Marketing tariflari
Muallif
Tariflar
Kotler Filipp
Marketing – ayirboshlash orqali iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini
qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatidir.
Abramishvili G.G.
Marketing – bugungi kunda ishbilarmon operatsiyalarni olib borishning
o‘ziga xos falsafasidir.
Braverman A.A.
Makro darajada marketing bozor muhitini shakllantirish instrumenti
sifatida ishtirok etadi. Mikro darajada esa korxonalarning bozor muhitini
tashkil qilish tizimi hamda investitsiyalarni jalb qilishni ta’minlovchi
instrument sifatida talqin etgan.
Amerika
Marketing
Assotsiatsiyasi
Marketing – narx shakllantirish, g‘oyalarni siljitish va amalga oshirish,
tovar va xizmatlarni ayirboshlash orqali sotish natijasida alohida shaxslar
va tashkilotlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Evans Dj.R.
Marketing –bu iste’molchilar va tashkilotlarning tovar va xizmatlarga
bo‘lgan talabini ko‘ra bilish, boshqarish va ayirboshlash orqali
qondirishdir.
Pashkus Yu.V.
Marketing – kompleks tushuncha. U insonlar va mamlakatlar o‘rtasida
bo‘ladigan barcha ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni o‘z ichiga
olib, iste’molchilarning xohish va talablarini qondirishga
yo‘naltirilgandir.
Svalbe X.
Marketing tovar aylanishi siyosati doirasida barcha faoliyatni o‘z ichiga
oluvchi jarayondir.
Nishlag R., Dixtl.E.,
Xershten X.
Marketing iste’molchilar talabiga bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatini yo‘naltirishdir.
Marketing bir paytni o‘zida biznes falsafasi va faol jarayondir.
Lamben J.J.
Marketing – bu ijtimoiy jarayon bo‘lib, odamlar va tashkilotlarning tovar
va xizmatlarga bo‘lgan xohish va talablarini erkin raqobatli sharoitda
qondirish jarayonidir.
Marketing – bu kompaniya imkoniyatlari va iste’molchilar zarurati,
talabining mosligini ta’minlash jarayonidir.
Golubkov E.P
Marketing keng ma’noda ijtimoiy boshqaruv jarayoni bo‘lib, u orqali
alohida shaxslar va odamlar guruhi mahsulotlarni ishlab chiqish va
ayirboshlash orqali o‘zlariga kerak bo‘lgan tovar va xizmatlarni oladilar.
Sankt Peterburg
Davlat Moliya
Iqtisod Universiteti
marketing kafedrasi
Marketing – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro ta’sir falsafasi va
vositasi bo‘lib, ijtimoiy iqtisodiy tizimlarni o‘rganish, oxirgi
iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va
foyda olish bo‘yicha faoliyatdir.
Rodjer L.V.
Marketing – ishlab chiqarish tugallangan joyda boshlanmasdan balki,
ishlab chiqarish xarakteri va masshtabini belgilash, ishlab
chiqarish rentabelligini ta’minlash, muhandislik - texnik imkoniyatlarni
inobatga olgan holda sotuv imkoniyatlarini belgilashdan boshlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, marketing sohasidagi qarorlar ishlab chiqarish
va kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liqdir.
Meffert X.
Marketingning zamonaviy, umumlashtirilgan va keng ma’nodagi talqini
marketingni ayirboshlash jarayonidagi ikki shaxs o‘rtasidagi kelishuvga
o‘xshatilishidir.
Marketing – bukorxonalarni bozorga yo‘naltirilgan holda boshqarish,
rejalashtirish, muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishdir.
Rayon U.
Marketing iste’molchini o‘rganish orqali tovar va xizmatlarni yaratish,
ular xohishini qondirish va talabni keng aytirishdir.
Levit T.
Marketingni tovar sotish bilan o‘xshatish mumkin emas. Savdo
funksiyasi ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat bo‘lsa,
marketingning vazifasi - bozorga iste’molchi ehtiyoj sezgan tovar va
xizmatni olib chiqishdan iborat.
Kulakov S.N.
Zamonaviy marketingning mohiyati xaridorning talabini korxona
daromadiga aylantirishdan iborat bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Rossiyada marketingning evolyutsion rivojlanishi bir necha bosqichda amalga oshirildi.
3
1-bosqich. 1970-yildan boshlab marketing haqida ilk ilmiy maqolalar paydo bo‘la boshladi. G.
Abramishvili, V. Voyna, N. Gerchikova, A. Goryachev, V. Demidova, P. Zavyalov, K. Kostyuxin, I.
Kretov, B. Solovyov, Yu.Trusov va boshqalar Rossiyada marketing nazariyasi va amaliyotini
shakllantira boshladilar.
2-bosqich. 1980-yillarning o‘rtalari va 1990-yillarga to‘g‘ri kelib, bu davrda marketolog olimlar
qatori kengaydi. A.Braverman, I.Gerchikova, E.Golubkov, N.Kapustin, I.Kretov, N.Moiseyeva,
R.Nozdrev, A.Porshnev va boshqalar bozor sharoitida marketingning ahamiyatini uni firmalar
faoliyatiga qo‘llash samarasini o‘z ilmiy ishlarida o‘rgandilar.
3-bosqich. 1990-yillar o‘rtalari va hozirga qadar hisoblanib, bu davr marketingning barcha sohalarga
tatbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Oliy ta’lim muassasalarida marketing kafedralari tashkil qilinib,
marketing bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Yirik kompaniya va firmalar faoliyati
marketingsiz amalga oshirilmaydi, chunki bozor sharoitida iste’molchi talab va ehtiyojlarini
qondirish, so‘ngra daromad yoki foydani o‘ylash bozor talablaridan biriga aylandi. Raqobatning
vujudga kelishi tufayli tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’molchini
o‘ziga jalb qilishda faollik korxona samarasining muhim omiliga aylandi. Bu davrda nazariya va
amaliyotga yangicha qarash va yondashuvlarning paydo bo‘lishida bir qator rus olimlari ma’lum
hissa qo‘shdilar. G. Azoyev, G. Bagiyev, D. Barkan, I. Berezin, A. Goltsev, O. Dmitriyev, V.
Domnin, A.Yegorov, B. Zamyatin, A. Pankruxin,E. Popov, M.Sokolova va boshqalar shular
jumlasidandir.
1.2- jadval
Dostları ilə paylaş: |