Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

5.1. Tushuntirish metodi. 
Geografik qonuniyatlar, qonunlar va bog’liqliklar hamda tabiiy va 
iqtisodiy geografik jarayonlar tushuntirish metodi orqali o’rganiladi. 
Quyi sinflarda tushintirish metodi quyidagi mavzularni o’rganishda 
qo’llaniladi: plan va karta, Yerning yillik xarakati, Yerning ichki tuzilishi, 
tog’ jinslari, relef va uning turlari, vulkanlar, okean suvlarning sho’rligi va 
xarorati, quruqlik suvlari, atmosferaning tuzilishi, mussonlar, tsiklonlar va
passatlarning, past bosim va yuqori bosim oblastlarning xosil bo’lishi va 
x.k 
Yuqori sinflarda esa tushintirish metodi xalq xo’jaligining asosiy 
tarmoqlarini tuzilishi va ularni rivojlantirish qonuniyatlarini, mexnatni 
geografik taqsimotini, iqtisodiy rayonlarni vujudga kelishini, transport 
tizimini va xalqaro iqtisodiy aloqalarni asosiy turlarini va boshqa 
mavzularni o’rganishda qo’llaniladi. 
Tushuntirish metodi isbotlash shaklida olib boriladi. Tushuntirish 
jarayonida o’qituvchi xodisalar orasidagi bog’liqliklarni ochib beradi va 
o’quvchilarni asosiy tabiiy geografik va iqtisodiy geografik qonuniyatlar 
bilan tanishtiradi. Masalan, ma’lum bir joyga tutashayotgan issiqlik quyosh 
nurlarini tushishi burchagiga bog’liqligini, xarorat va bosimni balandlik 
ortgan sari kamayib borishini va x.k. 
Tushuntirish o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda katta 
axamiyatga ega. Tushuntirish davomida o’qituvchi o’quvchilar diqqatini 
oshirish maqsadida ular oldiga savollar qo’yadi va o’z fikrini ifoda qilishni 
taklif etadi. Masalan, passatlar Afrika iqlimiga qanday ta’sir ko’rsatadi; 
havo Yer yuzasidan ko’tarilganda nima sodir bo’ladi va x.k. 


Tushintirish davomida o’qituvchi kartadan, sinf taxtasidan va turli xil 
ko’rgazmali ko’rollardan foydalanadi. 
Iqtisodiy geografiya kurslarida quyidagi mavzular tushintirish metodi 
yordamida olib borilishi mumkin: xo’jalikni tarkibiy qismlari, sa’noat va 
qishloq xo’jaligining tarkibiy qismlari va tuzilishi. Tushintirish ma’lum bir 
tartibda, ayrim qismlarga bo’lingan holda olib borilishi lozim. Masalan, 
biror xududni qishloq xo’jaligini tushintirishda mavzuni quyidagi 
qismlarga bo’lib o’tish mumkin: 
1.Qishloq xo’jaligini tabiiy sharoit bilan chambarchas bog’langanligi 
2.Qishloq xo’jaligini rivojlanishining umumiy xususiyatlari 
3.Qishloq xo’jalik tarmoqlari 
4.Qishloq xo’jaligining joylanishi va asosiy dehqonchilik va 
chorvachilik rivojlangan joylar 
Tabiiy geografik tushunchalarni isbotlanganlik darajasini oshirish 
uchun tushintirilayotgan o’quv mazmunini kuzatish, tajriba, o’quvchilarni 
boshqa fanlardan olgan bilimlari bilan bog’lash katta axamiyatga ega. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin