1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
M.A.

1.3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi 
Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, 
tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, 
asosiy nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi
5
. Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u yoki bu faoliyatning 
samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma 
konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi 
talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya komponentlari g‘oya, 
strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi 


tashkilotning ilmiy asoslangan g‘oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda 
korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi. 
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. Marketing konsepsiyasini birinchilardan 
bo‘lib Procter & Gamble qabul qildi. Procter & Gamble kompaniyasi 1837 - yilda ikki tadbirkorning 
birgalikda ish olib borish to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi. Kompaniya asoschilari 
Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga qadar shamlar ishlab chiqargan bo‘lsa, Djeyms Gambl 
esa sovun ishlab chiqargan. Kompaniya o‘zining 1- million dollarlarini 1859-yilda ishlab topdi. 
AQShdagi fuqarolar urushi davrida kompaniya shimolliklar armiyasiga sovun va sham yetkazib 
berish uchun katta davlat buyurtmasini qo‘lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi taniqli savdo 
markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib bordi. 2003-yilda Germaniyaninig 
soch bo‘yoqlari ishlab chiqaruvchi mashhur WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette 
kompaniyasini sotib oldi. Raqobatda Unileverni yutib, o‘zining sohasi bo‘yicha yirik kompaniyaga 
aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib chiqishning yagona bir yo‘li mijozni qanoatlantirish edi. 
Marketing konsepsiyasini tatbiq qilgan menejer uchun mijozni qanoatlantirish - bu foyda olish 
yo‘lidir, yani shior «Mijoz nuqtayi nazari bilan ishla». 
Keyinchalik, turli sanoat sohalari – metall, ko‘mir, qog‘oz, shisha – kompaniyalari ham marketing 
konsepsiyasini qabul qila boshladi. 
Xizmat ko‘rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini qabul qildi. 
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. «Banklar bank xodimlari uchun qulay 
bo‘lgan bir necha soat ochiq, mijozlar uchun qulay paytda yopiq bo‘ladi. Tushlik paytida va soat 16 
dan keyin yopiq bo‘ladi. Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat talab qilmaydigan 
harakatlar talab qilinadi. 
Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirilayotgan faoliyatining strategik 
tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat: 

Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili. 

Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash. 

Marketing strategiyasiniasoslash. 

Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash. 
Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi 
konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi: 
1.
Ishlab chiqarish. 
2.
Tovar. 
3.
Sotuv. 


4.
An’anaviy. 
5.
Ijtimoiy – etik. 
6.
O‘zaro ta’sir marketingi. 
Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir qancha konseptual 
yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va tovarni mukammallashtirish, tijorat 
kuchlarini jadallashtirish, iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik 
marketing. 
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish bosqichlariga mos keladi. 
Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma bo‘lib xizmat qiladi, degan 
fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiyasi har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish 
bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va konsepsiyalar 
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, 
savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan 
mustahkam bog‘liq. 
1.3- jadval Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin