1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


I bob. MARKETING VA UNI RIVOJLANISHINING ASOSIY



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
M.A.

I bob. MARKETING VA UNI RIVOJLANISHINING ASOSIY 
BOSQICHLARI 
1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati 


Marketing inglizchadan “market” – bozor, 
bozordagi harakat, faoliyat, ya’ni bozor faoliyatini 
o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing 
tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan 
faoliyatni o‘z ichiga oladi. Marketing murakkab, 
ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- korxonaning 
tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish 
hamda boshqarish shaklidir. 
«Marketing» ga «sotish» va «reklama qilish»dan 
ham ko‘proq aloqador boshqa muhim jihatlarini 
o‘rganish uchun velosipedni misol qilib olamiz. 

Hech kim velosiped minib tug‘ilmagan. 

Hech kim o‘zi uchun velosiped yasamagan. Balki 
biz uchun 
mashhur Schwinn, Performance, 
Huffy yoki Murray firmalari velosipedlarni yasaydi. Barcha velosipedlar bir xil vazifani bajaradi, 
ya’ni haydovchini manzilini yaqin qilish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga eltib qo‘yish. Lekin 
haydovchi turli xil model va dizayndagi velosipedlardan xohlaganini tanlashi mumkin.Velosipedlar 
odatda turli xil o‘lchamda, ayollar, erkaklar, bolalar, qariyalar uchun yoki ikki kishilik, savatchalik, 
4 oyoqlik, arzon, qimmat va hokazo bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi xilma – xilliklar velosiped ishlab 
chiqarish va sotishni chigallashtiradi. Shuning uchun velosiped ishlab chiqaruvchi kompaniya 
velosiped ishlab chiqarishdan oldin va keyin quyidagi ishlarni amalga oshirishi zarur. 
1.
Iste’molchilar ehtiyojini tahlil qilish. 
2.
Velosiped turini bashorat qilish. 
3.
Yaqin orada qancha odam velosiped haydashini baholash. 
4.
Odamlar qachon velosiped sotib olishini bashorat qilish. 
5.
Velosiped haydovchilari qayerda ko‘p bo‘lishi va ularni topish. 
6.
Velosiped sotib olish uchun odamlar qancha pul sarflashini taxmin qilish. 
7.
Ushbu kompaniya velosipedlarini mijozlarga tanishtrish uchun qanaqa aksiyalar o‘tkazish. 
SONY – COLGATE – 
SAMSUNG – NESTLE – ZARA 
– REXONA – GUCCI – 
MERCEDES BENZ – HP – 
MARS– COCA-COLA –ORBIT- 
GENERAL MOTORS –
PANASONIC – GOOGLE – APPLE- 
NESCAFE. 
Yuqoridagi brendlardan ko‘rinib turibdiki, biz 
kundalik hayotni «marketing»siz tasavvur qila 
olmaymiz. Marketing ba’zida hayotning siz 
o‘ylamagan jihatlarida ham sizga ta’sir qiladi. 


8.
Yana nechta raqobatchi korxona bor, ular qancha velosiped ishlab chiqaradi, turi va narxi 
qanday? 
9.
Agar mijozlar velosipedni sotib olgach muammolarga duch kelsa, ularga qanday qilib xizmat 
ko‘rsatish? 
Yuqoridagi harakatlar ishlab chiqarishning emas, balki kengroq jarayon, ya’ni – «marketing»ning – 
ajralmas bosqichlaridir.Yuqoridagi haraktlarni to‘g‘ri bajarish ishlab chiqarishni to‘g‘ri yo‘nalishga 
boshlab, faqat kerakli mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda o‘z mijozini aniq topishga 
yordam beradi. 
«Velosiped misoli»dan ko‘rinib turibdiki, «marketing» - «sotish» va «reklama qilish»dan ham 
ko‘proq muhim jihatlarni qamrab oladi. Marketing — mijozni kerakli tovar va xizmatlar bilan 
ta’minlashda «mijozni qanoatlantirish («Customer satisfaction)», ya’ni mijozning ehtiyoji, xohish va 
istaklarini qoniqtirish katta ahamiyatga ega. 
Marketingning ishlab chiqarishga qanday aloqasi bor? 
Marketing bugunda bozorga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati va fikrlash uslubi bo‘lib, o‘zining 
ijodiy yo‘nalganligi va agressiv xarakteri bilan farqlanadi. 
Ishlab chiqarish – muhim iqtisodiy jarayon hisoblanadi. Ko‘pchilik o‘zi istagan tovarini ishlab 
chiqara olmaydi, chunki unda «tajriba», «resurs» va «vaqt» muammolari mavjud. Marketingning 
ishlab chiqarishga ta’sirini juda ko‘pchilik haddan ziyod oshirib yuboradi. Masalan: «Zo‘r qopqon 
yarating va butun dunyo sizning eshiklaringiz tomon yo‘l topib keladi». Boshqacha qilib aytganda, 
siz ishlab chiqargan mahsulotlar zo‘r bo‘lsa, biznesingiz albatta muvaffaqiyatli bo‘ladi. Vaholanki, 
«ishlab chiqarish» va «marketing» biznesning muhim bo‘lagi hisoblanib, mijozlarning tovar va 
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni maqsad qiladi. Masalan, mijozlar xohishini o‘rganish 
natijasida Toyota kompaniyasi butun dunyoga muvaffaqiyatli biznesini davom ettirmoqda. Bundan 
tashqari «ishlab chiqarish» va «marketing» mijozlarga 5 ta iqtisodiy foydalilikni beradi: 
– shakl – vazifa – vaqt – makon – egalik huquqi. 
1.1-rasm. Mijozni qanoatlantiradigan iqtisodiy foydaliliklar 


Zamonaviy marketing bozor sharoitida murakkab ijtimoiy — iqtisodiy jarayon bo‘lib, unda 4 
muhim omil muntazam o‘zgarib turadi. Ular quyidagilardir: 

Marketing-tadbirkorlik faoliyatining o‘zaro ta’sir va muvofiqlashtirish falsafasi sifatida. 

Marketing-boshqarish konsepsiyasi sifatida. 

Marketing-raqobat sharoitida afzallikni ta’minlovchi vosita sifatida. 

Marketing-qaror qabul qilish usuli sifatida. 
Marketing faoliyati falsafasining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyati va biznesda asosiy e’tibor 
iste’molchiga qaratilishi kerak, degan fikrdan iborat. Haqiqatdan ham “Iste’molchi - shoh” degan 
shior bu falsafaning negizidir. Firma tovarlarining bozorda qabul qilinishi, iste’molchining uni tan 
olishi firma yutug‘ining garovidir. 
Marketingda eng asosiy narsa bu ikki va bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvdir. Bir tomondan bozorni 
har tomonlama o‘rganish, iste’molchilar ehtiyoji, talabi, xohishlarini o‘rganish, so‘ngra ishlab 
chiqarishni yo‘naltirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan marketingni qo‘llab bozor talabiga ta’sir 
ko‘rsatishdir. 
Marketing har bir mijoz uchun muhimdir. Chunki marketing kundalik hayotimizning har bir 
jabhasiga ta’sir qiladi. Siz boradigan do‘kon, sotib olayotgan har bir mahsulot, tinglaydigan radio 
yoki TV – bularning hammasi marketing tufayli! Marketingni o‘rganishning yana bir muhim jihati – 
siz xaridor sifatida marketing xizmatlari uchun pul to‘laysiz. 
Rivojlangan mamlakatlarda marketing sarflari har 1$ da 0.5$ni tashkil qiladi. Marketingni 
o‘qitishning yana bir boshqa jihati shundaki, hozirgi kunda marketing sohasida juda ham qiziqarli va 
daromadli mavqega ega bo‘lish mumkin. 
Marketing — tadbirkorlikning falsafasi va unsuri sifatida yuzaga kelishi turli nazariy va amaliy 
maktablarning xulosasidir. Marketing tadbirkorlar, menejerlar, turli mamlakatlar olimlarining har xil 
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyati natijasida rivojlanib boradi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin