4.
«Tovar bozorlariga differensiyalashgan holda yondashish kerak».
5.
«Korxona iste’molchining talabini qondirish bilangina o‘z foydasi va obro‘siga ham ega
bo‘lishi kerak».
Tamoyillarga yondashuvlar quyidagilardan iborat:
•
Iste’molchiga kerak narsani ishlab chiqarish.
•
Bozorga
tovar va xizmatlar bilan emas, balki iste’molchilar muammolarini hal qiluvchi
vositalar bilan chiqish.
•
Tovar ishlab chiqarishni iste’molchilarni va talabni o‘rgangandan so‘ng yo‘lga qo‘yish.
•
Firmaning ishlab chiqarish – eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish.
•
Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun maqsadli dasturli va
kompleks yondashuvdan
foydalanish.
•
Mahsulotning bozor talablariga moslashishi uchun taktika va strategiyani kerakli vaqtda
qo‘llash, tovarning iste’molchiga yetib kelgunigacha bo‘lgan jarayonda
marketingni samarali
qo‘llash.
•
Korxona faoliyatini uzoq muddatli samarali kommunikatsiya bilan ta’minlash orqali
tovarning bozordagi mavqeyini mustahkamlash.
•
Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida ishlab chiqarishning ijtimoiy
va iqtisodiy
omillarini inobatga olish.
•
Korxonalar rejasini bozorga asoslangan holda ishlab chiqish.
•
Tarmoqlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish orqali talab va taklifni muvofiqlashtirish.
•
Firmaning raqobatbardoshlik ustunliklari va imijini kuchaytirish uchun faol harakat qilish.
Shunday qilib, marketing tamoyillari – marketingning ma’nomohiyatiga asosiy talablarini
belgilovchi qoidalardir. Marketingning o‘ziga xos quyidagi asosiy prinsiplari mavjud.
1.
Dostları ilə paylaş: