O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix va Yuridik fakulteti 60220300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar) ta’lim yo’nalishi
5-1 Tar – 21 - guruh talabasi O’zbekistonda aholi migratsiyasi tarixi fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi: Doston Samadov
Tekshirdi: B.N.Rizayev Buxoro –2023 Mavzu: Mehnat migratsiyasi
Reja :
Kirish
1. Mehnat migratsiyasi tushunchasiga ta’rif .
2.Sovet hukumati davrida mehnat migratsiyasining ahamiyati
3. Mehnat migratsiyasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilova
Kirish Bugungi kunda jahon hamjiyati tomonidan global migratsion jarayonlarni boshdan kechirayotgan paytda, dunyo mamlakatlari aholisining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va global omillar ta’sirida ichki va tashqi migratsion jarayonlarga ishtirok etish qadimdan mavjud bo’lib , bugungi kunda ham davom etmoqda. XX asr o’rtalarida mustamlakachi davlatlar qishloq xo’jaligi va o’g’ir sanoatni rivojlantirish maqsadida o’zlari egalik qilayotgan davlatlarda aholini majburiy ravishda ko’chirish siyosatini amalga oshirdilar. Bugungi kunda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’siri ostida dunyo mamlakatlari xususan, O’zbekiston aholisi ham migratsion jarayonlarning ishtirokchisiga aylanmoqda. Zero birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek : “ O’lkamizda sovet hukumati davrida ko’chib kelgan turli xalqlarga , O’zbekiston hukumati hech qanday e’tiroz bildirmaydi . Ularni asrab – avaylash Konstitutsiyamiz tomonidan, Fuqarolik normalari prinsipi asosida jalb etiladi va ular qonuniy o’z xohish – irodalariga binoan rasman O’zbekiston fuqarolik passporti beriladi”.
Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda. Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqinig oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir muammolarini uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Markaziy Osiyo davlatlari ham mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi. Mehnat muhojirlari Markaziy Osiyoning xorijdagi aholisining salmoqli qismini tashkil qiladi. Ilgari muhojirlarning asosiy oqimi Rossiyada ishlagan bo’lsa, so‘nggi besh yil ichida mehnat migratsiyasi geografiyasi tubdan o‘zgarib bormoqda.
Shuningdek mavzumizning asosini tashkil etuvchi Mehnat migratsion jarayonlari aholi migratsiyaning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mustaqil ishning keyingi rejalarida
mehnat migratsiyasi
mehnat migratsiysini keltirib chiqaruvchi turli omillar va ularning izohi
ushbu migratsiya turini amalga oshirishdan ko’zlangan maqasadlar va boshqalar xususida to’xtalib o’tamiz.
Aynan “Mehnat migrsatsiyasi” tushunchasini o’rganish orqali undan ko’zlangan moliyaviy va ijtimoiy manfaatlar, bu jarayonni amalga oshirishda paydo bo’ldan ma’lum bir muammolar va ularning qanday hal etilgani haqida so’z yuritamiz.
Mehnat migratsiyasi tushunchasiga ta’rif
Dastlab mehnat migratsiyasiga ta’rif berishdan oldin, “aholi migratsiya” tushunchasi bilan yaqindan tanishib olsak.