Tovarni mukammalashtirish konsepsiyasi. Iste’molchilarni o‘rganish, ular xohish,
ehtiyojlarini, zaruratini, sotib olish imkoniyatlarini tahlil qilish asosida yangi tovarlar,
o‘rinbosar tovarlar, innovatsion tovarlar ishlab chiqarish bu konsepsiyaning asosiy
maqsadidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning kuchayishi firma va kompaniyalarni
shu konsepsiyaga asoslanishlarini taqozo etadi. Bu konsepsiya juda ko‘p hollarda yaxshi
natijalar keltirsada, ba’zi hollarda kutilgan natijaga erishmaslik hollari ham uchrashi
mumkin. Yangi tovarning afzalligi, narxi, uning naflilik darajasi, ilgarigi tovardan farq
qiluvchi xususiyatlari iste’molchini qoniqtirishi zarur.
Iste’molchilar yuqori ekspluatatsiya xossalariga ega bo‘lgan yuqori sifatli tovarlarga moyilligini
ta’kidlaydi, demak, tashkilot o‘z energiyasini tovarni doimiy mukammal quvvatlashtirishga qaratishi
zarur bo‘ladi. Shu bilan “marketing shabko‘rligi”dan qochish uchun ushbu mahsulot
iste’molchilarga shu holicha kerak emas, o‘z muammolarini qandaydir mahsulot yordamida hal
qilish uchun kerakligini hamisha yodda tutish shart. Mukammallashtirilgan mahsulot iste’molchilar
uchun avvalgilariga nisbatan katta iste’mol qiymatini (iste’molchining tovar sotib olish xarajatiga
nisabatan foydasi) berishi kerak.
2.
Bozorning rivojlanishining navbatdagi bosqichida (50-60-yillar), ya’ni talab va taklif
nisbatan teng bo‘lganda, xaridorlar talab qiladigan tovarlar bozorda doimo sotila boshlaydi,
korxonani boshqarishda savdoga doir yondashuv amalga oshadi. Bu davrda marketing savdo
ustidan g‘olib keladi.
Sotuvchining vazifasiga raqobatchilarni emas, aynan xaridorlarni tovarlarni sotib olish uchun qator
rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish kiradi. Buning uchun sotuvchi o‘z mahsulotlarini
reklama qilish, uning savdosini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha xarajatlar qilishi kerak bo‘ladi.
Bunday vaziyatda agar savdo va rag‘batlantirish sohasida sezilarli harakatlar amalga oshirilmasa,
xaridorlar korxonaning mahsulotlarini yetarli miqdorda sotib olmaydilar, degan tasdiqqa
asoslanadigan