yo‘naltirilganlikdan, konsepsiyaning maqsadi – real va potensial iste’molchilarni aniqlash, talabini
o‘rganishdan iborat. Marketing konsepsiyasi firmalarni quyidagilarga rioya qilishga undaydi:
•
Sotiladigan narsani ishlab chiqarishga.
•
O‘z tovarini emas, balki xaridorni sevishga.
•
Tovar sotish bilan emas, balki ehtiyoj va talabni qondirishga.
•
Bozor talablarini o‘rganib, so‘ngra ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga.
•
Iste’molchilarning tez o‘sib borayotgan talablariga moslashish va egiluvchan ishlab
chiqarishni tashkil etishga.
•
Firmaga raqobatning ta’sirini o‘rganishga, tashqi omillarning ta’sirini baholashga.
Potensial iste’molchilarga ko‘ra uzoq muddatga mo‘ljallangan sotuv jarayoni, bu - iste’molchi bilan
muloqot, uning fikrini bilish, tovardan qoniqqanlik darajasini aniqlashdan iborat. Chunki firma
xaridor talabini qoniqtirib foyda oladi, uning rentabelligi, raqobatbardoshligi tovar orqali xaridorni
o‘z iste’molchisiga aylantiradi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi muntazam ravishda iste’molchilarni yangi talab va
ehtiyojlarining o‘sishiga sabab bo‘lsa, firma katta foyda ketidan quvishga intilib, boshqa narsalarga
e’tiborni susaytirishi, o‘z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishi mumkin.
Amerika marketologi T.Levitt savdo va marketing konsepsiyasini quyidagicha ajratadi: “
Dostları ilə paylaş: