1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash (jadallashtirish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   206
M.A.

tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash (jadallashtirish
) boshqaruv konsepsiyasi 
(savdo konsepsiyasi) yo‘nalishi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ko‘plab firmalar mahsulotlarini o‘tkazishda 
qiyinchilikka uchragach, ushbu konsepsiyaga moslasha boshlaydilar, ularda qayta ishlab chiqarish 
belgilari paydo bo‘ladi. Shuning uchun bunday marketing agressiv (tajavvuzkor) marketing nomini 
olgan. Savdoda muammolarga uchragan kompaniyalarning maqsadi – jamiyat ehtiyojmand bo‘lgan 
tovarlarni ishlab chiqarish emas, avval ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bo‘lib qoladi. 
Tijorat ishlarini intensivlashtirish yoki sotuv konsepsiyasining asosiy maqsadi - firma ishlab 
chiqargan mahsulotlarni samarali sotishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlardan iborat. 
Marketingning sotuvni rag‘batlantirish, reklama, targ‘ibot, turli aksiyalar e’lon qilish orqali 
iste’molchilarni o‘ziga jalb etish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni samarali sotish - 
konsepsiyaning falsafasidir. Har bir xaridor firmaning mijoziga aylanishi uchun marketologlar 
ulardan so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tovar haqidagi fikrlarini, tovar bahosini, ularni qoniqtirishi 
yoki narxning yuqoriligi haqida fikrlarini inobatga olgan holda firma keyingi faoliyatini 
rejalashtiradilar. Ko‘p hollarda bozorni o‘rganmay mahsulot ishlab chiqargan firma bozorda 


to‘yinish hosil bo‘lgan tovarni ishlab chiqargani uchun sotishda qiynalib, mazkur konsepsiyani 
qo‘llashi kerak. 
F. Kotler bu konsepsiya samarasini quyidagicha asoslaydi: 

Xaridorlar o‘z manfaatlarini himoyalanishini biladilar. 

Xariddan qoniqmagan xaridorlar tezda bu hissiyotni unutadilar. 

Bunday xaridorlar o‘z fikrlarini boshqa xaridorlar bilan bo‘lishmaydi. 

Xariddan qoniqmagan xaridor jamoat tashkilotlariga, masalan, iste’molchilar huquqini 
himoya qiluvchi qo‘mitaga shikoyat bilan murojaat qilmaydi, chunki chegirma bilan tovarni 
sotib oladi va h.k. 

Chegirmalar va aksiyalar davrida juda ko‘p potensial xaridorlar firma mahsuloti xaridoriga 
aylanadilar. 
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya firma tomonidan iste’molchilar xohishi – talabi 
inobatga olinmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga yo‘naltirilganligi uchun uning 
hayotiylik davri uzoq emas. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin