marketing sohasidagi muhim nazariy tushunchalar va
amaliy xatti-harakatlar bilan yaqindan, batafsilroq tanishtirishni ko‘zlagan.
Har bir mavzuni yoritishda marketing sohasida shakllangan nazariy bilimlar va jahon tajribasini
milliy iqtisodiyot bilan bog‘lashga harakat qilindi. Shu maqsadda
mustaqillik yillarida qabul
qilingan marketing sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat statistika qo‘mitasining davriy
statistik to‘plamlaridan foydalanildi.
O‘quv qo‘llanmani yozish jarayonida uning mazmuni Toshkent moliya institutida o‘qitilib
kelayotgan ta’lim yo‘nalishlarida amalda bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi.
Jumladan, mazkur o‘quv qo‘llanma institutning bakalavriat bosqichidagi 5230200“Menejment”,
5230300-“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil
olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Muhtaram o‘quvchi, qo‘lingizdagi kitob marketing o‘quv kursi
bo‘yicha tayyorlanganlik o‘quv qo‘llanmalaridan biri bo‘lganligi sababli ayrim kamchiliklardan xoli
bo‘lmasligi tabiiy. Shuning uchun muallif kitobning tuzilishi va mazmuni bo‘yicha bildiriladigan
xolisona mulohaza va takliflarni bajonu dil qabul qiladi va ularni kitobning
kelgusi nashrlarini
tayyorlashda albatta e’tiborga oladi.