xaridorlarga muammolarini hal qilishda qanchalik yordam bera olishini
hisobga olgan holda
qarab chiqiladi. T.Levitt marketingning bu prinsipini quyidagicha tariflagan:
“So‘zsiz sotib olinadigan tovarlarni ishlab chiqaring va soting, ishlab chiqarish kerak bo‘lgan
narsalarni odamlarga majburlab o‘tkazishga urinmang”.
2.
Iste’molchi talablariga faol ta’sir etish, talabni shakllantirish
firma
tovarlariga potensial
talabni real talabga aylantirish uchun zarur, binobarin, buni raqobatchilar o‘z
tovarlariga
nisbatan amalga oshirmaslaridan oldinroq bajarish zarur.
3.
Bozorga differensiallashgan yondashuv
bilan bog‘liq talab keskin bir xil xarakter kasb
etadi. Shuning uchun potensial xaridorlarni
guruhlarga ajratish zarur, bu esa firmaga
imkoiyatiga ko‘ra raqobatchilardan tortib olingan xaridorlar guruhini o‘ziga xos talablariga
moslashish va ta’sir o‘tkazish bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi.
4.
Yangilik kiritishga yo‘nalish
bozorda raqobatli pozitsiyani saqlab turish uchun zarur.
Iste’molchilar so‘rovlari o‘ta tez o‘zgaradi, shuning
uchun yangi texnologiyalar, texnikalar,
materiallarni o‘zlashtirish, bozorga yangi tovarlar joriy etish va mavjudlarini
mukammallashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish savdoni
va reklama faoliyatini
rag‘batlantirish, tovarlar harakati va savdo (o‘tkazish)da yangi vositalar yaratish zarur. Shu
bilan birga unutmaslik kerakki, mahsulotlar muhandislik fikrining ideal ixtirosi bo‘lishi
mumkin, biroq u iste’molchilar muammolarini hal qilmasa, shunchaki buyum
sifatida qoladi,
tovar bo‘la olmaydi hamda marketolog va iste’molchi uchun ortiqcha buyum bo‘ladi.
5.
Dostları ilə paylaş: