Aholi migratsiyasi — aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi.
Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. Joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.
Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar — migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud — migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud — migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi.
Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil oʻzgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida maʼlum muddatga ishga, oʻqishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir maʼmuriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari — qishloq xoʻjalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga koʻra koʻchish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, oʻqishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari boʻladi. Maʼlum vaqt davomida hududga koʻchib kelgan va koʻchib ketgan kishilar soni oʻrtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Baʼzan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni oʻzgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.
Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toʻxtovsiz oʻsib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan maʼlum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan toʻla qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boʻladi.
Oʻzbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50-60 yillarda Navoiy , Uchquduq, Yangiyer, Zarafshon , Angren va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shoʻrolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy koʻchirib keltirish hisobiga boʻldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, koʻpchiligi Respublika tashqarisidan yoʻllanma bilan kelgan kishilar boʻldi. 1966 – yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oʻz yurtlaridan qochoq boʻlganlar va badargʻa qilinganlar ham O’zbekistonda qoʻnim topdilar.
Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy anʼanalar ham taʼsir koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan oʻzbeklarda tugʻilib oʻsgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust bo’lgan. Xullas aholi migratsiyasining turlaridan biri bu mehnat migratsiyasidir. Mehnat migratsiyasi bu - migratsiyaning keng tarqalgan turlaridan biri bo’lib, bir nechta sabablar natijasida yuz beradi. 1960–1970-yillarda oblastda migrasiya jarayoni kengayganligidan guvohlik berib turibdi. Shu yillarda turli millat vakillari bir maqsad yo‘lida hamjihatlik bilan mehnat qilganliklarini e'tirof etish kerak. Ulkan loyihalarni amalga oshirishga jalb etilgan 20 dan ortiq respublika va ittifoq miqyosidagi yirik korxona, tashkilot xodimlarini qisqa muddatlarda yangi hududlarga joylashtirish hamda ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish oblastь rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo‘lib keldi. Jumladan, Amu-Qorako‘l kanali umumxalq qurilishi deb e'lon qilinib, O‘zbekiston LKYoI MK (O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi Markaziy komiteti) ga qurilish ishlarida qatnashish maqsadida maxsus brigadalar tashkil etishga topshiriq berildi. Bu esa qurilish ishlariga butun oblastlar va rayonlardan mehnat migrantlari oqimining kuchayishiga ta'sir ko‘rsatdi. Amu-Qorako‘l kanali loyihasi asosan oblastning cho‘l hududlaridan kesib o‘tib, Qorako‘l va Olot rayonlariga suv berishni nazarda tutgandi. Shu sababdan dastavval, quruvchilar bo‘lajak kanal bo‘ylab o‘nlab yurtalar tashkil etishdi. Shuningdek, quruvchilar uchun vaqtincha turarjoy masalasi muammoga aylandi. Qurilish materiallari yetishmasligi ta'sirida qurilish ishlarini kechiktirishga to‘g‘ri keldi. Bu holat respublika miqyosida muhokama qilinib, Minvodxoz (Suv xo‘jaligi vazirligi) laboratoriyasi barxandan, tarkibi qum, ohak, alyuminiy pudra, sementdan iborat bo‘lgan devorlar ishlab chiqarishni taklif qildi. Taklif asosida tayyorlangan materiallardan foydalangan holda qisqa muddatda kanal havzasida migrantlar uchun posyolka bunyod etildi. Mazkur posyolka Yu.A.Gagarin nomi bilan ataldi (Yu.Gagarin 1961 yili kosmosga parvoz qilgan birinchi kosmonavt). Amu-Qorako‘l kanali qurilishida ishtirok etgan ittifoqdosh republikalar vakillari xotiralari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, portlovchilar brigadasi a'zosi L.Cheshkova O‘zbekistondagi faoliyatini: “Bu yerda faoliyat yuritayotgan ustalar ilk bor Kuybeshov GESi qurilishini yakunlab, O‘rta Osiyoga kelganlar. Hayratlanarli jihati ular bu yerda qanday yashab, ishlashganida. Sababi qishda 50 daraja sovuq, yozda esa 50 daraja issiq ob-havo sharoitida buning iloji yo‘q edi”–deb xotirlaydi. Darhaqiqat, ittifoqdosh respublikalardan oblastga jalb etilgan mehnat migrantlari, oblastning o‘ziga xos iqlim sharoitiga moslashishlari nihoyatda qiyin kechgandi. Shu bois respublika va oblastь mutasaddilari dastavval ittifoqdosh respublikalardan kelgan ishchi va mutaxassislarga zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga urinishgan. Bu borada mahalliy mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘ngildagidek deb, bo‘lmasdi. 1965 yil fevralda Romitan rayoni Dalmun qishloq soveti yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilishda ishtirok etgan rayon partiya komiteti vakili Usmonov so‘z olib: “O‘rtoqlar, Amu-Buxoro mashina kanali qurilishiga odam yuborish kerak, ertaga har brigadadan bir kishi idoraga kelsin, o‘n kun Amu qurilishga boradi” deb buyruq ohangidagi fikrini bildirgan. Xalq xo‘jaligida belgilangan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan migrantlar oblastning bir necha tashkilotlari (reja, statistika, qishloq xo‘jaligi, rayon partiya komiteti, mehnatkashlar deputatlari rayon soveti ijroiya qo‘mitasi va boshqalar-dissertant) faoliyatini muvofiqlashtirgan holda aniqlangan. O‘zaro hamkorlik jarayonida yuzaga kelgan muammolar ta'sirida, odatda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Masalan, aksariyat hollarda keragidan ortiq yoki aksincha kam ishchi kuchi jalb etish odatiy holga aylangandi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish, irrigasiya-meliorasiya inshootlarini qurilish ishlari hamda yig‘im-terim davrida yon-atrofda joylashgan, nisabatan yaqin aholi punktlaridan sayyor brigadalar tashkil etilib, mavsumiy ishlarga jalb etish amaliyoti ham bu davrda juda ommalashgan edi. Xususan, mehnatkashlar deputatlari Shofirkon rayon kengashi ijroiya qo‘mitasi qarorlaridan birida: “Yangi yerlarni o‘zlashtirib muomalaga kiritish uchun sayyor brigadalar tashkil etish va ularning faoliyatini qat'iy nazorat qilish lozim bo‘ladi”, deb ta'kidlangandi. Sayyor brigadalar cho‘l hududlarida aholi yashash imkoniyatlari yetarli bo‘lmagani sababli tashkil etilgan edi. Shuningdek, brigada a'zolari mehnatga yaroqli, tajribali qishloq vakillaridan tanlanib, ular mavsum yakunlangach, odatda yashash manzillariga qaytardi. Bu esa brigada faolligi va ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Qolaversa, muvsumiy ishlarga jalb etilayotgan migrantlar uchun katta xarajatlar talab etadigan maxsus tayyorgarlik shart emasdi. Misol uchun Moxoncho‘lda o‘zlashtirilgan yangi yerlarda aholi yashash sharoitlari yetarli bo‘lmagani sababli odamlar “O‘zbekiston”, “Leningrad”, “Kirov” nomli jamoa xo‘jaliklaridan telejka va avtomashinalarda qatnab ishlashga majbur bo‘lgandi.
1960-yillarda oblastda olib borilgan bunyodkorlik ishlari ta'sirida ishchi kuchi mobilizasiyasi kuchaydi. Xalq xo‘jaligini barcha soha va tarmoqlarini teng rivojlantirish loyihalari qishloq aholisini nafaqat shu sohaga, balki qurilish, transport va boshqa tarmoqlarga ham jalb etishni talab etdi. 1965 yil 20 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Buxoro rayon komiteti byurosi va mehnatkashlar deputatlari rayon kengashi ijroiya qo‘mitasining 6p81 raqamli qarori qabul qilindi. Unda Samarqand avtomobilь yo‘lini ta'mirlash maqsadida ikki oy muddatga oblastь kolxozlaridan jami: 8300 kolxozchini yuborishni tashkil etish ko‘rsatib o‘tildi.
1. Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlari 70-yillardan sovet mafkurasi ta'siri bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalar asosida tarbiya topgan yosh avlod bilan to‘lib bordi. Sovet hukumati mamlakat aholisiga sosialistik mafkurani singdirish masalasiga jiddiy e'tibor qaratib, urushdan keyin targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yanada kuchaytirgandi. Natijada yosh avlod tasavvurida ertangi kunga ishonch va umid uyg‘otishga muvaffaq bo‘lindi. Ularni nazdida partiya tashabbusi bilan boshlangan har qanday ish xayrli va to‘g‘ri hisoblangan. Bu holat ko‘chirish siyosatida ham yaqqqol ko‘zga tashlandi. 1950–1960 yillarning oxirlariga qadar respublika va hududiy ko‘chirish organlarining yil davomida qilgan tinimsiz harakatlari natijasida aholi ko‘chirilishiga erishilgan bo‘lsa, 1960-yillar oxiri va 1970-yillar oblast aholisi jamoatchilik chaqirig‘i bilan yakka-yakka tartibda ixtiyoriy ko‘chib, yangi yerlarga joylasha boshlashdi. Respublika hukumati yangi yerlarda davlat xo‘jaliklarini tashkil etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, rejalarini bajarishga shoshildi. 1970-yillarda oblastda o‘zlashtirilgan yangi yerlarda bir necha o‘nlab sovxozlar tashkil etilib, respublika iqtisodiy rivoji uchun mahsulot bera boshlaganini kuzatish mumkin.
2. Yangi sovxoz markazlari va ijtimoiy infrastrukturani shakllantirish jarayoni oblastga Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi ittifoqdosh, Yoqutiston va Dog‘iston kabi avtonom respublikalar hamda Bolgariya Xalq Respublikasidan mehnat migrantlari oqimining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Migrantlar qishloq xo‘jaligining deyarli barcha soha va tarmoqlarida veterinariya vrachi, mexanizator, laboratoriya xodimi, o‘qituvchi, shifokor, mexanik, loyihachi, hisobchi, irrigator, agronom, prorab, sut sog‘uvchi kabi kasblarda faoliyat ko‘rsatdi. Buxoro shahri va rayonlarida bolgar yoshlaridan (komsomol) tashkil etilgan qurilish brigadalariga yetarli shart-sharoit yaratishga qaratilgan oblast partiya komiteti qarori fikrimizga asos bo‘la oladi. Unda yosh quruvchilar oblastning Romitan, Kogon, Buxoro rayonlarida olib borilayotgan qurilishlarda munosib qatnashayotgani ta'kidlab o‘tilgandi.
3. Sovet hukumati imkon qadar musulmon e'tiqodida bo‘lgan, Ittifoq tarkibidagi respublikalar aholisini O‘zbekistonga jalb etishga alohida e'tibor qaratib keldi. Bunga sabab migrantlarni 1-2 yillik O‘zbekistondagi faoliyati davrida ularning mahalliy aholi bilan munosabatlari samimiy bo‘lishiga umid qilingandi. Qolaversa, o‘tgan vaqt davomida e'tiqodi, urf-odati, turmush tarzi mushtarak bo‘lgan xalqlarni muqim yashab qolish ehtimoli inobatga olingandi.
4. 1970-yillarda jamoatchilik chaqirig‘i bilan ko‘chishlar ommalashdi. Mazkur jarayonda respublika aholisi asosini tashkil etgan yoshlar qatlami (komsomol tashkiloti) tashabbusini alohida ta'kidlash o‘rinli bo‘lardi. Yoshlar yangi tashkil etilgan sovxozlarga o‘z xoshish-istaklari bilan borish uchun komsomol tashkilotlariga arizalari bilan murojaat qilardi. Jumladan, Shofirkon rayon komsomol tashkiloti yig‘ilishida: “1970-yillarda rayonimizdagi bir guruh komsomollar tashabbusi bilan “Jilvon” massivini o‘zlashtirishga kirishildi”, –deb qayd qilingandi, arxiv hujjatlarini birida. Murakkab turmush va mehnat sharoitlariga qaramasdan, komsomol brigadalari jonbozlik ko‘rsatdi. Chunki ular ongida sosialistik mafkura, vatan ravnaqi va farovonligi yo‘lida munosib xizmat qilish, qahramonlik ko‘rsatish kabi g‘oyalar bo‘lgandi. Shu sababdan keyingi uch yil mobaynida 200 dan ortiq yoshlar “Jilvon” sovxoziga, komsomol yo‘llanmasi bilan ishga ko‘chirib yuborildi. Sovet mafkuraviy siyosatining ta'siri ushbu jumlalardan ko‘rinib turadi.
5. Ilk bor yangi yerga ko‘chib kelgan cho‘lquvarlar keyinchalik o‘z yaqinlari va hamqishloqlarini yangi yerlarga chorlay boshlashdi. Yangi yerga kelgan cho‘lquvarlarni oblastь rahbariyati moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdi. Cho‘lquvarlarning chaqirig‘i va bevosita taklifiga binoan ko‘chib kelgan aholi yangi sovxozlarni ishchi kuchi bilan ta'minlashda katta xizmat qildi. Komsomol a'zolari yangi sovxozlarda nisbatan murakkab sharoitlarda faoliyat ko‘rsatishlari bilan birga, ularga isbatan keksa avlod qarashlari o‘zgacha bo‘ldi. Shu o‘rinda sovet mafkurasi bilan milliy urf-odat, an'analar orasida mariginalga aylangan keksa avlod e'tiqodiga alohida urg‘u berish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Har ikki avlod o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik natijasida ko‘chgan aholiga nisbatan salbiy munosabat shakllandi. Jumladan, Moxoncho‘l massivida o‘zlashtirilgan yerlarda tashkil etilgan “Andijon” sovxoziga ko‘chirilgan aholiga nisbatan: “Ular piyanista va narkomanlardan tarkib topgan”, –deb xotirlashadi. Bu kabi holatlar bilan bog‘liq ma'lumotlarni deyarli barcha rayonlarda uchratish mumin. Shofirkon rayonidagi “Tambov” sovxoziga ko‘chib kelgan yangi oilalarga: “Qaynona bezorlar” atamasi ishlatilgan holda tilga olinishini misol qilish mumkin. Muxtasar qilib aytganda, 1950-yillarda sovet hukumati tomonidan Buxoro oblastida ma'muriy-buyruqbozlik asosida tashkil etilgan majburiy migrasiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
6. Yangi sovxoz markazlari va ijtimoiy infrastrukturani shakllantirish jarayoni oblastga Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi ittifoqdosh, Yoqutiston va Dog‘iston kabi avtonom respublikalar hamda Bolgariya Xalq Respublikasidan mehnat migrantlari oqimining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Migrantlar qishloq xo‘jaligining deyarli barcha soha va tarmoqlarida veterinariya vrachi, mexanizator, laboratoriya xodimi, o‘qituvchi, shifokor, mexanik, loyihachi, hisobchi, irrigator, agronom, prorab, sut sog‘uvchi kabi kasblarda faoliyat ko‘rsatdi. Buxoro shahri va rayonlarida bolgar yoshlaridan (komsomol) tashkil etilgan qurilish brigadalariga yetarli shart-sharoit yaratishga qaratilgan oblast partiya komiteti qarori fikrimizga asos bo‘la oladi. Unda yosh quruvchilar oblastning Romitan, Kogon, Buxoro rayonlarida olib borilayotgan qurilishlarda munosib qatnashayotgani ta'kidlab o‘tilgandi.
7. Sovet hukumati imkon qadar musulmon e'tiqodida bo‘lgan, Ittifoq tarkibidagi respublikalar aholisini O‘zbekistonga jalb etishga alohida e'tibor qaratib keldi. Bunga sabab migrantlarni 1-2 yillik O‘zbekistondagi faoliyati davrida ularning mahalliy aholi bilan munosabatlari samimiy bo‘lishiga umid qilingandi. Qolaversa, o‘tgan vaqt davomida e'tiqodi, urf-odati, turmush tarzi mushtarak bo‘lgan xalqlarni muqim yashab qolish ehtimoli inobatga olingandi.
8. 1970-yillarda jamoatchilik chaqirig‘i bilan ko‘chishlar ommalashdi. Mazkur jarayonda respublika aholisi asosini tashkil etgan yoshlar qatlami (komsomol tashkiloti) tashabbusini alohida ta'kidlash o‘rinli bo‘lardi. Yoshlar yangi tashkil etilgan sovxozlarga o‘z xoshish-istaklari bilan borish uchun komsomol tashkilotlariga arizalari bilan murojaat qilardi. Jumladan, Shofirkon rayon komsomol tashkiloti yig‘ilishida: “1970-yillarda rayonimizdagi bir guruh komsomollar tashabbusi bilan “Jilvon” massivini o‘zlashtirishga kirishildi”, –deb qayd qilingandi, arxiv hujjatlarini birida. Murakkab turmush va mehnat sharoitlariga qaramasdan, komsomol brigadalari jonbozlik ko‘rsatdi. Chunki ular ongida sosialistik mafkura, vatan ravnaqi va farovonligi yo‘lida munosib xizmat qilish, qahramonlik ko‘rsatish kabi g‘oyalar bo‘lgandi. Shu sababdan keyingi uch yil mobaynida 200 dan ortiq yoshlar “Jilvon” sovxoziga, komsomol yo‘llanmasi bilan ishga ko‘chirib yuborildi. Sovet mafkuraviy siyosatining ta'siri ushbu jumlalardan ko‘rinib turadi.
9. Ilk bor yangi yerga ko‘chib kelgan cho‘lquvarlar keyinchalik o‘z yaqinlari va hamqishloqlarini yangi yerlarga chorlay boshlashdi.
Sovet hukumati davrida mehnat migratsiyasining ahamiyati
Yangi yerga kelgan cho‘lquvarlarni oblastь rahbariyati moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdi. Cho‘lquvarlarning chaqirig‘i va bevosita taklifiga binoan ko‘chib kelgan aholi yangi sovxozlarni ishchi kuchi bilan ta'minlashda katta xizmat qildi. Komsomol a'zolari yangi sovxozlarda nisbatan murakkab sharoitlarda faoliyat ko‘rsatishlari bilan birga, ularga isbatan keksa avlod qarashlari o‘zgacha bo‘ldi. Shu o‘rinda sovet mafkurasi bilan milliy urf-odat, an'analar orasida mariginalga aylangan keksa avlod e'tiqodiga alohida urg‘u berish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Har ikki avlod o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik natijasida ko‘chgan aholiga nisbatan salbiy munosabat shakllandi. Jumladan, Moxoncho‘l massivida o‘zlashtirilgan yerlarda tashkil etilgan “Andijon” sovxoziga ko‘chirilgan aholiga nisbatan: “Ular piyanista va narkomanlardan tarkib topgan”, –deb xotirlashadi. Bu kabi holatlar bilan bog‘liq ma'lumotlarni deyarli barcha rayonlarda uchratish mumin. Shofirkon rayonidagi “Tambov” sovxoziga ko‘chib kelgan yangi oilalarga: “Qaynona bezorlar” atamasi ishlatilgan holda tilga olinishini misol qilish mumkin. Muxtasar qilib aytganda, 1950-yillarda sovet hukumati tomonidan Buxoro oblastida ma'muriy-buyruqbozlik asosida tashkil etilgan majburiy migrasiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Ko‘chirish siyosati bilan bog‘liq yangi dasturlarni amaliyotga tadbiq etilishi bilan, Buxoro oblastiga ittifoqdosh respublikalardan ko‘plab mehnat migrantlari tashrif buyurdi. Ular asosan sanoat zonalari va yangi yerlarda tashkil etilayotgan davlat xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga jalb etiladi. Qurilishlar natijasida 1970-1975 yillar mobaynida oblastda bir necha yangi sovxozlar tashkil etildi. Uy-joy muammosi qisman hal etilgan bo‘lsa-da, yangi ko‘chirilgan aholi uchun maishiy muassasalar muammoligicha qolmoqda edi.
1959–1975 yillar oralig‘ida Buxoro oblastida 20 ming gektardan ortiq yangi yer o‘zlashtirildi va keyingi yillarda ekin maydonlari yanada kengaytirilib, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, ekin, yaylov yer fondlarini ko‘paytirish 80-yillarning o‘rtalariga qadar davom etdi. Bu davrda oblastda o‘zlashtirilgan yerlar hisobidan uzumchilik, bog‘dorchilik, sabzavot, polizchilik, chorvachilik va paxtachilikka asoslangan sovxozlar tashkil etildi.
1950-yillarda sovet hukumati tomonidan Buxoro oblastida ma'muriy-buyruqbozlik tizimi asosida o‘tkazilgan majburiy migrasiya tadbirlari to‘la muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo, 1960-yillarda qishloq xo‘jaligiga mavsumiy jalb etilgan mehnat migrantlari hissasi tufayli oblastning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasida ijobiy o‘zgartirishlar yuz berganligini ham e'tirof etish lozim. Buxoro oblastida 1970-yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirish yuqori bosqichga ko‘tarilib, yangi yerlarda bir necha o‘nlab sovxozlar tashkil etildi. Ayni shu davrda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati o‘z samarasini bera boshlagandi. O‘n besh yillik (1950-1965 yy) ko‘chirish siyosati davrida mahalliy aholining ko‘chish intensivligi bosqichma-bosqich o‘sib borgandi. Jumladan, avvaligi ichki xo‘jaliklarga ko‘chirish, keyinchalik rayonlararo, oblastlararo va nihoyat respublikalararo ommaviy ko‘chirish tadbirlari tashkil etildi. Ko‘chirish siyosati ta'sirida oblastda yangi tashkil etilga sovxozlarga aholining ixtiyoriy, yakka tartibda ko‘chishi uchun zamin hozirlangan edi. Natijada 1970 – yillarda oblastь aholisining bir qismi yangi yerlarga ko‘chib, xo‘jaliklardagi ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qoplashda muhim rolь o‘ynadi. 1980-yillarning ikkinchi yarmiga qadar tashkil etilgan yangi davlat xo‘jaliklarining moliyaviy ta'minoti barqarorligi sababli, ijtimoiy infrastruktrani mustahkamalash jadal olib borildi. Biroq, mamlakatda kuzatilgan turg‘unlik holati va SSSRning parchalnishi erishilgan yutuqlarni yo‘qqa chiqardi. Yangidan bunyod etilgan davlat xo‘jaliklari, gavjum aholi manzilgohlari asta-sekin o‘zining ilgarigi qiyofasiga ya'ni cho‘lga aylana boshladi. Yangi yerlarga ko‘chirilgan aholi turli qiyinchiliklarga uchrab, o‘zlari ilgari yashagan hududlarga qaytishga majbur bo‘lishdi.
1960-yillarda oblastь xalq xo‘jaligi tarmoqlariga boshqa ittifoqdosh respublikalardan mutaxassislar jalb etish kuchaytirildi. Safarbar etilgan migrantlarning asosiy qismi cho‘l zonalarida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi yangi tarmoqlarida faoliyat olib bordi. Mehnat migrantlari uchun joylarda yaratilgan shart-sharoitlar ularni aslo qoniqtirmadi. Natijada kadrlar qo‘nimsizligi muammosi kelib chiqdi. Qo‘nimsizlik cho‘lquvarlar uchun joylarda yaratilgan mehnat va turmush sharoitlaridan norozilik ko‘rinishlaridan biri edi. Markaz bu holatni tanqid ostiga olib, respublika hukumatiga vaziyatni tezda nazoratga olishni topshirdi. E'tiborli jihati ayni shu mehnat migrantlari ta'sirida O‘zbekiston SSR hukumati Buxoro oblastidagi yangi yerlarda istiqomat qilayotgan aholi madaniy-maishiy va ijtimoiy hayoti bilan qiziqdi. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1966 yilda Tomdi rayoni aholisi uchun yaratilgan maishiy-madaniy shart-sharoitlarni o‘rgandi. O‘rganishlar davomida rayonda ko‘plab muammolar aniqlandi: rayon mehmonxonasi va hammom ta'mir talab, aholining toza ichimlik suvi ta'minotida tez-tez uzilishlar bo‘lib turadi, markaziy yo‘llar va yo‘laklar ta'mirga muhtoj, obodonlashtirish ishlari ko‘ngildagidek emas, elektrostansiya kechki paytlardagina ishlaydi, oblastь bilan rayonni bog‘lovchi aloqa liniyalari ulanmagan, mavjud dorixonalar zaruriy uskunalar bilan jihozlanmagan, texnikalar uchun maxsus avtoturargoh tashkil etilmagan, felьdsher-akusherlik punktlari malakali tibbiy mutaxassislar bilan ta'min etilmagan, maktab-internat va boshqa bolalar sog‘lomlashtirish muassasalarida ovqat bir xil: aksariyat holatlarda rasionda meva, kartoshka, tuxum va sut mahsulotlari yetishmaydi, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar darajasi past, rayon madaniyat uyi ommaviy madaniyat markaziga aylanib ulgurmagan, rayon bosh loyihasi haligacha ishlab chiqilmagan, natijada qurilishlar tartibsiz va o‘zboshimchalik bilan qurilgan va hokazo.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1966 yil 3 dekabrda “Buxoro oblasti Tomdi rayoni aholisi madaniy-maishiy sharoitlari va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 623-sonli qaror qabul qildi. Qaror besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, rayonda istiqomat qilayotgan aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratishga qaratildi.
1970 yilga qadar respublikada qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish va yangi yerda ishlab chiqarish hamda madaniy-maishiy ob'ektlarni rejalashtirishda katta tajriba yig‘ildi. Yig‘ilgan boy tajriba Buxoroda yangi yerlarni o‘zlashtirishga tatbiq etildi. Yangi tashkil etilgan qo‘riq xo‘jaliklari bosh loyihasida aholi turmush tarzi uchun zarur barcha shart-sharoit yaratish e'tiborga olingan edi. Zero ko‘chirilgan aholini yangi yerlarda muqim yashab qolish kafolati uy-joy, ijtimoiy muassasalar faoliyati bilan bog‘liq edi. Mas'ullar yangi yerlarni o‘zlashtirish va qurilishlar jarayonida massivlarga olib boruvchi yo‘llar holatini yaxshilashga e'tibor qaratdi.
Mehnat migratsiyasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar
Mehnat migratsiyasiga ta’sir etuvchi boshqa omillari transport va moliyaviy masalalar edi.
Transport–kommunikasiya tizimini yangi yer o‘zlashtirishdagi ahamiyatini yaxshi anglagan markaz respublika tashabbuslarini moddiy qo‘llab-quvvatlab turdi. Oblastь massivlariga olib boruvchi yo‘llar holati o‘sha davr voqealari guvohlari va ishtirokchilari xotiralarida aniq ravshan gavdalantirilgan. Shu o‘rinda Amu-Buxoro mashina kanali qurilishi direktori Viktor Ivanovich Bardin xotiralari e'tiborga loyiq. “Biz o‘z xizmat mashinam “Gazik” da erta tong tosh aralash qumloq yo‘ldan Qizilqum sahrosiga oshiqdik. Chamasi 25-30 km dan so‘ng haydovchining avzoi buzilib, mashina harakati sekinlashdi. Beix-tiyor yo‘lga boqdim, chidab bo‘lmas darajada chang, yo‘lga go‘yo somon to‘shalgan¬day” – deb hikoya qilinadi. Bu holatda mehnat migrantining e'tirozlari o‘rinli edi. Yo‘llar ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lib, harkatlanishning deyarli iloji bo‘lmagan. Markaz va respublika hukumati tomonidan berilgan e'tibor tufayli barcha massivlarga olib boruvchi yillar qisqa fursatlarda asfalьtlashtirildi. Ammo yo‘lsozlar qurilish talablariga to‘liq rioya qilmasligi yoki yangi yo‘llarda muntazam maxsus texnikalar qatnovi natijasida yo‘llar 2-3 yilda ta'mir talab bo‘lib qolardi. Galdagi vazifa qo‘riq hududini elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratildi. Busiz rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Olib borilgan tezkor ishlar natijasida qo‘riq xo‘jaliklari to‘liq elektrlashtirildi. Jumladan, to‘qqizinchi besh yillikda Tomdi rayonida 3 ta sovxoz qo‘rg‘oni va 3 ta fermani elektr quvvati bilan ta'minlay oladigan yuqori volьtli elektr liniyasi o‘tkazildi. Yangi davlat xo‘jaliklarini oblastь va rayon markazlari bilan bog‘lovchi telefon aloqa liniyalari loyihasini 70-yillarning o‘rtalarida ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, tizimlarini joriy etish ishlari kechiktirildi. 1980 yilda oblastning 27 ta sovxozidan 15 tasida ichki ishlab chiqarish ob'ektlari orasida telefon aloqasi yo‘lga qo‘yildi. 1976-1980 yillarda Gazli posyolkasini Jonkeldi (Peshku) sovxozi bilan bog‘lovchi 110 km, Olot rayon markazini “Komsomolobod” sovxozi bilan bog‘lovchi 22 km, Konimex rayon markazini “Kommunizm” sovxozi bilan bog‘lovchi 120 km aloqa liniyalari tortilib ishga tushirildi.
Cho‘lquvarlar xonadonlarida o‘ninchi besh yillikda radiopriyomniklar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda oblastь radio uzel quvvati 622250 volьtga oshirildi. Muhim aloqa vositasi bo‘lgan pochta xizmati sifati yaxshilandi. Joylarda 14 ta yangi pochta aloqa xizmati bo‘limi ochilib, 84 ta yangi pochta nuqtalari tashkil etildi. O‘ninchi besh yillik cho‘lquvarlar uchun aloqa xizmatlarini yaratishga katta e'tibor qaratilgan davr bo‘ldi. Ammo, olib borilgan ishlar jarayonida qator kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yildi. 1978 yil holatida oblastning 61 ta sovxozidan 27 tasi radiopriyomniklar bilan ta'minlandi. Radio uzatgich liniyalariga o‘n yillar davomida e'tibor berilmagani sababli avariya holatida ishlashga to‘g‘ri keldi. Telefon aloqa liniyalari reja qilinganidan bir necha yillar kechiktirib ishga tushirilgan bo‘lishiga qaramasdan, ish faoliyatini sifatli deb bo‘lmasdi. Eshitish sifati juda past, ulanish uchun uzoq vaqt talab etilgan. Cho‘l hududini oblastь va rayon markazlari bilan bog‘lashda kichik ATSlardan foydalanish ijobiy natija bergan. Ammo oblastda kichik ATSlar qurilishi ancha sust borayotgani, muammoni ijobiy hal etishga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Misol uchun Kogon, Karmana, Navoiy, G‘ijduvon, Olot rayonlarida rejalashtirilgan ATS qurilishi kechiktirilgan. Sabablari o‘rganilganda 163-son qurilish tresti, 20-son qurilish tresti va bu tashkilotlarga qarashli bo‘limlar hamda UKS (Kapital qurilish boshqarmasi)ning aybi bilan qurilishlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan. Aloka tizimida yuzaga kelgan nuqsonlar ta'sirida 50-100 km masofada sodir bo‘lgan favqulodda holatlar (texnik avariyalar, yong‘in, shoshilinch og‘ir kasallar va boshqalar-dissertant) haqida tezkor xabar berish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan.
Pochta xizmatlari sifati keyingi yillarda ancha yaxshilangan bo‘lishiga qaramasdan kamchiliklardan to‘la holi bo‘la olmadi. Xat va korrespondensiyalarni o‘z vaqtida manzilga yetkazishdagi uzilishlar odatiy holga aylangan. Xususan, Tomdi va Konnimex rayonlari yaylovlarida tashkil etilgan chorvachilik davlat xo‘jaliklariga xabarlar yetib bormagan.
Oblastь cho‘lquvarlari uchun kommunal xizmatlar – ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiya, isitish bilan ta'minlash ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan. Ko‘chma xo‘jaliklarga toza ichimlik suvi barchasidan muhim hisoblangan. Shu sababdan oblastь ma'muriyati tashabbusi bilan sovxozlar posyolka, qo‘rg‘on va ma'muriy markazlarda obxonalar (Sardoba yoki maxsus suv saqlanadigan joy bo‘lib, sig‘imi 4-5 tonna) tashkil etgan. Ichimlik suvi maxsus transport vositalari yordamida ushbu obxonalarga tashib keltirilgan. Biroq, suv ta'minotida tez-tez bo‘lib turadigan uzilishlar yoxud mahalliy aholining e'tiborsizligi bois kran (jo‘mrak), yer quduq va ochiq suv havzalari suvlaridan ham foydalanilgan. 1972 yilda Qorako‘l rayon “Komsomolobod” sovxoziga ko‘chib kelgan, hozirda 92 yoshni qarshilagan Chorieva Qurbongul aya “biz dala ishlari bilan shug‘ullanib chanqagan payt Amu-Buxoro mashina kanalida oqib turgan suvdan ichib, yana o‘z ishlarimizni davom ettiraverardik”-deb xotirlaydi. Xo‘jalik aholisi tomonidan iste'mol qilingan suv ular salomatligi uchun xavfli ekani oblastь tibbiyot birlashmasi tomonidan bir necha bor ijroiya hokimiyatiga ma'lum qilindi. Lekin, aholi tomonidan qat'iy talab bo‘lmagani sababli muammo hal etilmasdan qoldi.
Cho‘lquvarlarning qish faslidagi sokin hayoti davomida asosiy yumushlaridan biri xonadonlarni isitish bilan bog‘liq edi. Oblast sovxozlari (Tomdi rayoni sovxozlari, Narpay, Oktyabrь 60 yilligi, Qorovulbozor massivi)ning bir qismi tabiiy gaz bilan ta'minlangan. Ammo 70-yillarda xonadonlar cho‘l bag‘rida o‘sgan mahalliy-saksovul, chaqir, yulg‘un va boshqa o‘simliklardan foydalangan holda isitilgan. Sh.Akramovning fikricha, Qutchi massivida tashkil etilgan “G‘ijduvon” bog‘dorchilik sovxozi ma'muriyati tomonidan qish uchun o‘tin g‘amlashga yordamlashish maqsadida maxsus texnika ajratilgan. G‘amlab qo‘yilgan o‘tin har kuni yoki haftasiga bir marta maxsus pech hajmida maydalangan. Mazkur isitish tartibi zamondan ancha ortda qolgan bo‘lishiga qaramasdan, aholi undan qoniqish hosil qilgan.
Oblastь aholisi maishiy hayotini yaxshilashga qaratilgan me'yoriy hujjatlar 60-yillar oxirlarida mutasaddilar tomonidan muhokama qilina boshlandi. 1967 yilda Buxoro oblastь ijroiya qo‘mitasining aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish boshqarmasi hisoboti o‘rganildi. Natijada oblastь aholisiga ko‘rsatilayogan maishiy xizmatlar zamon talablariga umuman javob bermasligi ma'lum bo‘ldi. Jumladan, massivlarda bunyod etilgan yangi qo‘rg‘on va posyolkalarda ustaxona hamda maishiy xizmat ko‘rsatish artellari uchun maxsus joylar ajratilmagan. Odatda ko‘chirib keltirilgan mahalliy aholi maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga e'tibor bermagan. Ammo turmush tarzi maishiy xizmatlarga ehtiyojning yuqoriligini ko‘rsatdi. Cho‘lquvarlar oddiy mehnat qurollari – o‘roq, ketmon, bolg‘a, belkurak uchun qariyb bir kun sarflab yaqin atrofdagi qishloq ustaxonalari yoki rayon markazidagi xo‘jalik mollari sotiladigan do‘konlarga borib kelishga majbur bo‘lishgan. Ma'muriyat behuda sarflanayotgan bir ish kunini tejash maqsadida amaliy choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi.
1966 - 1967 yillarda oblastь partiya komiteti va ijroiya qo‘mitasining 14-son p. 378 qarori tasdiqlandi. Unda 1966-1967 yillari oblastь kolxozlarida 90 ta, sovxozlarida 22 ta, tashkilot –korxonalarida 30 ta maishiy xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etish vazifa qilib qo‘yildi. 1967 yilda esa kolxozlarda 60 ta, sovxozlarda 15 ta, tashkilot-korxonalarda 20 ta nuqta ochish reja qilingan. Amalda kolxozlarda 42 ta, sovxozlarda 6 ta, tashkilot-korxonalarda 3 ta punktlar tashkil etildi.
Sovxozlarda tashkil etilgan maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari faoliyati ham ko‘ngildagidek deb bo‘lmasdi. Ularda qator nuqson va kamchiliklar, mavjud bo‘lib, jumladan:
1.Maishiy xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan binolar noqulay va oddiy sanitar-gigiena talablariga javob bermagan;
2.Maishiy sohada faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar yetishmasdi;
3.Faoliyat ko‘rsatayotgan nuqtalarda xomashyo yoki boshqa zaruriy predmetlar yetishmasdi;
5.Xizmat ko‘rsatish sifati past edi;
Matbuot xodimlari cho‘lquvarlar kundalik turmush tarzini madh etishga qanchalik urinishmasin, jo‘yali asos ko‘rsata olmaganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Cho‘lquvar Xudoyor Sulaymonov O‘rtacho‘l massivida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, bu yerga ko‘chib keluvchi aholi uchun ishlab chiqarish va madaniy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishiga e'tibor berdi mazmunida umumiy material bosildi. D.Jumaboev tomonidan Varaxsha massivini tavsiflay turib: “Loyihaviy dala shiyponlari qurilgan, barcha zaruriy uskunalar bilan ta'minlan¬gan...”-deb ko‘rsatishdan nariga o‘ta olmadi. “Qizil tong” muxbiri Fattoh Sattorov esa gazetaning “O‘rtacho‘ldan maktublar” ruknida cho‘lquvar Fayzulla Pochchaev brigadasini ta'riflab: “Qarshimizda hashamatli bino. Oldi ayvon. So‘rilar qo‘yilgan. Narigi xonada televizor, stolda gazeta jurnallar yoyiq”-deb o‘z fikrini yakunlaydi. Matbuot sahifalarida e'lon qilingan materiallarda cho‘lquvarlarda maishiy turmush qiyinchiliklari ataylab ko‘rsatilmadi. Matbuotda e'lon qilingan cho‘lquvarlar har oyda 100 so‘mdan oylik maosh olishadi mazmunidagi xabar berildi. Kolxoz ishchilari uchun 75 so‘m to‘lab turilgan bir paytda sovxozda 100-150 so‘mgacha ish haqi to‘langan. Biroq, maishiy turmush borasidagi fikrlar tahlil etilganida cho‘lquvarlar o‘zlari uchun zarur kiyim-kechak, uy-rozg‘or buyumlari va boshqa zaruriy mahsulotlarni o‘zlari ilgari istiqomat qilib turgan qishloqlardan olib kelgani ma'lum bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdi-ki, joylarda cho‘lquvarlar maishiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan tadbirlar yetarli bo‘lmagan.
To‘qqizinchi besh yillik tahlil etilganida oblastь aholisiga ko‘rsatilayotgan maishiy xizmatlar sifati yaxshilanganiga amin bo‘lamiz. Jumladan, 1970 yilga nisbatan sohaga ajratilgan mablag‘ 1975 yilda 4590 rublga o‘sdi. Asosiy e'tibor qishloq va sovxoz aholisi maishiy turmush darjasini yaxshilashga qaratildi. Besh yilda oblastda kolxoz va sovxozlarni qo‘shib hisoblaganda 34 ta maishiy xizmat ko‘rsatish uyi, 51 ta umumiy qabul qilish punkti, 318 ta alohida shaxobcha va ustaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Oblastь partiya komiteti va ijroiya qo‘mitasi har yili 2-3 bor aholiga ko‘rsatilayotgan maishiy xizmat ko‘rsatish holati yuzasidan mas'ullar hisobotlarini muhokama qilib bordi. Cho‘lquvarlar uchun munosib turmush darajasini yaratish maqsadida rahbarlar tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ularda: birinchidan, har bir sovxozda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari uchun maxsus joylar ajratish; ikkinchidan, maishiy xizmat ko‘rsatish uylariga mahalliy aholi tarkibidan mutaxassislar jalb etish; uchinchidan, maishiy xizmatning yangi turlarini joriy qilish; to‘rtinchidan olis cho‘l hududlari uchun ko‘chma maishiy xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash brigadasi yuborish rejasi ishlab chiqilib, qattiq nazoratga olindi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida cho‘l aholisi qisman o‘zgarishni his qila boshladi. Ammo hali sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina edi. Besh yil davomida Tomdi rayonidagi 4-sovxozda doimiy maishiy xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilmadi. Oblastning 50 ta xo‘jali¬gida aholiga bir turdagi maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ishlab turgan. 93 ta xo‘jalikda ikki turdagi, 60 ta xo‘jalikda 3-4 turdagi xizmatlar tashkil etildi. Boshqa rayon xo‘jaliklarida maishiy xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilgan bo‘lsa-da, zamon talablariga javob bera olmasdi.
O‘ninchi besh yillik cho‘lquvarlar uchun esda qolarli va tarixiy davr bo‘ldi. Bunga sabab ayni shu besh yillikda oblastь cho‘l zonasining madaniy-maishiy sohasida nisbatan ijobiy natijalarga erishilishi bo‘ldi. Jumladan, birgina qorako‘lchilikka ixtisoslshgan sovxozlarda kapital qurilish ishlari uchun 1976-1978 yillar davomida 37 mln rublь sarflandi. Kapital mablag‘lar hisobiga 210 km yo‘l asfaltlashtirildi, 54 loyihaviy qo‘y qo‘rasi qurilib, yaylovlarning suv ta'minoti yaxshilandi. 1978 yilning 14 may holatida qorako‘lchilikka ixtisoslashgan sovxozlarda jami: 34 ta klub, 23 ta kutubxona, 216 ta magazin faoliyat ko‘rsatdi. Buxoro oblasti kolxoz va sovxozlarida 1977-1978 yillar davomida 18 ta maishiy xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etildi. Shunga qaramasdan, Konnimex rayonidagi 9 ta sovxozdan 7 tasi, Tomdi rayonidagi 10 ta sovxozdan 8 tasida aholiga bir turdagi maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Oblastь sovxozlarining 70 foizida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari odamlar uylarida tashkil qilingan bo‘lsa, Jonkeldi va Qizilravot sovxozlarida birorta maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilmagan. O‘ninchi besh yillikda oblastь cho‘l aholisiga maishiy-madaniy xizmat ko‘rsatish mutasaddilar diqqat e'tiborida bo‘ldi. Bu besh yillikda oblastь sovxozlari infratuzilmasi kompleks loyihalar asosida qurila boshlandi. Biroq, kimsasiz cho‘lda qisqa fursatlarda aholi turmushi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishning iloji bo‘lmadi. Har qancha urinishlarga qaramas-dan cho‘lda yaxshi yashab, yaxshi ishlash uchun hamma imkoniyatlar yetarli emasdi. Oblastь bo‘yicha har bir odam uchun 6-7 so‘m maishiy xizmat ko‘rsatilayotgan bir payt, cho‘lquvarlarda bu ko‘rsatgich 2 barobar past bo‘lgan. Ayrim sovxozlar tahlil etilganida bu ko‘rsatgich 4-5 barobor pastligi ma'lum bo‘lgandi
1950-yillarda sovet hukumati tomonidan Buxoro oblastida ma'muriy-buyruqbozlik tizimi asosida o‘tkazilgan majburiy migrasiya tadbirlari asosan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo 1960-yillarda qishloq xo‘jaligiga mavsumiy jalb etilgan mehnat migrantlari hissasi tufayli oblastning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasida ijobiy o‘zgartirishlar yuz berganligini ham e'tirof etish lozim. Buxoro oblastida 1970-yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirish yuqori bosqichga ko‘tarilib, yangi yerlarda bir necha o‘nlab sovxozlar tashkil etildi. Ayni shu davrda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati o‘z samarasini bera boshlagandi. O‘n besh yillik (1950-1965 yy) ko‘chirish siyosati davrida mahalliy aholining ko‘chish intensivligi bosqichma-bosqich o‘sib borgandi. Jumladan, avvaliga ichki xo‘jaliklarga ko‘chirish, keyinchalik rayonlararo, oblastlararo va nihoyat respublikalararo ommaviy ko‘chirish tadbirlari tashkil etildi. Ko‘chirish siyosati ta'sirida oblastda yangi tashkil etilgan sovxozlarga aholining ixtiyoriy, yakka tartibda ko‘chishi uchun zamin hozirlangan edi. Natijada 1970 – yillarda oblastь aholisining bir qismi yangi yerlarga ko‘chib, xo‘jaliklardagi ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qoplashda muhim rolь o‘ynadi.
To‘siq va qiyinchiliklarni yengib, cho‘l muhitiga moslashgan aholida ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik va yangi emosiyalar hosil bo‘ldi.
Cho‘lquvarlarda barqarorlik, xotirjamlik, chidamlilik kabi psixologik ijobiy sifatlar bilan bir qatorda tezkorlik, sezish, toblanish, iroda, sabr-toqat hamda xavfni tez his qilish tuyg‘ulari ham shakllandi. Biroq, istiqlol arafasida sovxozlar infratuzilmasi ishdan chiqqan, yashash manbalari tugay boshlagan, aholi viloyat markazidan deyarli uzilib arosatda qolgan holda edi.
1970 va 1980-yillarning o‘rtalariga qadar Buxoro oblastida aholi maishiy turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ko‘plab amaliy ishlar bajarildi. Cho‘lquvarlar o‘ninchi besh yillikda (1976-1980 yy) cho‘l bag‘rida mo‘jiza yuz berishiga ishona boshladilar. Besh yil davomida posyolka va qo‘rg‘onlar infratuzilmasi tubdan o‘zgardi. Qator maishiy binolar, madaniyat uylari, maktab, bog‘cha-yasllar qurilib, foydalanishga topshirildi. Afsuski islohotlar davomli bo‘lmadi, Sovet Ittifoqining inqirozga uchrashi va mustaqillikning ilk davrlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar erishilgan yutuqlarga salbiy ta'sir ko‘rsatdi.
Xalqaro mehnat migratsiyasida hali-hamon siyosiy jarayonlar o‘z ta‘sirini yo‘qotmagan: Jumladan,
rivojlangan davlatlarga kam taraqqiy etgan davlatlardan ―aqllilar oqimi‖ o‘sib bormoqda;
mehnat migratsiyasida ishtirok etuvchi insonlarning asosiy qismi
rivojlanmagan davlatlarga to‘g‘ri keladi;
xalqaro mehnat migratsiyasida lotareya tizimi ham joriy etilgan bo‘lib undan ayniqsa AQSH katta foydalar ko‘radi.
Xalqaro mehnat migratsiyasini boshqaruvchi tashkilot xalqaro mehnat
tashkiloti, deb atalib u barcha mehnat migratsiyalarini qamrab oladi va ulardagi qonuniylikni kuzatib taftish etadi.
Xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko`chishi uzoq tarixlarga borib taqaladi. Eng katta o`zgarishlardan bu xalqlarning tarixida Afrika va Osiyo mamlakatlarini kaloniyalashtirish bilan bog`liq bo`lgan va shu o`rinda 50000 dan 60000 yil avval Afrikadan Janubiy Osiyo, Xitoy va Yevropa mintaqalariga migratsiya bo`lgan. Xozirgi dalillarga ko`ra Shimoliy va Janubiy Amerikaga odamlar 14000 yil avval migratsiya qilishni boshlashgan. Bu jarayonda suv kanallari orqali qayiqlarda foydalanilgan. Tinch okeaniga yetib Shimoliy G`arbdan
Janubga qarab Chili sohillariga yo`naltirilgan (Gebel, Uotes va ORurk 2008;)
Yillar davomida migratsiya jarayoni quruqliklar va suv orqali davom etgan. Aholining migratsiyasi ko`pincha ularning harbiylarining bostirib olishlari bilan aks ettirilgan. Norvegiyaliklar IX asrlarda Yevropa bo`ylab bostirish reytlarini o`tkazishgan lekin bosib olgan Yerlaridan daromad (pul) olib o`z mamlakatlariga qaytganlar. Tarixda bunday harakatlardan biri XIV asrda Temirlanning Yevropani bosib olishida ham kuzatilgan (Darvin, 2008) Dunyodagi eng kichkina davlat bu Vatikan. Uning aholisi 700 dan ortiq. Ularning ko`p qismining kelib chiqishi chet elliklarni tashkil etadi. Ishlayotgan aholiga fuqarolik beriladi. Ishlamasa fuqarolikdan chetlatiladi. Vatikanning egallagan maydoni 0,44 kvadrat kilometyer. Uning atrofini Rim shahri o`rab turadi. Mamlakat kichkinaligidan u yerda ko`chaning nomlari ham, manzillari ham mavjud emas.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu mustaqil ishda mehnat migratsiya va uning asosiy tushunchalari to’liq bayon etib berilgan. Sovet hukumati davrida Turkistondagi ko’chirib keltirishlar va mehnat migratsiyaning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri,
Sovet davridagi migratsiya sohasidagi islohotlarning mohiyati, migratsiyaning jamiyatimizda qaror topgan milliy ma’naviy qadriyatlar tizimining transformatsiyasiga sabab bo’layotganligi, ushbu sohada mavjud muammolar va ularni yechish uchun lozim bo’lgan vazifalar, keyinchalik Turkistonda ma’naviy muhit va aholi migratsiyasining o’zaro ta’sirlashuvini tadqiq etish bilan bog’liq muammolar haqida so’z yuritilgan.
Migrant va immigrantlar o’rtasidagi ziddiyatlar va yurtimizga ko’chib kelgan xalqlarning yangi yerlarga bvo’lgan talabi hamda ushbu talab orqasidan yuzaga kelgan muammolar xususida so’z yuritilgan. Sovet hukumati ko’chib kelgan mahalliy xalqlarni joylashtirish borasida samarali ishlar olib bordi. Hozirgi kunga kelib migrantlarning himoyasi qonun ustuvorligidadir.
Xususan, so’nggi yillarda yurtimizda migratsion siyosatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijdagi o’zbek diasporalari bilan ikki tomonlama foydali hamkorlik aloqalarining o’rnatilayotganligi, mehnat muhojirlarining migratsiyagacha maxsus tayyorlov kurslarida o’qitish tizimi tashkil etilganligi, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi kontseptsiyasining yaratilganligi tahlil etilgan.
Dostları ilə paylaş: |