Marketing rivojlanishining jarayoni unga bo‘lgan yondashuv va fikrlarning tobora ko‘payib
borishiga sabab bo‘ldi. 1972-yilda F.Kotler mikro va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi.
Mikro marketing - ma’lum bir kompaniya tomonidan bajariladigan ishlarni nazarda tutadi. Makro
marketing — butun jamiyatning yashash tarzini nazarda tutadi. 1976-yilga kelib, Shelbi Xant
“marketing- ayirboshlash jarayoni haqidagi ilmlar majmuasidir”, deb xulosa qildi. Ko‘rib
turibmizki, marketing faoliyatining naqadar keng qamrovli ekanligi sababli turli olimlar tomonidan
bir-birini inkor etmagan holda turli tariflar berilishiga olib keldi.
AQSh va G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida marketing masalalari bo‘yicha milliy
institutlar, turli assotsiatsiya, maktab va tadqiqot markazlarining tashkil etilishi bu sohaning
rivojlanishiga olib keldi. Marketing g‘oyalarining rivojlanishini Yevropa Marketing Qo‘mitasi va
Angliya Xalqaro Marketing Assotsiatsiyalari targ‘ibot qildilar.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari va Rossiya bozor munosabatlariga o‘tilgandan so‘ng
marketing faoliyati firmalar va korxonalar faoliyatiga jadal sur’atlar bilan joriy etila boshlandi.
1990-yilda Rossiya Marketing Assotsiatsiyasi tashkil etildi va uning Prezidenti etib professor
G.G.Abramshvili tayinlandi.
80-90-yillarda marketingning globallashuv jarayoni kuzatildi. Avstraliyaning Kanberre shahrida
1992-yilda Global Marketing bo‘yicha Xalqaro Konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning shiori bo‘lib
«Marketing – bu hamma narsa», «Marketing – bu BIZNES», deb jarangladi.
Marketingning fan va o‘ziga xos san’at sifatida shakllanishi va takomillashuviga ko‘plab xorijiy
mutaxassislar B.Berman, G.Bolt, M.Bruk, A.Vayman, X.Vays, X. Verli, D. Gardner, D.Garst,
X.Grenross, E.Dixtl, P.Druker, R.Kamp, F.Kotler, J.Lamblen, T. Levitt, S. Madjaro, Meffert
X., R. Nishlag, Dj.Evans va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: