Iste’molchilarga
xizmat ko‘rsatish
kafolatlari siyosati
10. Marka siyosati
9.
O‘rta narxlar
siyosati
10.
Past narxlar
siyosati
9.Tovar tarqatish
bo‘yicha
vositachilarni tanlash
7. Sotuvchilarni
rag‘batlantirish. 8.
Shaxsiy sotuv 9. PR –
omma bilan aloqalar
Tovar siyosati tovar bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tovarni takomillashtirish,
dizaynini
zamonaviylashtirish, qadog‘ini iste’molchini jalb qiladigan ranglarda o‘zgartirish, narxini
turli iste’molchilar hamyoniga mos qilib belgilash va boshqalar.
Kelishish siyosati bozor mexanizmlariga mos siyosat bo‘lib, savdosotiq jarayonidagi shartnomalar,
dalolatnomani hujjatlashtirish ishlari kiradi. Bozor sharoitida turli narxlarning mavjudligi narx
siyosatini, chegirmalar va ustama narxlar, tovarni yetkazib berish shartlari va kredit siyosatini
yuritishni talab etadi.
Taqsimlash siyosati tovarni ishlab chiqaruvchidan o‘z vaqtida iste’molchi va xaridorga yetkazib
berish bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi. Sotuv kanallarini tahlil qilish, marketing–
logistikasini, savdo siyosatini to‘g‘ri yuritish, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish,
iste’molchilar va iste’mol bozorlarini tanlash, yuk tashish va saqlashni to‘g‘ri
tashkil qilish bular
barchasi samarali faoliyatning ajralmas qismlaridir.
Kommunikativ siyosatning asosiy vazifasi- xaridorlarning talabini qondirish va foyda olish yo‘lida
barcha marketing subyektlari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish, samarali tarqatish kanallarini
shakllantirishdan iborat.
Samarali kommunikativ siyosat biznes kommunikatsiyalarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, ya’ni hamkorlar
bilan munosabatlar, raqobatchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlar, reklama va sotuvni
rag‘batlantirish, firma brendini tanitish, omma bilan munosabatlar va shaxsiy sotuvlarni o‘z ichiga
oladi.
1.4-rasm. Marketing maqsadlari va tadbirlari integratsiyasi
Marketing – miksni ishlab chiqishda quyidagi prinsiplarga asoslanish lozim.
−
Ketma-ketlik tamoyili, har bir o‘zgaruvchi miqdoriy ko‘rsatkichni boshqasi bilan mosligini
ta’minlash. Masalan, yuqori sifatli mahsulotga sifatli reklama va tegishli ravishda chiroyli va qulay
qadoq tayyorlash.
−
Bozor konyunkturasi o‘zgarib turuvchi bir paytda shunga qarab mahsulot ishlab chiqarish,
sifatga
e’tibor berish kerak. Mahsulot reklamasida mahsulot sifatini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali iste’molchini
jalb etish va h.k.
−
Firmaning budjet va boshqa moliyaviy xarajatlarini hisob-kitob qilib, marketing kompleksi va
miksini rejalashtirish, bozordagi aniq vaziyatga qarab marketingning tegishli tadbir va usullarini
qo‘llash, firmaning kapital va aylanma mablag‘larining samarali qo‘llanilishini ta’minlash.
Marketing tadbirlariga ketadigan sarf — xarajatlar kalkulyatsiyasini hisoblash va samarani baholash.
Firma tovar aylanmasi va oladigan foydasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Marketing
miksning bo‘lishi mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni quyidagi formula orqali topiladi.
K=n
a
…
K
— marketing miksning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni;
a
– instrumentlar soni;
n
—
marketing– miks tarkibida submikslar soni. Kombinatsiyalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, marketing
chora-tadbirlarini qo‘llash imkoni ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday vaziyatda eng optimal
marketing – miksni topish masalasi ko‘ndalang turadi.
Marketing, miksning optimizatsiya jarayoni marketing budjetini kengaytirish muammolari bilan
bog‘liq bo‘lib, turli marketing tadbirlarini o‘tkazishni talab etadi. Ba’zi muhim
omillarni, ya’ni tovar
yoki xizmat narxi, chegirmalarni o‘zgartirish orqali kutilgan natijalarni olish mumkin.
Marketingning har bir submiksi ham taktik, ham strategik vosita (instrument)ga, tovar, kelishuv,
taqsimlash siyosatlari esa ko‘proq strategik ahamiyatga ega. Kommunikativ siyosat esa taktik
ahamiyatga ega bo‘lib, tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida ko‘proq ishlatiladi. Optimal
marketing-miks shunday marketing instrumentlarining kombinatsiyasidan iboratki, uning natijasida
firma ko‘zlagan maqsadiga, marketing budjetini oqilona, ya’ni ratsional sarflagan holda erishadi.
Marketing-miks har bir elementining ahamiyati korxona turiga (savdo,
ishlab chiqarish, vositachi
firma), tovar turiga va xaridorning xulq-atvoriga bog‘liq. Ba’zi tovarlar uchun narx muhim
ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqalari (kundalik iste’mol tovarlari, qimmatbaho uy buyumlari, zargarlik
mahsulotlari) uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Standartlashtirilgan yoki bir maqsadda
ishlatiladigan mahsulotlar (benzin, elektr energiyasi, gaz) uchun tovar siyosati uncha ahamiyatga
ega emas, bunday strategik mahsulotlarga davlat tomonidan narxlar o‘rnatiladi. Keng iste’mol
tovarlari, uzoq muddat foydalanadigan tovarlarga narx siyosatining ta’siri katta. Raqobat va bozor
mexanizmlari faol ishlayotgan davlatlarda marketing instrumentlarini qo‘llab
hatto kun davomida
ham narxlarga korrektirovka kiritish mumkin. Narx – navo bozor konyunkurasiga jiddiy ta’sir
etuvchi omildir.
•
Bosh maqsad.
•
Funksional bo‘limlar maqsadi.
1.5 -rasm. Tadbirkorlik tizimida marketing – miks elementlari
Marketing – miks nazariyasi va amaliyotinig rivojlanishi va uning asosida korxona va firmalarda
marketing tadbirlarining rejalashtirilishi marketing – menejment nazariyasi, uslubiyoti va
usullarining shakllanishiga olib keldi. Marketing menejmentning ilmiy yo‘nalish va tadbirkorlikni
tashkil qilishga yangicha yondashuv sifatida shakllanishiga nafaqat marketingning qo‘llanilishi,
balki bozor sharoitida firma va korxonalarning maqsadli ravishda faoliyatini yo‘naltirilganligi,
avvalambor, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish so‘ngra foyda olish yotganligi sabab
bo‘ldi. Marketing jarayonini turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda boshqarish, tegishli marketing
siyosati va tadbirini qo‘llash raqobat sharoitida juda muhimligini firmalar juda yaxshi anglab oldi.
Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar va xizmatlar yetib borguncha qanchadan qancha
muloqot auditoriyasi
obyektlariga duch kelinadi, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir albatta yuqori madaniyat
va hamkorlik asosida amalga oshirilsa, natija yuqori bo‘ladi.
1980-yilning o‘rtalarigacha marketing tovarlarni taqsimlash va sotish usuli sifatida qaralganligi
bozor va kuchli raqobat sharoitida tovar va xizmatlar bozori tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, marketing tizimi subyektlari o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarini yuqori darajada
o‘rnatishga to‘sqinlik qildi. Marketing jarayonlarining ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilganligi
marketingni boshqarish konsepsiyasining sotishga yo‘naltirilganligini chekladi. Demak, bu
marketing faoliyatida sotish, reklama, taqsimlash va narx shakllanishidan tashqari marketing
funksiyasining integrallashgan funksiyasi, ya’ni marketingni boshqarish iqtisodiyotning har bir
bosqichi uchun muhim funksiya sifatida shakllandi.
Dostları ilə paylaş: