texnologiya o’qituvchi va o’quvchini birgalikdagi faoliyatini yengillash-
tiradi va jadallashtiriladi.
Alternativ texnologiyalarni
juda ko’p variantlari mavjud, ulardan
geografiya ta’limda ustaxona texnologiyasidan foydalanish mumkin
(Kollen, Okunev). Bunda usta (o’qituvchi) kerakli ma’lumotlarni
o’quvchilarga beradi va uning asosida o’quvchilar o’zlarining bilimlariga
tayangan holda topshiriqni bajarishadi. Masalan, o’qituvchi bergan
quyidagi materiallar asosida (yillik o’rtacha harorat, yildagi eng baland va
eng past haroratlar, yog’in miqdori va uning qaysi faslda yog’ishi,
shamollar, havo massalari) iqlim turi, yillik havo harorati farqi, iqlim
mintaqasi va u tarqalgan hududlarni aniqlashlari lozim.
Integratsiya texnologiyalari
. Geografiya ta’limida integrativ predmet-
larini o’rganishda qo’llaniladi. Geografiya ta’limida akademik litsey va
kasb–xunar kollejlarida o’tiladigan «Amaliy geografiya» predmeti integ-
rativ predmet hisoblanadi. Unda tabiiy geografik, ekologik, iqtisodiy
geografiya, siyosiy geografiya va geosiyosiy bilimlar majmuasi berilgan.
Bunda geografik qobiqdagi tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ekologik va
geosiyosiy tizimlar haqida yaxlit bilimlar berilgan. Shuning uchun mazkur
kursning vazifasi geografik borliqni yaxlit tushunish va qabul qilishni
shakllantirishdir.
Dostları ilə paylaş: